3.1-rasm. Klassik moliyaviy lizing operatsiyalarining o‗tkazish sxemasi
Qaytariladigan lizing (sale and Leaseback) ikki tomonlama lizing kelishuvining bir
turidir. Uning mohiyati quyidagidan iborat: uskunaga ega bo‗lgan korxona ishlab chiqarishni
yo‗lga qo‗yish uchun mablag‗ yetishmovchiligi sababli, uskunalarini lizing kompaniyasiga
sotadi va yana o‗zi ushbu uskunalarni lizing shartnomasi asosida olib, ishlab chiqarishni yo‗lga
qo‗yadi. Shunday qilib, korxona aylanma mablag‗larini to‗ldirishga yo‗naltirishi mumkin
bo‗lgan pul mablag‗lariga ega bo‗ladi. Shartnoma shunday tuziladiki, unga ko‗ra korxona
shartnoma tugashi bilan uskunalarni qayta sotib olish huquqiga ega bo‗ladi.
2,3
7
6
Do'stlaringiz bilan baham: |