MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
Hindistonda 1918-1922 yillarda milliy ozodlik harakatlarining avj olishi sabablari nimalardan iborat edi?
Moxandas Karamchand Gandining “Satiyaraxa” g‘oyasi hind xalqi ozodlik kurashida qanday rol o‘ynagani haqida chuqurroq o‘ylab ko‘ring.
Ikkinchi jahon urushi Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoliga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
3-mavzu: 1918-1939 yillarda Yaponiya.
REJA :
Birinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
Yaponiya jahon iqtisodiy inqirozi (1929-1933) yillarida.
Fashistik tendensiyalarni o‘sishi. Yaponiyaning 30-yillar ikkinchi yarmidagi ichki va tashqi siyosati.
Yaponiya ikkinchi jahon urushi yillarida.
Birinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda
Yaponiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
Birinchi jahon urushi yapon iqtisodiyotini rivojlanishiga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Yaponiya hukmron doiralari uchun esa azaliy bosqinchilik rejalarini amalga oshirish davri bo‘ldi.
Urush yillari yapon yirik sanoatchilari va moliya magnatlari uchun “Oltin davr” bo‘lib, Yaponiya amalda deyarli harbiy harakatlar olib bormay, urush munosabati bilan chekinishga majbur bo‘lgan Yevropa imperiya davlatlarini siqib chiqarib, Uzoq Sharq bozorlarini qo‘lga kiritib oldi. Bu esa sanoatni o‘siga olib keldi va yapon kompaniyalariga, ayniqsa Mitsui, Mitsubisi, Sumitomo, Yasuda konsernlariga ulkan foyda keltirdi.
Biroq Yaponiyaning feodal sarqitlari bilan qiynalgan qishloq xo‘jaligi chuqur inqirozni boshdan kechirmoqda edi. Ishchi va dehqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi, ommaning qashshoqlanishini o‘sib borishi Yaponiyada umumdemokratik harakatni avj olishiga olib keldi.
Sholi narxlarini oshirilishi va Toyama prefekturasida guruch sotuvini qisqartirilishi “sholi isyonlari”ni ko‘tarilishiga turtki bo‘ldi. 12 avgustda Kobe va Nagoyada chiqishlar boshlanib, ular Tokio va butun Yaponiyaga tarqala boshladi. G‘alayonlar qatnashchilari guruch omborlariga, hukumat muasasalariga hujum uyushtiradilar. Hamma joylardagi hukumat qo‘shinlari bilan qonli to‘qnashuvlar natijasida ko‘plab kishilar o‘ldirildi va yarador qilindi, minglab kishilar qamoqqa olindi. Butun Yaponiya bo‘yicha xalq chiqishlarini bostirish uchun qo‘shinlar, politsiya, jandarmeriya qismlari tashlanadi. Xalq harakati Kyusyu orolidagi barcha shaxta va konlarga tarqaladi. Konchilar qo‘shinlarga qarshi himoya vositasi sifatida dinamitlardan foydalandilar. Fabrika va zavod ishchilari ham harakatga keldi, ish tashlashlar soni tez o‘sa bordi.
“Sholi isyonlari” qatnashchilarining umumiy soni 10 mln.dan oshdi. Faqat sudga berilganlarning soni 8 ming kishini tashkil etdi. Ko‘plab o‘lim jazosiga va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindilar. “Sholi isyonlari” haqida har qanday nashrlar ta’qiqlandi.
Ommaviy chiqishlar, namoyishlar va qurolli to‘qnashuvlar ikki oydan oshiq davom etdi. Ularni asosiy harakatga keltiruvchi kuchi ishchilar, dehqonlar va shahar kambag‘allari bo‘ldi. 1918 yilgi “Sholi isyonlari” yapon imperiya kuchlariga zarba berib, 1919 yilda Koreyada yapon hukmron doiralarini mustamlakachilik zulmiga qarshi ommaviy xalq qo‘zg‘olonlari boshlanishini jadallashtirdi.
Urushdan keyingi 1920-1921 yillardagi iqtisodiy inqiroz ayniqsa Yaponiyaga og‘ir ta’sir ko‘rsatdi. Inqiroz yillarida ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashdi, sotsialistik va umumdemokratik harakatni sezilarli o‘sishi kuzatildi.
Ish tashlashlarga qarshi qatag‘onlar ishchilarni kasaba uyushmalariga birlashishga undadi. YAgona kasaba uyushmalari markazini tuzish uchun harakat 1920 yil boshida “Rodo kumiay domeykay” – “Birlashgan kasaba uyushmalari ligasini” tuzish bilan yakunlandi. Unga “Yuaykay”, “Sinyukay”, “Rodo domeykay” kabi yirik tashkilotlar va qator mustaqil uyushmalar kirdilar.
1921 yil noyabr - 1922 yil fyevralda Vashingtonda dengiz qurol-yarog‘larini cheklash va Tinch okeani, Uzoq sharq masalalari bo‘yicha konferensiya bo‘ldi. Konferensiya qabul qilgan to‘qqizta yirik davlatning Xitoy haqidagi shartnomasi va boshqa hujjatlar birinchi jahon urushidan keyin Amerika imperiya kuchlarini kuchayganligini aks ettirdi. AQSH 1902 yilda tuzilgan Angliya-Yaponiya ittifoqi shartnomasini bekor qilinishiga erishdi. Uning o‘rniga AQSH, Angliya, Yaponiya, Fransiya davlatlarining Tinch okeanidagi orol mulklarining daxlsizligini o‘zaro kafolatlari haqida bitim tuzildi. Bu bitim Yapon-Amerika to‘qnashuvini ortga surdi.
Konferensiyada harbiy dengiz flotini tonnajini cheklash haqida beshta davlat o‘rtasida shartnoma tuzildi, bunga ko‘ra yirik harbiy kemalar qurilishi 10 yil davomida to‘xtatilishi kerak edi.
Beshta davlat shartnomasi Yaponiyaning harbiy dengiz qudratiga jiddiy zarar yetkaza olmadi. Konferensiya Shandun provinsiyasidagi ijaraga olingan hududni Xitoyga qaytarib berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Lekin Shandun provinsiyasiga nisbatan siyosiy ta’sir va iqtisodiy imtiyozlarni saqlab qolinishi Xitoyning bu rayonida Yaponiyaning ancha mustahkam mavqeyini ta’minladi. Imperiya davlatlar konferensiyaga sobiq RSFSR va Uzoq Sharq respublikasi hukumatini taklif qilishdan bosh tortdilar. Vashington konferensiyasining qarorlari Uzoq Sharq va Tinch okeani hududida urushdan keyingi mustahkam tinchlik rejimini yarata olmadi.
1923 yil 1 sentabrda Yaponiyada juda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Zilziladan eng ko‘p Tokio-Yokogama rayoni zarar ko‘rdi. Yer qimirlashi o‘ng minglab kishilar hayotiga zomin bo‘ldi va ulkan – 5,5 mlrd. iyen miqdorida moddiy talofat yetkazdi. Yer qimirlashi munosabati bilan yuzaga kelgan umumiy sarosimalik vaziyatidan foydalanib, hukumat kommunistlarga nisbatan bo‘lmag‘ur aybnomani, go‘yo yer qimirlashidan keyin vujudga kelgan yong‘inlar va tartibsizliklarda ular aybdor degan tuturiqsiz fikrni ilgari surdi. Kommunistlar, sotsialistlar, demokratik kayfiyatdagi ishchilarni ommaviy qamoqqa olishlar boshlandi, koreyslarni ig‘vo bilan qirg‘inlar qilindi.
Zilziladan keyin dastlabki kunlarda Yamomoto hukumati yirik sarmoyadorlarga yordam ko‘rsatdi, ko‘rilgan zarar uchun kompensatsiya to‘ladi. Qurilish, metallurgiya, kemasozlik va sanoat, savdoni boshqa sohalari uchun bu yordam tiklanish va bundan keyingi rivojlanish uchun poydevor bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |