MasterCard, VISA, Microsoft va IBM kompaniyalari ishlab chiq- qan SET protokolidan foydalanilayotganligi sababli, maxfiy ma’lumot- larning yetarlicha yuqori darajada himoyalanganligi;
Debet sxemasi toifasiga kliring transaksiyalari ko‘zda tutilgan elektron hamyonlar yordamidagi hisob-kitoblarni kiritishimiz mumkin (o‘zi- ga xos tomoni shundan iboratki, unda pullar kompyuterning qattiq dis- kida saqlanadi)
Virtual hamyonlar tizimiga Cybercoins tizimi (CyberCash kom- paniyasi ishlab chiqqan) misol bo‘la oladi. To‘lovlar debet sxemasi- ning afzalligi shundaki, unda mijozlarga kredit foiz to‘lovlari zaruriyati yo‘q. Debet kartochkalarini qo‘llash keng tarqalgan mamlakatlarda elektron bozordagi hisob-kitoblarni amalda qo‘llash jarayonini yengillishti- ruvchi SETprotokolining I modelida, debet sxemalariga ko‘ra amalga oshirilib, ularni amalda qo‘llash jarayoni birmuncha yengillashadi.
To ‘lovlar debet sxemasining kamchiliklari
Debet sxemasi asosidagi to‘lovlar xavfsizligining zaruriy darajasini ta’minlash muammosi hozirga qadar o‘z yechimini topgani yo‘q. Bunda muammo, kredit sxemalariga o‘xshab, to‘lovlarda SET protokolining xavfsizlikni ta’minlashda samaraliroq tizim ekanligida emas, balki bu sxemalar ortida VISA yoki MICROSOFT nomlarining turmayotganida- dir. Zaruriy xavfsizlik darajasini ta’minlash maqsadida bunday nomdor firmalarning qo‘llab-quvvatlamaganligi - to‘lovlar debet sxemasini mashhur bo‘lib ketmayotganining sabablaridan biridir. Shunga qara- masdan mayda to‘lovlar sektorida (muammo unchalik dolzarb bo‘lma- gan) debet sxemalar kredit sxemalar bilan muvaffaqiyatli raqobat qili- shi mumkin.
Elektron pullardan foydalanuvchi sxemalar: O‘z mohiyatiga ko‘ra bunday sxemalar ham debet sxemalar tarkibiga kiradi. Ikki xil turdagi raqamli naqd pullar mavjud: smart-kartalarda saqlanuvchi va kompyu- terning qattiq disklarida saqlanuvchi. (Misol tariqasida Digicash, Net- cash, Cybercoinlarni keltirish mumkin) elektron hamyon bo‘yicha ham- ma hisob-kitoblarni bank yoki boshqa kliring kompaniyasi amalga oshi- radi. Elektron pullar tizimida kartochkadagi yoki kompyuter qattiq dis- kidagi yozuvlarga muvofiq, summalar u yoki bu valutaga o‘tkaziladi. Bu mablag‘lar erkin konvertatsiyalanib, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi alo- qa kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi mumkin. Elektron pullar bilan kliring operatsiyalari o‘tkazilmaydi.
Elektron to‘lovlarning bu sistemasi o‘z mohiyatiga ko‘ra naqd pul- larga o‘xshashdir. To‘lov amalga oshiriladigan tizim provayderida ol- dindan naqd pul kupyuralarining elektron analoglari sotib olinadi. Masalan, Digicash kompaniyasi ishlab chiqqan elektron pullarning hayot sikli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Avvalambor, mijoz o‘z kompyuterida o‘z imzosi bilan, seriya no- meri va nominallarini aniqlagan holda tasdiqlab, elektron kupyuralar ya- ratadi keyin pulni jo‘natadi va u yerda pullar hisob raqamiga real pul ko‘rinishida tushgandan so‘ng, faqatgina nominallarini bilgan holda, u kupyuralarni imzolaydi va uni qayta mijozga jo‘natadi. Xarid qilishda mijoz bu kupyuralarni sotuvchiga jo‘natadi. (Bunda sotuvchi xaridor haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, xaridor o‘z kupyuralar seriya nomerini faqatgina o‘zi bilgani uchun ham xaridni o‘zi amalga oshirganini doimo isbotlab bera oladi). Sotuvchi ushbu kupyuralarni bankka taqdim etadi va bank ularning haqiqiyligini tekshirganidan so‘ng xaridor hisobiga o‘tkazib beradi. Hozirda Digicash tizimini turli mamlakatlarda bir qancha banklar qo‘llab kelmoqdalar. Masalan, 1998-yilning 4-may kuni Bank Austria o‘z mijozlariga Digicash kompaniyasi ishlab chiqqan Internet to‘lov tizimida qo‘llaniladigan elektron pullarni taklif qildi. Xususiy shaxslar bilan operatsiyalarda eng katta bank sanaladigan Bank Austria e-Cash texnologiyasini 1997-yil aprelida litsenziyalangan.
Mijozlar biror bank bilan kelishuv imzolayotganida, ular dasturiy ta’- minotni o‘z kompyuterlariga olishlari va bankning web-manzili (www. bankaustria.com) orqali on-line tartibda o‘z elektron pullarini faollashtirib olishlari mumkin. Shundan keyin bank bilan ishlaydigan turli magazinlar- dan xarid qilishni boshlash mumkin.
“Elektron pullar”dan foydalanuvchi sxemalarning afzalligi:
bu tizim mikroto‘lovlarni amalga oshirishda qo‘l keladi;
to‘lovlarning maxfiyligi ta’minlanadi.
“Elektron pullar” dan foydalanuvchi sxemalarning kamchilik- lari esa quyidagilardir:
Elektron naqd pullar SETga o‘rindosh tizimlar bilan yetarlicha yax- shi raqobatga kirisha oladilar.
Elektron biznes va to‘lov tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslash- gan aksariyat kompaniyalar qiyin ahvolda qoldilar: Stavkani nimaga qo‘yish kerak, SET tizimidagi to‘lovlargami yoki naqd pul bilan amalga oshiriladigan to‘lovlargami? Agar yaqin o‘tmishda ikkinchi variantga to‘liq ishongan bo‘lsalar, hozirda bunday ishonch deyarli yo‘q. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, konservativ kredit kartochkalarini baribir elektron naqd pullar siqib chiqaradi.
To‘lov tizimlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari
To‘lov tizimi - bu to‘lov vositasi sifatida (standartda ko‘rsatilgan bank plastik kartalari yoki elektron naqd pullar) pulni saqlovchilardan (disklar, smart-kartalar) foydalanishni ta’minlovchi zaruriy dasturiy vositalar yi- g‘indisidir. To‘lov tizimlari elektron biznes tizimi infrastrukturasining asosiy elementlaridan biridir. Elektron biznes tizimida savdoni takomillashti- rishni amalda qo‘llash ancha ishonchli, istiqbolli va iqtisodiy samarador to‘lov tizimlarini qo‘llash zaruriyati bilan juda ahamiyatlidir.
Har qanday to‘lov tizimi optimalligining asosiy mezonlari quyida- gilar hisoblanadi:
Transaksiyani amalga oshirish bahosi.
Tizim qatnashchilarining javobgarlik (majburiyatlari) darajasi (masshtabi).
Xavfsizlik darajasi (ishonchlilik, tizimga kirishga qarshi tura olish, maxfiylik).
Salohiyatli mijozlarni jalb qilish darajasi.
Interfeysning qulayligi.
Hozirga qadar yuzdan ortiq to‘lov tizimlari ishlab chiqilgan. Ularning soni doim ortib boradi. Bu tizimlarga aniq tahliliy baho berishning
imkoni yo‘q. Shuning uchun ham, keyingi misollarda hozirda amalda keng qo‘llaniladigan to‘lov tizimlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan zamonaviy Internet to‘lov tizimlari- ning texnologiyalari turlichadir. Ular orasida to‘lov tizimlarining ikkita asosiy tasnifiy guruhi eng katta qiziqish uyg‘otmoqda. Birinchi guruh raqamli pullardan foydalanishga asoslangan bo‘lsa, ikkinchisida to‘lov- lar kredit kartalar orqali amalga oshiriladi. To‘lov tizimlarining birinchi guruhi tipik vakillariga PayCash va WebMoneyni kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga esa, ASSIST (ASSIST), Russian Shopping Club, CyberPlat (Kiberplat), Instant, InterRussia, ElIT lar misol bo‘la oladi. Ular bir-bi- ridan foydalanishning qulayligi, ruxsatsiz kirishdan himoyalangani, shu bilan birga, narxi bilan farq qiladi. To‘lovlar tizimi 4.1. jadvalda kelti- rilgan elektron pullar juda katta amaliy qiziqish uyg‘otmoqda.
4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |