Hisob raqamidan ko‘chirma
Xaridor o‘z hisob raqamidagi mablag‘lar haqidagi ko‘chirmani o‘ziga tegishli bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan so‘rovnoma orqali oladi. Bank Xaridorning kodi va elektron-raqam imzosini (ERI) tekshiradi. Tekshiruvning ijobiy natijalari olingan holda Bank Xaridorga ERI yordamida imzolangan va kriptografik tarzda o‘zgartirilgan tekstni o‘z ichiga olgan so‘rovnomani yo‘llaydi. Xaridor, xabarni olgach, Bank imzosi va va ko‘chirmaning aksincha o‘zgartirilganligini tekshiradi. Xaridor ko‘chirmani o‘z kompyuterining hotirasida saqlab qoladi.
Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi haqidagi so‘rovnoma
Xaridor CyberPlat tizimidagi o‘z kodini ko‘rsatgan holda mazkur Magazinda amalga oshirilgan to‘lovlari haqida ma’lumotlarni rasmiy ravishda so‘rab oladi va olingan kod asosida Magazin mazkur Xaridor to‘lovlari haqida axborotni taqdim etadi.
CyberPlat tizimining bank plastik kartochkalari egalariga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi. Plastik kartochka egasini ro‘yxatga olish.
1. VISA, Eurocard, Mastercard, Diners Clud, JSB (bundan buyon – Xaridor) bank plastik kartochkalari egalari CyberPlat to‘lov tizimida ro‘yxatga olinadi.
2. Ro‘yxatga olinish vaqtida Xaridor quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi: o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar (ismi-sharifi, otasining ismi, elektron pochta manzili, pochta manzili, telefon), o‘z kartochkasining parametrlarini (kartochqaning qaysi to‘lov tizimga tegishliligi, kartochqaning raqami, uning amal qilish muddati, kartochka egasining kartochkada ko‘rsatilgan transkriptsiyadagi ismi-sharifi). Kartochkadagi ma’lumotlar himoyalangan tarzda Xaridorni ro‘yxatga olish uchun faqatgina Bankka beriladi, ushbu ma’lumotlar Magazinga Xaridor bilan operatsiyalarni amalga oshirishda taqdim etilmaydi.
Onlayn shaklidagi xarid va to‘lovni o‘tkazish.
Magazinlarda tovarni xarid qilish CyberPlat tizimi texnologiyasi asosida amalga oshiriladi.
1. Xaridor Internet orqali Magazinga tegishli bo‘lgan web-serverga ulanib, tovar savatini shakllantirib, Magazinga jami qilingan harajatlar miqdori haqida so‘rovnoma yuboradi.
2. Ushbu so‘rovnomaga asosan Magazin Xaridorga tovar nomi va xizmat haqi, magazin kodi, amalga oshirilgan operatsiyaning vaqti va kuni ko‘rsatilgan ERI usuli yordamida imzolangan hisobvarag‘ini taqdim etadi. Fuqaroviy-huquqiy nuqtai nazardan ushbu hisobvaraq shartnomani tuzish borasidagi taklif deb hisoblanadi.
3. Xaridor unga taqdim etilgan mazkur hisob varaqni ERI usulida imzolab, uni Magazinga qaytirb yuboradi, ya’ni aktseptni bajaradi. Shartnoma Xaridor unga taqdim etilgan hisobvaraqni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kirgan bo‘lib hisoblanadi. Tizimda Xaridor tomonidan imzolangan hisobvaraq chek bo‘lib hisoblanadi.
4. Magazin va Xaridor tomonidan ERI usulida imzolangan chek Magazin tomonidan avtorizatsiya uchun Bankka yo‘llanadi.
5. Bank imzolangan chekni ko‘zdan kechiradi, ya’ni: tizimda Magazin va Xaridorning ro‘yxatdan o‘tganligi, Magazin va Xaridorning ERI tekshiriladi, operatsiyaning belgilangan tizim limitlarga muvofiqligi nazorat qilinadi va chekning nusxasi Bankning ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Tekshiruv natijasida kartochka to‘lov tizimida tranzaktsiyalarni avtorizatsiyalashga ruxsat berish yoki taqiqlash borasida qaror shakllanadi.
6. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkazmasligi to‘g‘risida qarorini yo‘llaydi, Xaridorga esa to‘lov amalga oshirilmaganligi asoslanadi.
7. Avtorizatsiyaga ruxsat berilgan taqdirda Bank va Xaridor o‘rtasidagi shartnomaga asosan Bank komissiya miqdoriga muvofiq tarzda to‘lov summasi hajmini oshiradi. Komissiyalarning shakli va hajmi Bankning amaldagi tariflari bilan belgilanadi, avtorizatsiyaga ruxsat olish so‘rovnomasi yopiq turdagi bank tarmoqlari orqali Xaridorning kartochkasi emitenti bo‘lmish bank yoki bank-emitent tomonidan vakolatlangan kartochka to‘lov tizimining protsessing markaziga yo‘llanadi.
8. Ijobiy holda Magazin xizmat ko‘rsatadi (ya’ni, tovarni sotadi). Bank Magazin bilan tuzilgan shartnomaga asosan mablag‘larni Magazin hisob raqamiga o‘tkazadi.
9. Avtorizatsiya taqiqlangan holda Bank Magazinga to‘lovni o‘tkazmaslik haqida habar beradi. Xaridor xarid qilish jarayonini to‘la-to‘kis nazorat qiladi. Amalga oshirilgan kelishuvni tasdiqlovchi hujjat sifatida har bir tomonda yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron-raqam usulida imzolangan cheklar qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |