Dasturiy ta’minot va transaksiya mijoz uchun bepul plyus 20 sent kredit kartasidan foydalanish haqi, sotuvchi uchun sotuv hajmining 2 foizi miqdorida to‘lov.
Maxfiylik
Bank xaridor to‘g‘risidagi batafsil axborotni oladi. Sotuvchi xaridor to‘g‘risida hech nima bilmaydi.
CyberCash kompaniyasi Internet tarmog‘i orqali kredit kartochkasi orqali to‘lov tizimini o‘zida aks ettiruvchi Credit Card Service xizmatini taklif etadi.
First Virtual kabi bu xizmat turida ham Internetdan CyberCash, so- tuvchilar va sotib oluvchilar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi uchun foydalaniladi. First Virtualdan farqi shundaki, xavfsizlik kredit kartochkasi nomerini kodlashtirish yo‘li bilan ta’minlanadi. Kodlovchi dasturlar tekinga beriladi.
Operatsiya boshida Sotib oluvchi CyberCash Account nomi ostida shartli schyot ochishi va unga o‘z jamg‘arma schyotidan CyberCoin pu- lini olishi shart. So‘ngra sotib oluvchi o‘z kompyuteriga erkin dasturiy ta’minot SuperCash Consumer Walletni yuklaydi. Sotish jarayonida hisob-kitob sotib oluvchining bankdagi schyotidan sotuvchining bankdagi schyotiga pulni o‘tkaziladi. Bu operatsiya bank tarmoqlari orqali amalga oshirilib, boshqa bir bankda alohida yangi schyot ochishni talab qilmay- di. DigiCashdan farqi ham ana shunda. Bu turdagi xizmatning asosiy masalalaridan biri - bu unchalik qimmat bo‘lmagan xaridni, masalan,
Intemetdan kitob sahifalarini sotib olishni amalga oshirish. Bunday ope- ratsiyalaming yuqori chegarasi $10 qilib belgilangan.
CyberCash to‘lov tizimining kamchiligi shundaki, transaksiya qiy- mati juda past (taxminan 20 sent) ligidan iqtisodiy tomondan mikroto‘- lovlarni ($1 dan kam) qo‘llaydigan informatsion biznes uchun foydali emas.
AiZalligi esa bu tizim yetarlicha qimmat mahsulotlarni sotish uchun qulaydir.
CheckFree to‘lov tizimi
CheckFree(chekfri) kompaniyasi 1981-yil Ogayo shtatida tashkil etilgan. 1995-yil sentabrda CheckFree Internet tarmog‘ida CheckFree Payment Services elektron chek xizmatini taqdim etdi. Mijoz topshirig‘i bilan bu xizmat elektron chekni yozadi hamda sotib oluvchi va sotuvchi o‘rtasidagi hisob-kitobni amalga oshiradi. Kerak bo‘lganida sotuvchiga qog‘ozli chek berilishi mumkin.
CheckFree tizimining vazifali amal qilish sxemasi 4.3-rasmda ko‘rsatilgan.