Elektron to‘lov tizimlar nomi
|
Tizim shakli
|
Multivalu-
taliligi
|
Transaksiya
qiymati
|
Raqamli pullarni qo‘llashga asoslangan to‘lov tizimlari
|
PayCash http:// www. paycash.ru/
|
Debetli (to‘lov o‘z schyotidan «to‘lov ki- tobchasi»ga oldindan o‘tkazilgan raqamli naqdiga amalga oshi- riladi)
|
Oldindan ishtirok etadi
|
Aniq realizatsiya- ga bog‘liq. Ko- missiya istalgan bosqichda olinishi mumkin
|
WebMoney http: //www.webmoney.uz/
|
WebMoney Exchange - «raqamli naqd pullar»ga o‘xshash hi- sob-kitob tizimi; ti- zimda ishlash uchun te- kin bo‘lgan WM Keeper dasturini o‘rnatish talab etiladi.
|
Dollar
Yevro
So‘m
Rubl
Grivnilar
ishtirok etadi
|
Naqdsiz bu valuta- larga to‘lov sum- masini 0,8%i miq- dorida, bunda minimal komissiya $ 30, maksimali $ 200 ni tashkil etadi.
|
Kartochkaning har xil turlarini qo‘llanilishiga asoslangan to‘lov tizimlari
|
ASSIST(ASSIST) http://www. assist.ru/
|
VISA, Euro/Master Card, JCB kredit plas- tik kartochkalari bo‘- yicha to‘lovlar
|
Ishtirok etadi
|
Sotib oluvchi uchun tekin. Magazinga xarid hajmidan (35%) kelishilgan foiz
|
Russia Shopping Club
http://www.russianshop
ping.
com/
|
To‘lov vositasi bo‘lib plastik kartochka (VI- SA,Master Card, Am Ex, Discover, Euro Card), biznes yoki shaxsiy chek hisob-
|
Kartochka/
chekdagi mab-
lag‘larni
(bank-emitent
tomonidan)
dollarga
|
Sotib oluvchi uchun tekin. Magazin uchun - savdo haj- miga ko‘ra maxsus kelishilgan foizni to‘laydi
|
|
lanadi. Pul o‘tkazmasi sotib olish vaqtida hamda debet rejimida bo‘lishi mumkin.
|
almashtirish mumkin bo‘l- gan holatda boshidan ishtirok etadi
|
|
CyberPlat http:// www. cyberplat.ru/ (litsenzi- rovana FAPSI)
|
Debetli (to‘lov sonli chek bilan amalga oshiriladi)
|
Bugungi kun- da faqat rubl- da xizmat ko‘r- satiladi
|
Sotuvchi transak- siya summasidan 4% to‘laydi
|
Instant http:// www. el- bim.ru:8080/
|
Debetli (bank mijoz- lariga Internet orqali onlayn rejimida o‘za- ro hisob-kitoblarni amalga oshirishga im- kon beradi)
|
|
|
InterRussia
http://www.InterRussia
.com
|
Kredit kartochkalari bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish
|
Turli valutalar ishlatilishi mumkin, lekin hisob-kitob fa- qat dollarda amalga oshiriladi
|
Foydalanuvchi uchun tekin. So- tuvchi shartnomani rasmiylashtirishi va $150 miqdorida ba- dal to‘lashi kerak
|
Unda bu elektron to‘lov tizimlarining solishtirma bahosi berilgan.
Elektron to‘lov tizimlariga tahliliy baho
Amalda ko‘proq qo‘llanadigan Rossiyaning elektron to‘lov tizimlariga qisqacha ta’rif beramiz.
PayCash to‘lov tizimi
PayCash (pey kesh) Bu Internet tarmog‘idagi raqamli naqd pul to‘lovlari tizimidir. (Tom Studio web-agentligi mahsuloti). [Bu “Tavri- cheskiy” banki va “Alkorxolding” kompaniyalar guruhi tomonidan ish- lab chiqilgan qo‘shma loyihadir] PayCash tizimi debet toifasiga kiradi, to‘lov oldindan mijoz hisob raqamidan “to‘lov daftarchasi”ga o‘tkazil- gan holda raqamli naqd pulda amalga oshiriladi (tashuvchi - ShK (shax- siy kompyuter)). Ko‘rib chiqilayotgan to‘lov tizimi tarmoqda 1997-yil dekabr oyining boshida paydo bo‘lib, 1998-yilning yanvar oyida omma- viy e’lon qilingan. PayCash tizimi Internet tarmog‘i doirasida keng miq- yosdagi to‘lovlarni tez va samarali amalga oshiruvchi vosita sifatida o‘ylab chiqilgan. Bu kredit kartochkalarini qo‘llab-quvvatlovchi tizim yoki bank-mijoz tizimi emas, balki aynan Internet tarmog‘idagi raqamli naqd pul to‘lovlari tizimidir.
PayCash tizimida ishtirokchilar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun oldindan “hamyon” deb shartli nomlanuvchi maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish majburiyatini oladilar. Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy kompyuterda o‘rnatilgan “hamyon” alohida noyob (xos) parametr - “hamyon” yordamida jo‘natiluvchi hamma elektron hujjatlar uchun elektron raqamli imzo uchun kalit yaratib beradi. Kalit faqat “hamyon” bilan bog‘liq va u hosil qilingan kompyuter bilan umuman bog‘liqligi yo‘q. “Hamyon” egasi hech qanday cheklovlarsiz uni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga erkin o‘tkazishi, uydan, ishxona yoki mehmonda bo‘lganida ham to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Elektron magazin egalari PayCash tizimi yordamida Internet orqali to‘lovlarni qabul qilishlari va rasmiylashtirishlari mumkin.
Hozirgi kunda elektron pullar PayCashning boshqa ishtirokchilari yordamida to‘lovlarni samarali o‘tkazishga sharoit yaratib beruvchi tayyor dasturiy ta’minotni o‘zida to‘la aks ettiradi.
PayCash to‘lov tizimining ishtirokchilari banklar ham, mijozlar ham bo‘lishi mumkin. PayCash bir-biri bilan umuman bog‘lanmagan o‘z mahalliy tizimini tashkil qila oluvchi bir qancha banklar borligini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, PayCash hech qanday cheklovlarsiz, bank tizimida qo‘llaniladigan, (elektron ko‘rinishda chiqarilgan pul majburiyat- lari) elektron pulning bir ko‘rinishi foydalanadigan global to‘lov tizimini tashkil qilishga imkon yaratadi.
Foydalanuvchilar jismoniy va yuridik shaxslar, shu bilan birga, (elektron magazinlar, kazino) kompyuter dasturlari bo‘lishi mumkin. Bank uchun har qanday foydalanuvchi bir xil huquqqa ega. Xususan, to‘lovlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lish uchun foydalanuvchi maxsus “elektron magazin” nomini olishi talab etilmaydi. Foydalanuvchi o‘zining Pay Cash tizimi doirasida o‘tkaziluvchi barcha operatsiyalarini “Hamyon” yordamida amalga oshiradi. Tizimning boshqa ishtirokchilari bilan foydalanuvchi vint tarmog‘ida xabar almashinuv jarayoni yordamida birga- likda harakat qiladi (“hamyon” yordamida tayyorlangan va jo‘natilgan).
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, PayCash tizimida foydalanuvchi, oddiy qog‘oz pullari singari yo‘qotib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan, elektron ko‘rinishda chiqarilgan (elektron pullar), taqdim etuvchi uchun bank majburiyatlariga o‘z buyrug‘ini oladi. Masalan, kompyuter nosoz- likka uchrasa yoki o‘g‘irlab ketilsa, o‘z kompyuteriga o‘tkazgan, lekin xarajat qilishga ulgurmagan mijoz hamma pulini yo‘qotadi. Shu tarzda PayCash tizimi oddiygina mijoz-bank tizimi emas, balki nomi ko‘rsatil- magan elektron pullar tizimidir. Bu yana shu bilan o‘z isbotini topadiki,
unda bank mijozga o‘z kompyuteriga o‘tkazishga ulgurgan elektron pullarni o‘z xohishiga ko‘ra ishlatilishiga qarshi turishi va tizimdagi barcha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Agar mijozga o‘z pullarini PayCash tizimidan tashqariga olib chiqish talab etilsa, u mablag‘ning ma’lum qismi yoki hammasini o‘z hisob raqamidan oddiy bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq beradi. Masalan, naqd pulsiz bank o‘tkazmasi yordamida oddiy maga- zinda to‘lovni amalga oshirish yoki ularni naqd pulda olish. PayCashda, Internet tarmog‘idagi naqd pul to‘lov tizimilari kabi, to‘lov tizimi ishti- rokchilari o‘rtasida to‘lov vositasi sifatida bank tomonidan chiqarilgan elektron pul majburiyatlaridan foydalaniladi. PayCash to‘lov tizimining ishlash sxemasi quyidagicha ko‘rinishga ega. Bo‘lajak mijoz “hamyon” yordamida bankda hisob raqam ochadi (hisob raqam Internet tarmog‘ida shaxsiy kompyuter yordamida ochiladi). Keyin u tanish usullar orqali shu hisob raqamga pulni o‘tkazadi (masalan, bank kassasiga naqd pul topshirish, bank yoki pochta o‘tkazmalari, kredit kartalar yordamida). Shundan keyin u rasmiy mijozga aylanadi. PayCash tizimi doirasida hisob-kitob qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun, mijoz o‘z kompyu- terida “hamyon” yordamida bir yoki bir necha to‘lov daftarchalari hosil qiladi. Undan keyin esa, yana “hamyon” yordamida bankdagi hisob raqamidan bir to‘lov daftarchasiga, ya’ni o‘z kompyuteriga ma’lum miq- dorda pul o‘tkazadi. Bunda bank qaysi to‘lov daftarchasiga pul o‘tkazil- ganini aniqlay olmaydi. U (ya’ni bank) to‘lov daftarchalarining aniq kimga tegishli ekanini ham bilmaydi. Shundan keyin mijoz o‘z daftar- chasidagi pul mablag‘laridan Internetda anonim tarzda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Har bir to‘lov bank tomonidan alohida avtorizatsiya qilinadi.
PayCash to‘lov tizimini umumiylashtiruvchi tavsifi 4.2-jadvalda keltirilgan.
4.2-jadval.
PayCash tizimining asosiy parametrlari
Do'stlaringiz bilan baham: |