7-mavzu: Majburiyat va Majburiyat huquqi tushunchasi, tizimi, vujudga kelish asoslari.
Nazariy savollar.
1.Fuqarolik huquqining asosiy institutlari hisoblangan mulk huquqi va majburiyat huquqi institutlarining oʻzaro bogʻliqligi va nisbatini tahlil qiling.
Javob. Majburiyat huquqlari bilan ashyoviy huquqlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini qondirish uchun hizmat qiladilar. Shu ma’noda ashyoviy huquqlar mulk muayyan subyekt tomonidan egallanishini, unga mansubligini tavsiflab beruvchi iqtisodiy munosabatlarni, ya’ni doimiy muvozanat (statik) holatini ifodalovchi munosabatlarni, majburiyat huquqlari esa bir shaxsdan ikkinchi shaxsga tovar harakati, mol-mulk oʻtishi jarayonini, ya’ni dinamik munosabatlarni tartibga solish uchun xizmat qiladilar. Ashyoviy huquqlar mohiyatini va ularning boshqa fuqarolik huquqlardan farqini toʻlaroq tushunish uchun ashyoviy huquqlarning bir qator oʻziga xos xususiyatlarini ajratish lozim. Ashyoviy huquq mutlaq (absolyut) huquqdir. Ashyoviy huquqlarning mutlaqligi, ushbu huquqlarning (mulk huquqi, xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi, servitut va boshqalar) subyekti, uning ashyoga nisbatan huquqini buzmaslikka majbur subyektlarning cheklanmagan doirasiga qarshi turganligidir. Bunga qarama-qarshi majburiyat huquqlari egalariga u bilan majburiyat munosabatlarda boʻlgan shaxslarning cheklangan guruhi qarshi turadi.
2.Kreditorning solidar qarzdorlarga nisbatan talabini amalga oshirish shakli va qarzdorlarning qarshi talabini ta’minlashning oʻziga xosligi va ushbu munosabatlarning huquqiy “kombinatsiyalari” boʻyicha mushohada yuriting?
Javob.Fuqarolik kodeksi 252-moddasiga muvofiq solidar qarzdorlar majburiyati bo’yicha kreditorning huquqlari quyidagicha belgilab o’tilgan.Unga muvofiq, qarzdorlar sherik bo’lib majburiyat olganida kreditor hamma qarzdorlardan majburiyatni solidar bajarishni ham, shu bilan birga qarzni ham to’la yoki uning bir qismini bajarishni ham talab qilishga haqli. Solidar qarzdorlarning biridan to’liq qanoatlanmagan kreditor ololmagan narsasini boshqa qarzdordan talab qilish huquqiga ega. Solidar qarzdorlar majburiyat to’la bajarlgunicha burchli bo’lib qolaveradilar.
Kazuslar.
1. Ahrorov doʻsti, estrada xonandasi – Komilov bilan xizmatdoshlarini chaqirib, uning qoʻshiqlarini uy sharoitida eshitish toʻgʻrisida kelishib oldi. Ammo belgilangan muddatga bir soat qolganda Komilov Ahrorovga telefon qilib, borolmasligini, uyda oʻtirib futbol matchini tomosha qilishini aytdi. Ahrorov Komilov tomonidan barbod qilingan uchrashuvga tayyorgarlik koʻrib, qilgan xarajatlari (sotib olingan oziq -ovqat vaichimliklar haqi)ni va yetkazilgan ma’naviy zararni toʻlashni undan talab qildi. Ahrorovning Komilovga nisbatan bunday talab qoʻyishiga huquqiy asos bormi?
Javob. Fuqarollik kodeksining 234- moddasiga muvofiq majburiyat- fuqarolik huquqiy munosabati bo’lib, unga asosan bur shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mul-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o’zini tiyib turishga majbur bo’ladi, kreditor esa qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi.Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik kodeksida ko’rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. Demak, ushbu vaziyatda taraflar o’rtasidama’lum bir ishni bajarish bo’yicha o’g’zaki bitim tuzilgan va FK ning 237-moddasiga muvofiq majburiyat talablarini bir tomonlama buzishga yo’l qo’yilmaydi va fuqaro Axrorovning Komilovga nisbatan harakatlari to’g’ri .
2. Ikki yonma-yon joylashgan dala hovli egalari, oʻz yer uchastkalarida bahorgi va kuzgi tozalash ishlarini navbatma-navbat oʻtkazishni kelishib olishdi. Ayni paytda, Fayzievning uchastkasi Safarovning uchastkasidan ikki baravar katta ekanligini hisobga olib,Safarov tomonidan oʻtkaziladigan tozalash uchun, Fayziev eng kam ish haqi miqdorida haq toʻlashi lozimligi haqida ham kelishib olishdi. Dastlabki tozalov ishlarini Fayziev amalga oshirdi, lekin Safarov oʻz majburiyatini bajarganda, Fayziev haq toʻlashdan bosh tortdi va oʻrtalaridagi shartnoma maishiy xarakterda boʻlib, yuridik kuchga emas emasligini aytib oʻtdi. Fayzievning fikrlari asoslimi? Fikringizni asoslang
Javob. . Fuqarollik kodeksining 234- moddasiga muvofiq majburiyat- fuqarolik huquqiy munosabati bo’lib, unga asosan bur shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mul-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o’zini tiyib turishga majbur bo’ladi, kreditor esa qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi.Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik kodeksida ko’rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. Ushbu vaziyatda taraflar o’rtasidama’lum bir ishni bajarish bo’yicha o’g’zaki bitim tuzilgan va FK ning 237-moddasiga muvofiq majburiyat talablarini bir tomonlama buzishga yo’l qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |