Teplitsalar (issiqxonalar). Ekin o’stiriladigan inshootlarning eng samarali
turi bo’lib, ularda zamonaviy vositalar yordamida o’simliklar uchun eng qulay
sharoit yaratish mumkin. Issiqxonalarning tuzilishida o’ziga xos tomonlari bo’lib,
ularda yer bilan tom orasida balandlik katta. Uning parnikdan farqi shundan kelib
chiqib, ichida mashinalar va xizmatchilar bemalol ishlaydi. Teplitsalar mavsumsiz
fasllarda mahsulot yetishtirish hamda ko’chatlar o’stirish uchun xizmat qiladi.
3. Issiqxonalar vazifasi, ulardan foydalanish. Issiqxonalarni boshqa
inshootlardan farqi. Issiqxonalarning vazifasi, turlari va ularning tuzilshi.
Issiqxonalar - ekin o’stiriladigan inshootlarning eng murakkab tuzilishiga ega
bo’lgan turi bo’lib, zamonaviy vositalar yordamida o’simliklar uchun qulay
sharoitlar yaratiladi.
Issiqxonalarning tuzilishida boshqa inshootlardan o’ziga xos farqli tomonlari
bo’lib, ularda yer bilan tom orasidagi masofa katta bo’ladi. Issiqxonalarning
parniklardan asosiy farqi shunday, bunday murakkab tuzilishga ega bo’lgan
inshootlarda mashina va mexanizmlardan foydalanish, ishlovchilar har qanday
noqulay iqlim sharoitida ham ishni ichkarida turib davom ettirishlari mumkin.
Issiqxonalarning asosiy vazifasi mavsumdan tashqari muddatlarda mahsulot
yetishtirish va ko’chat tayyorlashdan iborat. Issiqxonalar-zamonaviy qo’rilgan
istiqbolli inshootlar bo’lib mehnat unumdorligi yuqoriligi hisobiga ko’p mahsulot
yetishtiriladi.
Foydalanish va qurilish belgilariga qarab sabzavot, ko’chat hamda ko’chat
va sabzavot yetishtiradigan foydalanish muddatlari bo’yicha yil davomida va
bahorgi-yozgi mavsumda foydalanadigan issiqxonalarga bo’linadi. Maydondan
foydalanish usuliga ko’ra, tuproqli va sukchakli (stelajli bo’ladi). O’simliklarni
joylash-tirish usuliga ko’ra bir yarusli va ko’p yarusli bo’ladi. Reja-lashtirish bo’yicha bir va ko’p zvenoli bo’ladi. Ildiz orqali oziqlantirish bo’yicha tuproq,
kichik hajmda gidroponikali bo’ladi. Isitish usuliga ko’ra-quyosh yordamida,
biologik yonilgi va texnik usulda isitiladi. Usti yopish materialini turiga ko’ra
oynali, plenkali, stekloplastli. Tomini shakliga ko’ra bir yoki ikki nishabli, yarim
yoysimon yoki soyabonsimon bo’ladi. Foydalanish ketma-ketligi bo’yicha bir
joyda doimiy ishlatiladigan ham bir joydan boshqa joyga ko’chiriladigan
issiqxonalarga bo’linadi. Sinchini mavjudligiga ko’ra oynavand issiqxonalar
hamisha sinchli sinch vazifasini havo bajaruvchi issiqxonalar bo’ladi.
1. Qurilish maydon; 2. Inventar maydon; 3. Foydali maydon.
Qurilish bilan band bo’ladigan maydonga issiqxonalarning tashqi o’lchami
bo’yicha egallagan maydon kiradi. Inventar maydon esa issiqxonaning ichki
tomondan chuqurligi va eni kiradi. Foydali maydon esa-bevosita ekin o’stirishda
band bo’lgan maydon kiradi. YUlaklar, shuningdek uskunalari bilan band etilgan
maydon foydali maydonga kirmaydi. Issiqxonalarning maydonidan foydalanish
koyeffitsiyenti deganda-foydali maydonni inventar maydonga nisbatini
tushunamiz. Ushbu koyeffitsiyent sukchakli, ya’ni stelajli issiqxonalarda 0,6 ni,
yerli issiqxonalarda 0,8 ni tashkil etadi. Issiqxonalarning to’siq koyeffitsiyenti -
hamma to’siladigan qismlar satxini inventar maydonga nisbati tushuni-ladi. Bu
koyeffitsiyent issiqxonani maydoniga bog’liq holdadir. Bu koyeffitsiyent 1
zvenolida 1,5-1,7 bloklida 1,2-1,4 bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |