1-mavzu: Fanini maqsadi. Himoyalangan yer inshootlarini turlari



Download 378,68 Kb.
bet7/27
Sana12.07.2022
Hajmi378,68 Kb.
#783697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
1-mavzu Fanini maqsadi. Himoyalangan yer inshootlarini turlari

 
 


3-mavzu: Parniklarni turlari va tuzilishi.

Qisqacha ma’lumot: Parnik – o‘simlik o‘stiriladigan uncha baland bo‘lmagan (25-30 sm) yorug‘lik o‘tkazmaydigan yon to‘sig‘i (devorlari) va usti yorug‘lik o‘tkazadigan yopilmalardan iborat bo‘lgan kichik hajmli inshootdir. Tuproq yuzasi va yopilmalar o‘rtasidagi oraliq kam bo‘lgani sababli, parnikdagi ishlarni tashqaridan turib olib boriladi.

Parniklar bir-biridan quyidagi konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi: nishabini soniga ko‘ra bir tomonlama (yo‘nalishi g‘arbdansharqqa yoki janub tomonga) va ikki tomonlamali (shimoldan-janubga yoki sharqdang‘arbga); yer sathida joylanishiga ko‘ra (yer yuzasida va chuqurlashgan); tuzilishiga ko‘ra (ko‘chma va ko‘chirilmaydigan); yorug‘lik o‘tkazadigan qoplamasiga ko‘ra (oynavand va plyonkali); isitilishiga ko‘ra (quyosh nuridan, biologik va texnik); qoplash usuliga ko‘ra (romli va yaxlit); ishga tushirish muddatiga ko‘ra (ertagi yoki iliq, o‘rtagi yoki yarim iliq va kechki yoki sovuq).

Parniklarning xilma-xil turlaridan O‘zbekistonda faqat bittasi, ya’ni bir nishabli, yerga chuqurlashtirilgan, biologik yoqilg‘i bilan isitiladigan Moskva rus parnikidan foydalaniladi.

Nishabi bir tomonlama chuqurlashtirilgan Moskva rus parnigining asosiy konstruktiv elementlari chuqur, kesaki, rom va isitish moslamalaridan iborat.



Chuqurlar – yerdan kovlanadigan xandaqqa (chuqurlik) o‘xshaydi, ularni uzunligi g‘arbdan sharqqa tomon yo‘nalishda kovlanadi. Uni chuqurligi foyda-lanish muddatiga bog‘liq bo‘lib, qishda foydalanishga mo‘ljallangan issiq parnik-larni 70-80 sm, bahorgi yarim issiq parniklarni 50-60 sm va kech bahorgi sovuq yoki biologik yoqilg‘isiz parniklarni 25-30 sm chuqurlikda qilinadi. Bunda tuproq aralashmasi 10-20 sm li qalinlikda biologik yoqilg‘i ustiga solinadi.

Кesaki – parnik romlarni o‘rnatishga xizmat qiladigan hamda chuqur devorlarining ustki qismini o‘pirilishi va emirilishdan saqlaydi. Кesaki ikkita bo‘ylama shimoliy va janubiy yon qismi hamda ikki bosh qismidan iborat. Taxta kesakilar (balandligi 15-20 sm, qalinligi 40-50 mm) qiyshayib ketmasligi uchun har 4-5 m ga 5×5 sm li tirgovuchlar (rasporka) qo‘yiladi. Nishabi bir tomonlama chuqur parniklarning kesakisi taxtadan, yog‘och, g‘isht, beton va boshqa material-lardan yasalishi mumkin. Quyosh nurlari parnikni yaxshi isitadigan bo‘lishi uchun kesakining shimol tomoni janubiy tomondan 5-7ga nishabli bo‘lishi uchun balandroq o‘rnatiladi.

Rom – parnik romining standart keng tarqalgan o‘lchami 160×106 sm, bitta romning foydali maydoni 1,5 m2. Romni tashqi o‘rami (kesakisi) 55×47 mm yog‘ochdan (brusdan), ichki yoki o‘rtadagi shprosdan 47×38 mm li yog‘ochdan va oynadan iborat. Rom bruslarida, hamda o‘rtadagi uchta shproslarga oyna o‘rnatila-digan chuqur (fals yoki pazli) 10-12 mm li o‘yiqlar tashkil qilib, pastki tashqi kesakida fals kesakining butun eni bo‘yicha yon to‘siqsiz bo‘lib, unga oyna to‘liq eni hisobida joylashtiriladi. Qoplanadigan oynaning qalinligi 2-2,5 mm (1 m2 oyna og‘irligi 5-6,5 kg), uni romning pastki qismidan boshlab ustma-ust joylashtiriladi va maxsus metall yoki sim qisqichlar bilan mahkamlanadi. Romning oynasi tez-tez sinib turadigan pastki va ustki qismlariga o‘rta qismidagiga nisbatan ensizroq oynalar solinadi. Romlar parnik kesakining ko‘ndalang o‘qiga qo‘yiladi. Parnik romni ko‘tarib va uni yog‘och tirgakka qo‘yib shamollatiladi.

Boshqacha tuzilishdagi romlarni ham uchratish mumkin. Markaziy Osiyoda 213×107 sm o‘lchamli romdan foydalaniladi. Bunday katta og‘ir romlar ishda noqulayliklar tug‘diradi va ekilgan narsalarga qarashni qiyinlashtiradi. Ammo katta romlardan foydalanish parnikning ichki hajmini kengaytiradi, ya‘ni issiqlik rejimi-ni yaxshilaydi. Estoniyada 150×80 sm li romlar bo‘lib, ular 141×75 sm li yaxlit oynalar bilan jihozlanadi.

Parnik nechog‘lik uzun (katta) bo‘lsa, issiqni shuncha yaxshi saqlaydi. Shu-ning uchun 20 dona romga mo‘ljallangan 21,2 m uzunlikdagi parnik chuqurlari qulay hisoblanadi.

Parniklar 500 romdan tashkil topgan (har birida 20 tadan rom bo‘lgan 25 parnik) kvartallar shaklida joylashtiriladi. Har bir kvartal atrofiga eni 10 va 15 m keladigan yo‘llar quriladi. Tor yo‘llardan parnik tuprog‘ini, keng yo‘llardan esa go‘ng saqlash uchun foydalaniladi. Кeng va tor yo‘llar birin-ketin (navbatlashtirib) joylashtiriladi. Кvartallar oralig‘iga (parniklar bo‘ylab) 5-8 m kenglikda transport qatnaydigan yo‘llar quriladi. Parniklar o‘rtasidagi oraliq (yo‘laklar) 70-90 sm ga teng. Bunda har juft parnik o‘rtasida 2-5 m kenglikda yo‘laklar qoldiriladi.



Isitish moslamalari – biologik usulda isitilganda biologik yoqilg‘i (go‘ng) ishlatiladi. Parnik chuquri har yili biologik yoqilg‘i bilan to‘ldirib boriladi. Biologik yoqilg‘i qatlamining qalinligi qishda foydalaniladigan issiq parniklarda 50-60 sm, erta bahorda qo‘llaniladigan yarim iliqlarida 30-40 sm bo‘ladi. Texnik usulda isitilganda parnik qurilayotganda joylarda isitish moslamasi va izolyatsiya qiladigan materiallar o‘rnatiladi.

Ayrim mintaqalarda tuproq yuzida joylashtirilgan biologik yoqilg‘i bilan isitiladigan parniklardan foydalaniladi. Ular ichida bir joyga mustahkamlangan, ko‘chirilmaydigan (Parij tipidagi) va ko‘chirib yuriladigan (Arxangelsk tipidagi) turlari mavjud. Ulardan tashqari biologik va texnik usulda isitiladigan nishabi ikki tomonlamali (Belgiya tipidagi) parniklar ham uchraydi.

Ilgari, O‘rta Osiyoda G.O.Zeman konstruksiyasi bo‘yicha qurilgan quyosh nuri bilan isitiladigan parnik ham keng tarqalgan. Undagi rom kattaroq (213×107 sm) bo‘lib, tuproq bilan oyna orasidagi masofa 35-40 sm ni tashkil qilgan. Rom-lariga yuqori sifatli katta oynalar solingan. Quyosh issiqligini isrof qilmay saqlab turish uchun romlar bir-biriga tig‘iz jipslab o‘rnatilgan va doimo toza saqlangan.

Undan tashqari O‘zbekiston Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tavsiya etilgan, havo kanal yo‘lli, chuqurligi rus parnigiga o‘xshash, ammo biologik yoqilg‘ili, quyosh nuridan isiydigan, parnik yo‘laklar tagiga joylashtirilgan 8-10 dona havo yo‘li orqali juft-juft qilib tutashtiriladi. Bunday parniklarning biri biologik yoqilg‘i bilan to‘ldirilib, ustidan unumdor tuproq solinadi. Ikkinchi parnikni esa o‘tgan yilgi chirindi tuproqdan tozalamay turib chopib zararsizlantirilib chiqiladi, bunda unumdor tuproq bilan parnik oynasi o‘rtasidagi oraliq 30 sm bo‘lishi kerak. Кelgusi yili mazkur parniklar o‘rni almashtiriladi.



Suv bilan isitiladigan parnik ham biologik yoqilg‘ili parnik kabi tuzilgan, ammo bunda 45-500C va undan yuqori darajagacha isitilgan suv issiqlik manbai xizmatini o‘taydi. Maydonlarga issiq suv metall yoki asbest-sement magistral quvurlar orqali keladi. Shundan keyin u parniklar bo‘ylab o‘tkazilgan isituvchi asbest-sement quvurlar (diametri 5-7 sm) bo‘ylab oqizib qo‘yiladi. Mazkur quvurlar 50 sm chuqurlikka qum to‘shama ustiga yotqizilgan bo‘ladi. Parniklardagi havoni isitish uchun ularning shimoliy va janubiy kesakilarida isituvchi metall quvurlar ham yotqiziladi.

Download 378,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish