Paramatrlari
|
Izoh
|
Transaksiya (o‘tkazma) qiymati
|
Sotuvchi registratsiya uchun 10 dollar va 29 sent plyus har bir transaksiya uchun 2 foiz to‘- laydi, xaridor esa registratsiya uchun 2 dollar to‘laydi.
|
Maxfiylik
|
Sotuvchi mijoz to‘g‘risida hech qanday axbo- rotga ega bo‘lmaydi. First Virtual mijoz va uning xaridi to‘g‘risidagi batafsil axborotni sir saqaydi.
|
Xavfsizlik darajasi
|
Hech qanday ma’lumotlarni shifrlash umu- man amalga oshirilmaydi, barcha axborot «ochiq matn» ko‘rinishida elektron pochta orqali uzatiladi. Ammo mijozlarning shaxsiy va bank ma’lumotlari Internet orqali uzati- maydi.
|
Transaksiya xajmi (maqsadi bozor)
|
do$1
|
Yo‘q
|
$1-100
|
Ha
|
>$100
|
Bo‘lmagani ma’qul
|
Tovar va xizmatlar (maqsadi bozor)
|
Raqamli
|
Ha
|
jismoniy
|
Mumkin
|
schyotlar
|
Yo‘q
|
Manba: (http ://www./fv ./com )
First Virtual (festvirtual) ning xususiyatlari quyidagilardan iborat: Mazkur tizimda ma’lumotlar shifrlanmaydi. Buning o‘rniga mijoz uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumot bir marotaba telefon orqali jo‘natiladi, buning uchun Internet tarmog‘idan foydalanilmaydi.
Mazkur tizim xizmat, ma’lumot yoki boshqa tovarni to‘lovdan ilgari olish imkonini beradi.
Ma’lumot almashuvi elektron pochta orqali amalga oshiriladi (boshqa to‘lov tizimlarida WWW almashuv protokollari avtomatik ravishda qo‘llanilganligi sababli mijoz ushbu almashuvni sezmay qoladi).
Riskni cheklash mijoz foydasiga qaratilgan, shu sababli u ma’lumot bilan tanishganidan so‘nggina to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, sotuvchi to‘lovni olmasligi xavfi ham mavjud, negaki First Virtual tizimi tovar uchun olinadigan to‘lovga javob bermaydi. Shu bois, eltib berish uchun ham haq olinadigan jismoniy tovarlarni sotish uchun mazkur tizimdan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Internet tarmog‘i doirasida amal qiladigan har qanday elektron magazin real faoliyat ko‘rsatish sharoitida elektron biznes tizimi tarkibidagi asosiy optimallashtirish vazifalarining yechimlarini olish uchun foydala- niladigan mutlaqo aniq boshlang‘ich va normativ ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi. Holbuki, boshlang‘ich va normativ ma’lumotlarda mavjud bo‘lgan noaniqlik doirasida bir maqsadli yondashuv qo‘llanilgan taqdir- da, deyarli hamma vaqt vazifani hal qilishning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan (muqobil) variantlarini ma’lum miqdorda olish mumkin. Bir maqsadli yondashuvdan foydalanilgan taqdirda shu variantlar orasidan eng yax- shisini (boshqa mezonlarga ham mos keladiganini) asosli ravishda tanlab olishning imkoniyati bo‘lmaydi. Bu hol uning asosini tasodifiy tanlov tartib-taomili tashkil etishi bilan izohlanadi. Ayni vaqtda ko‘p maqsadli (ko‘p mezonli) optimallashtirish metodologiyasidan foydalanilsa, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p rejalar orasidan eng yaxshisini bemalol tanlab olish mumkin.
CyberCash to‘lov tizimi
CyberCash(Kiberkesh) - bu 1994-yil avgustda tashkil etilgan hamda shtab-kvartirasi AQShning Virjiniya shtatida bo‘lgan korxona.
CyberCash Amerika kompaniyasi hisob-kitoblar uchun Internet tar- mog‘ida kredit kartochkasi yordamidagi Secure Internet Payment System elektron to‘lov tizimini ishlab chiqib, taklif etadi.
Tizim mijozga axborotning yetarlicha maxfiyligini ta’minlaydi. So- tuvchilar uning kredit kartochkasi to‘g‘risida hech nimani bila olmaydi- lar. CyberCash o‘zida xarid haqida hech nimani qoldirmaydi. Faqatgina mijoz banki, kredit kartochkasi emitenti xarid haqida xabardor bo‘ladi. Kredit kartochkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning tarmoq orqali o‘t- kazishda bilib olish ehtimoli juda kichik (Shifrdan chiqarish qiymati million yoki undan ortiq dollarga teng bo‘lishi mumkin). CyberCash tizimida amallar bajarilish ketma-ketligi 4.2.rasmda ko‘rsatilgan.
rasm. CyberCash tizimining ishlash sxemasi
CyberCash tizimi ishlash sxemasi quyidagi amallarni nazarda tutadi:
Oldindan to‘lov ma’lumotlari Mijozning ShK (Shaxsiy Kompyu- ter) idagi «CyberCash Customer Wallet»(sotib oluvchilar uchun Cyber Coin)ga kelib tushadi.
Oldindan to‘lov ma’lumotlari Sotuvchining ShK sidagi «Cyber Cash Merchant Cash Register» (sotuvchilar uchun CyberCoin) ga kelib tushadi.
Sotuvchi Mijozdan olingan oldindan to‘lov ma’lumotlarini Cyber Cash tizimiga o‘tkazadi.
CyberCash «mini-bitim» tuzilganidan so‘ng Mijoz bankiga pulni o‘tkazish to‘g‘risidagi talabni jo‘natadi.
Mijoz banki va Sotuvchi bank o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitob ACN(Automated Clearing House - avtomatik kliring uyi) orqali amalga oshiriladi.
Kredit/debetli CyberCash tizimi - har bir xarid mikroto‘lovni amalga oshiruvchi CyberCoin kredit kartochkasi orqali to‘lanadi.
Mazkur to‘lov tizimining asosiy parametrlari 4.10.jadvalda kel- tirilgan.
4.10-jadval
CyberCash to‘lov tizimining asosiy parametrlari
Do'stlaringiz bilan baham: |