1-mavzu fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari



Download 45,6 Kb.
bet5/9
Sana20.09.2022
Hajmi45,6 Kb.
#849600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqarolik mustaqil ishlar

5-mavzu:Muddatlar. Da’vo muddati.
Nazariy savollar.
1.Fuqarolik huquqida muddatlarni turlarga boʻlish (klassifikatsiya qilish) asoslari va mezonlari turlichadir. Mazkur holatdan kelib chiqib, aniq amaliy ahamiyat kasb etishi nuqtai nazaridan fuqarolik huquqidagi muddatlarning alohida turlarini tahlil qiling?
Javob. Fuqarolik huquqida muddat deb, aniq belgilangan, oʻtishining boshlanishi va tamom boʻlishi muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va muhofaza qilishga qaratilgan paytlar va vaqt davrlariga aytiladi.Muddatlar kim tomoidan tayinlanishiga ko’ra: qonuniy, sharnomali,sud tomonidan belgilanadigan; huquqiy oqibatiga ko’ra: huquqni vujudga keltiruvchi,o’zgartiruvchi, bekor qiluvchi turlarga bo’linadi, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish muddatlari va fuqarolik majburiyatini amalga oshirish muddatlari ham quyidagilarga bo’linadi: fuqarolik huquqlarini amalda bo’lishini belgilaydigan muddatlar, cheklovchi( preklyuziv)muddatlar, e’tiroz muddatlari, tovarning hizmat qilish muddati,tovardan foydalanish,tovarni saqlash muddati, da’vo muddati va boshqa da’vo muddatlariiga bo’linadi.
2.Da’vo muddati buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish muddatlari orasida alohida oʻrin tutadi. Shu bois da’vo muddatining buzilgan huquqlarni himoya qilishdagi protsessual muddatlardan farqlarini izohlang?
Javob. FKning 149-moddasiga muvofiq, da’vo muddati - shaxs oʻzining buzilgan huquqini da’vo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir. Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari ushbu huquqlarni sud orqali himoya qilish hisoblanganligi sababli, da’vo ana shu himoyani amalga oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilanib qoʻyilganidek, ishlarning qaysi sudga taalluqli boʻlishiga qarab, sud, xoʻjalik sudi yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi (FKning 10-moddasi). Bunday himoya va da’vo bir qancha shartlarga javob berishi va qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim. Shuning uchun ham buzilgan fuqarolik huquqlarini da’vo qoʻzgʻatish orqali himoya qilishda da’vo muddatining ahamiyati katta hisoblanadi. Huquqi buzilgan shaxs da’vo qoʻzgʻata turib nafaqat bu da’vo sud tomonidan qabul qilinishini, shu bilan birga ish sudda koʻrib chiqilishini talab qilishi mumkin. Zero da’vo qoʻzgʻatishdan asosiy maqsad ham buzilgan fuqarolik huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Bunday himoyaga erishish va ish sud tomonidan koʻrib chiqilishi uchun fuqaroli k huquqi nuqtayi nazaridan quyidagi holatlar talab etiladi: a) da’vo qoʻzgʻatayotgan shaxs tegishli subyektiv huquqlar sohibi boʻlishi; b) shu bilan birga uning subyektiv huquqlari buzilishi yoki unga putur yetkazilishi; v) bunday buzilish da’vo boʻyicha javobgar sifatida ishga jalb etilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi. Da’vo muddatlarida belgilangan vaqt davrlari taraflar tomonidan oʻzgartirilishi mumkin hisoblanmaydi. Odatda da’vo muddatlari imperative xarakterga ega boʻladi, taraflar ularni oʻz istak xohishlari asosida uzaytirishga yoki qisqartirishga haqli boʻlmaydilar. Shu bilan birga huquqiy munosabat ishtrokchilari da’vo muddatining boshlanish paytini, uning qancha vaqtgacha davom etishini qonunda belgilangan muddatdan koʻp yoki kam qilib belgilashlari mumkin emas. FKning 152-moddasiga biror da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilmaydi. Bunday oʻzgartirish qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.Umumiy qoidaga koʻra, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi. Bu qoida shunday ma’noni anglatadiki, agar javobgar sudga da’vo muddati oʻtib ketganligini bildirmasa, sud da’vogar va javobgar oʻrtasidagi nizoni mazmunan koʻrib chiqish va hal qiluv qarori chiqarishi lozim. Bunda da’vo muddatining oʻtib ketganlik holati ahamiyatga ega boʻlmaydi. Ushbu holatda taraflar oʻzaro bitim tuzish paytida, ular oʻrtasidagi bitim yoki shartnomaga nisbatan da’vo muddati joriy qilinmasligi toʻgʻrisida kelishuvga erishsalar, bunday kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydi. Da’vo muddati institutining maqsadi kimnidir jazolash yoki kim uchundir noqulaylik vujudga keltirish hisoblanmaydi. Bu institutning maqsadi va vazifasi huquqiy munosabatlarni buzmasdan, ular koʻlamiga ta’sir etmasdan huquqiy munosabatlardagi noaniqliklarni bartaraf etishdir.
Kazuslar.
1.Fuqaro Toʻxtayeva qoʻshnisi Aliyevadan foydalanib, qaytarib berish sharti bilan bir soatga changyutgich oldi. Yarim soatdan soʻng uyni tozalab boʻlgach Toʻxtayeva changyutgichni q oʻshnisiniki olib chiqsa, Aliyeva uyda yoʻq ekan. Bir ozdan soʻng Toʻxtayeva oila a’zolari bilan chet elga dam olishga joʻnab ketdi va oradan ikki oy oʻtgach qaytib keldi. Aliyeva changyutgichni soʻrab, qoʻshnisinikiga chiqsa uni topa olmadi. Bir hafta oʻtgach Aliyeva oʻzining chang yutgichini qaytarib ololmaganligi sababli, uylarni tozalash boʻyicha xizmat koʻrsatadigan firmaga buyurtma berib uylarini tozalatdi. Bu holat Toʻxtayeva chet eldan qaytib kelib changyutgichni topshirgunicha davom etdi. Bu vaqt oraligʻida Aliyeva 7 marotaba tozalash firmasining xizmatlaridan foydalanishga majbur boʻldi. Aliyeva Toʻxtayevaga murojaat qilib changyutgichni qaytarib bermaganligi sababli, tozalash xizmatiga toʻlagan summani qaytarib berishni talab qildi. Toʻxtayeva uzrli va asosli sabablarga koʻra dam olish safariga ketganligini, changyutgichni olgandan soʻng yarim soat oʻtgach uni olib chiqqanligini, lekin Aliyeva uyida yoʻqligini, changyutgichni qaytarib bera olmaganligi uchun Aliyeva aybdorligini, shuning uchun ha m tozalash xizmati uchun toʻlangan summani qoplamasligini aytdi. Aliyeva sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Taraflarning vajlarini tahlil qiling va ularga huquqiy baho bering? Sud qanday qaror chiqarishi lozim? Agar sud Aliyeva foydasiga qaror chiqarsa, tozalash firmasiga toʻlanadigan haqning miqdori nimaga asosan aniqlanishi lozim? Tozalash firmasiga toʻlanadigan haqning miqdori changyutgichning qiymatidan oshib ketsa, sud qanday qaror qabul qilishi kerak?
2. Qosimov tanishi Sobirovning iltimosiga koʻra avtomashinasini tegishli tartibda rasmiylashtirib, vaqtincha foydalanish uchun beradi. Tomonlar Qosimovning birinchi talabi bilan avtomashinani qaytarish zarurligi toʻgʻrisida kelishib oladilar. 2010 yil 16 mayda Qosimov yozma shaklda Sobirovdan avtomashinani qaytarishni talab qiladi, lekin 2 kundansoʻng Qosimov vafot etadi. Uning xotini Sobirovning mashinani qaytarib bermaganini bilardi, lekin ma’lum sabablar bilan qaytarib berishni talab etmaydi. 2013 yil 20 may kuni Sobirov oʻz tashabbusi bilan avtomashinaniqaytarib beradi, lekin bir necha kundan soʻng buni bilmasdan qilganini ma’lum qiladi va mashinani oʻziga qaytarilishini talab qiladi, chunki da’vo muddati oʻtib ketganini bilmaydi. Mashina oʻziga qaytarib berilmasa, Sobirov sudga murojaat qilishini aytadi. Lekin Qosimovning xotini avtomashinani qaytarib berishni rad qiladi. Taraflarning vajlariga huquqiy baho bering? Da’vo muddatining uzilishi va qayta tiklanishi qoidalari ushbu 4masalaga aloqadormi? Ish agar sudda koʻrib chiqilsa, kimning foydasiga hal boʻlardi?

Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish