Parametrlar
|
Izohi
|
Ko‘pvalutalilik
|
Turli valutalar ishlatilishi mumkin, lekin hisob-kitob faqat AQSh dollarida amalga oshiriladi
|
Transaksiya
diapazoni
|
1 rublgacha, $1, $1-10, $10-100 gacha, $100 dan ortiq, $0,01-$500
|
Transaksiya qiymati
|
3-5% plyus sotish hajmidan $0,5
|
Tizimga ulanish shartlari
|
Foydalanuvchi uchun ulanish erkin. Sotuvchi esa shartnoma tuzishi va boshlang‘ich badal $150ni to‘lashi kerak.
|
Xavfsizlik choralari
|
SSL tizimi, Cybercash himoyasi, Thawte Consulting sertifi- kati ishlatiladi
|
Anonimlik
|
Boshqa tizimlardan farqli o‘laroq kredit kartochkasi ma’lu- motlaridan faqat bank xabardor bo‘ladi, bankga esa ular SSL bo‘yicha qo‘shimcha shifr bilan uzatiladi.
|
Sotib oluvchining himoyalanishi
|
Ko‘pchilik boshqa tizimlardan farqli o‘laroq kredit kartochkasi ma’lum otlaridan faqat bank xabardor bo‘ladi, bankga esa ular SSL bo‘yicha qo‘shimcha shifr bilan uzatiladi. Bun- dan tashqari, sotib oluvchi o‘z bankiga yoki VISA, yoki MasterCardga sotuvchining noto‘g‘ri harakati bo‘yicha shi- koyat qilishi mumkin. Shu bilan birga, sotuvchilarga sotishni rad etish darajasi sotish miqdoridan 2,5%dan ortiqligi kuza- tilganda jarima solinadi.
|
Sotuvchining
himoyalanishi
|
Sotuvchi bir necha darajada himoyalangan. Himoyaning boshqa usullari orasida AVS(Address Verification System) ham qo‘llaniladi, agar adres mos tushmasa, sotuvchiga nima qilish kerakligini hal qilish huquqi berilgan.
|
Tizim xususiyati
|
Standart. Kredit kartochkali tizim uchun kartochkalar avto- rizatsiyalash sxemasi bo‘lishi ixtiyoriydir.
|
Ko‘mak
|
Cybercash hisob-kitob markazi, Humbold Bank banki. Hi- sob-kitobni VISA va MasterCard kredit kartochka emitent- lari hisoblanadigan jahondagi barcha banklar amalga oshi- rishlari mumkin.
|
Interrussia to‘lov tizimining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat:
xaridorning zaif himoyalanganligi;
transaksiyalarning qimmatliligi hamda ro‘yxatga olishda undiri- ladigan badal.
ElIS to‘lov tizimi
ElIS to‘lov tizimi (El - elektron, I - Internet, S - savdo)
ElIS quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
Internet tarmog‘ida ta’minlovchining (har qanday tashkilot yoki elektron magazin) xizmat va tovarlarning taqdimoti;
katalogdagi tovar va xizmatlar to‘g‘risidagi axborotni (narx-navo, yangi tovarlarni ro‘yxatga olish) tezkor ravishda (Internet orqali) yangi- lab turish;
elektron magazin mijozlarning tovar va xizmatlari buyurtmalarini bajarish;
menejer-sotuvchilar tomonidan buyurtmalarni ro‘yxatga olish;
savdo jarayoni haqidagi axborotni analitik tahlildan o‘tkazish.
ElIS to‘lov tizimi quyidagilarni ta’minlaydi:
ta’minlovchi firma infratuzilmasining minimal o‘zgarishlari eva- ziga (xizmat ko‘rsatuvchi personal sonini oshirish, shoxobchalar sonini ko‘paytirish) tovar sotilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan biznesning sifat ko‘rsatkichi yoki tovar turlarining ko‘payishi;
mahsulot sotilayotgan bozorning hajmini oshirish: elektron magazin xaridori sifatida kompyuter orqali Internetga ulanadigan har qanday foydalanuvchi bo‘lishi mumkin (manzilidan qat’iy nazar);
kam xarajatli reklama kampaniyasini uyushtirish;
tovar zaxiralarini aniq tartibga solish;
tovarlarning «aylanish sikli» vaqtining qisqarishi;
elektron magazinda yangi tovar paydo bo‘lganligi haqidagi ma’- lumot ushbu tovar katalogga kiritilganidan bir necha soniyadan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
ElIT to‘lov tizimi chakana savdo bilan birga tovarlar harakatining taqsimlangan korporativ tizimlarida ham biznes-biznes modeli ko‘rini- shida foydalaniladi. Mazkur tizim mustaqil ravishda qo‘llanilibgina qol- may, balki undan Internet orqali elektron to‘lovlarni rasmiylashtirish tizimlari bilan birgalikda ham foydalaniladi.
ElIT to‘lov tizimining asosiy xususiyatlari
Elektron magazin mijozlarining tovar va xizmatlar kataloglari bilan tanishib chiqishi mumkinligi, buyurtmalarni elektron magazin persona- lining ish vaqti va manzilidan qat’iy nazar buyurtmani rasmiylashtirish imkoni mavjud.
Tovar va xizmatlar katalogining uzoqlashgan administratsiyalashti- rilishi. Katalogning administratori (magazin menejeri) va elektron magazin joylashgan server shaharning boshqa-boshqa chekkalarida joylashi- shi mumkin.
Rossiyaning mavjud qonunchiligiga to‘la-to‘kis mos kelishi.
Xilma-xil tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi va ta’minlovchilar biznesining xususiyatlarini har tomonlama hisobga olish imkoniyati.
Tovar va xizmatlarning cheksiz turlarini o‘z ichiga qamrab oluvchi har qanday murakkab kataloglar tizimini ta’minlay olishi.
Zarur mahsulotlarni tovar va xizmatlar katalogi hamda kontekst ma’nosi bo‘yicha izlash xizmati orqali xarid qilish.
Tovar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq hajmda joylashtirish (shu jum- ladan, chizma va suratlar). Zarurat tug‘ilganda tovarning to‘liq tavsifi tizimlashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Har bir magazinda o‘ziga biriktirilgan tovarlarga bo‘lgan buyurtma- larni rasmiylashtiruvchi bir necha sotuvchi terminallarini o‘rnatish; so- tuvchilarga tovarlarni «biriktirish» sotuvchilar soni, yil fasliga ko‘ra muayyan tovarlarga bo‘lgan talabga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
Buyurtmalarni yo‘naltirish (marshrutizatsiya), ya’ni turli sotuvchi- larga biriktirilgan bir necha tovar turlarini jamlovchi buyurtma sotuv- chilar orasida kelishilgan ketma-ketlikda manzilga yetkazilishi mumkin; buyurtmani oxirgi navbatda olgan sotuvchi boshqa sotuvchilar rasmiy- lashtirgan hujjatlarni nazorat qilishi mumkin.
Buyurtmalarning qabul qilib rasmiylashtirilishi va sotuvchilar faoli- yatini nazorat qiluvchi o‘zini-o‘zi boshqaruvchi terminal «master-so- tuvchi» (bosh menejer) ni ajratib chiqarish.
Tegishli guruh yoki muayyan adresatga bevosita yo‘llash maqsadida taklif va shikoyatlarni qabul qilish.
Serverga birinchi marotaba mehmon sifatida (magazinning yangi «mijozlari») tashrif buyurgan shaxslarga elektron kataloglar foydalanish va tovarlarning tavsifi bilan tanishib chiqish imkoniyati, buning uchun «mijozlar» ro‘yxatdan o‘tishlari lozim emas.
Mijoz ilk bor buyurtmasini rasmiylashtirayotganda uni soddalashti- rilgan holda ro‘yxatga olish. Bunda mijozlar, ularning rasmiylashtiril- gan va rasmiylashtirilmagan buyurtmalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yakka-yakka tartibda olib boriladi. Tizim har bir foydalanuvchini Microsoft cookie qo‘llamagan holda ismi va paroli orqali tanib oladi. Shu sa- babli mijoz shaxsiy ma’lumotlarni olib, nazorat qilish imkoniyatiga ega hamda yangi buyurtmalarni har qanday joy va kompyuterlardan rasmiy- lashtirishi mumkin (ushbu tizimda ish joyning emas, balki mijozning av- torizatsiyasi amalga oshiriladi).
Tovar narxlari bir vaqtning o‘zida bir necha valutada ko‘rsatiladi, bunda rasmiylashtirilgan umumiy buyurtmaning qiymati joriy valuta kurslariga binoan rublda ko‘rsatiladi (rasmiylashtirilgan buyurtma jo‘na- tiladigan vaqtga ko‘ra).
Mijozlarning turli toifalari uchun narxlar tizimlarini (chegirmalar) belgilash imkoniyati (masalan, yakuniy iste’molchilar bo‘lmish diler va sheriklar uchun narx-navolar).
Sotuvchi tomonidan buyurtmadagi tovarlar hajmini yoki umumiy qiymatini hisobga olgan holda belgilanayotgan chegirmalari asosida buyurtmaning yakuniy qiymatining shakllantirilishi.
Mahsulot birligini hisobga olgan holda hamda uning qadoqlanish usuliga asosan buyurtma hajmini shakllantirish.
Omborxonadagi qoldiqlar haqida ma’lumotlarni taqdim etish (alohida ko‘rsatilgan mijozlar uchun).
Buyurtmaning bajarilishi, to‘liq bajarilmaganligi, bajarilishining ke- chiktirilishi yoki buyurtmaning alohida bandlarini bajarish imkoniyati yo‘qligi haqida mijozlarni tezkor xabardor qilish (buyurtmaga asosan shakllantirilgan tovar partiyasining jo‘natilishi).
Qisman bajarilgan buyurtmalar haqidagi axborotni saqlash; mijoz ish- tirokida qisman bajarilgan buyurtmaning bajarilmagan bandlarini aniq- lashtirgach, vakolatli sotuvchi ushbu buyurtmani bekor qilishi mumkin.
Elektron magazindan foydalanayotgan ishlab chiqaruvchilar hamda tovar va xizmatlar bilan ta’minlovchilar biznesining o‘sib borayotgan sifat va son ko‘rsatkichlariga mos holda sodda ravishda sozlash imkoniyati.
Aloqa kanallari orqali axborotni jo‘natishda va saqlashda maxfiy- likni ta’minlovchi vositalarning, elektron to‘lov hujjatlarida deklaratsiya qilinmagan axborotni qayd qiluvchi tekshiruv vositalarining, foydala- nishni cheklovchi vositalarning (to‘lov terminallari menejerlarining bir necha darajali foydalanish imkoniyati) mavjudligi.
Ishonchliligi - ushbu tizim uzluksiz kecha-yu kunduz to‘xtovsiz ishlash talablari asosida qurilgan.
Qo‘llashda qulayliligi - tizimning barcha komponentlari maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan oddiy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan (buyurtmalarni rasmiylashtiruvchi mijoz va administratorlar uchun).
Ochiqligi - mazkur tizim har qanday ombor-hisob-kitob dasturlari bilan muvofiqlashtirilishi hamda axborotni statistik tahlili modullari bilan to‘ldirilishi mumkin.
ElIT to‘lov tizimining kamchiliklari:
operatsiyalarni nazorat qiluvchi qatnashchilarning elektron im- zolari yo‘qligi, bu esa xavfsizlik darajasini pasaytiradi.
buyurtmalarni bajarishga ko‘p vaqt sarflanishi (1 kundan 3 kun- gacha).
Mazkur tizimning keyingi ko‘rinishi ElIT-Kart to‘lov tizimida mu- jassamlashgan. Ushbu tizim to‘lovlarni plastik kartochkalari yordamida Internet orqali o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, AyTi va Avtobank AKB larning qo‘shma loyihasidir. AyTi loyihani texnologik tomondan ishlab chiqish va qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Avtobank esa moliya operatsiya- larini o‘tkazilishida kafillikni o‘z bo‘yniga olgan.
Alohida ta’kidlash lozimki, to‘lov tizimlarini ishlab chiquvchi fir- malar ushbu tizimlarni takomillashtirish borasida tinmay ish olib bora- dilar. Shu sababli, yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklar mazkur qo‘llan- ma nashr etilgunga qadar bartaraf etilishi mumkin.
Xalqaro (chet el) to‘lov tizimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |