1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Ikkinchi jahon urushi yillarida Hindiston



Download 152,09 Kb.
bet9/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Ikkinchi jahon urushi yillarida Hindiston.

1939 yil sentabrda Hindiston Angliya vitse-qiroli tomonidan urush olib borayotgan tomon deb uning roziligisiz e’lon qilindi.Ikkinchi jahon urushi Hindistonning millionlab oddiy kishilariga ulkan, mislsiz mashaqqatlar keltirdi va mustamlakachilarga nisbatan xalqning nafratini kuchaytirdi. Ayni vaqtda u milliy kapitalizm rivojini jadallashtirdi va milliy burjuaziya bilan mustamlakachilar hukmronligi o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirdi. Urushga qadar Hindistonga chetdan oziq-ovqat, xususan guruch keltirilar edi. Urush yillari Hindixitoy, Birma, Tailandda yaponlar hukmronligi munosabati bilan Hindistonga bu mamlakatlardan guruch keltirish to‘xtab qoldi. Ayni vaqtda Janubi-Sharqiy Osiyodan guruch yetkazib berishni qisqarishi bilan tashqi bozorda hind guruchiga talab oshib ketdi. Urushning dastlabki yillari guruch hosili yaxshi bo‘lmadi. Bundan tashqari Hindiston Shimoliy Afrikada urush harakatlari olib borayotgan Angliya va hind qo‘shinlarini oziq-ovqat bilan ta’minlashga majbur edi. Natijada mamlakat ichki bozorida oziq-ovqatni keskin etishmovchiligi sezildi. Guruch va bug‘doyning bahosi 3-5 marta oshib ketdi. Hindistonda Madoras, Bengal, Bixar, Orissu, Assam, Bombey viloyatlarini qamrab olgan ocharchilik boshlandi. Ayniqsa 1943 yil Bengalda qattiq ocharchilik va epidemiyadan bir necha million kishi nobud bo‘ladi. Yirik zamindorlar, chayqovchilar, ingliz ma’murlari don bilan chayqovchilik qilishdan katta foyda ko‘rdilar. Ocharchilik va kasalliklarga qarshi kurashda mustamlakachilar hech qanday samarali choralarni ko‘rmadilar.
Jahon xo‘jalik aloqalarini buzilishi hind dehqonlarini ahvoliga og‘ir ta’sir qildi. Paxta eksporti kamayib, uning narhi tushib ketdi. Ko‘plab dehqon xo‘jaliklari xonavayron bo‘ldi.
Ko‘p rayonlarda ijara haqi oshdi. Mamlakatda har xil harbiy soliqlar ko‘payib bordi. Natijada sudxo‘rlik zulmi kuchayib, deyarli 70 foiz dehqonlar qarzdor bo‘lib qoldi. Bu esa dehqonlarni qashshoqlashtirib, yersizlanishiga, ikkinchi tomondan erni zamindorlar va sudxo‘rlar qo‘lida to‘planishiga olib keldi. Bularning bari ikkinchi jahon urushi davrida dehqonlarning feodal tartiblar va mustamlakachilikka qarshi kurashini kuchaytirdi. Sanoat mahsulotlariga talabni oshishiga qaramay, ingliz imperiya kuchlari Hindiston milliy sanoatini rivojlanishiga to‘sqinlik qilishdek eski siyosatini davom ettirdi, uning mustaqil rivojlanishi uchun baza bo‘ladigan sohalarni (birinchi navbatda mashinasozlikni) paydo bo‘lishi va kengayib borishiga yo‘l qo‘ymaslikka intildi.
Yirik hind burjuaziyasi urush davrida o‘z sarmoyasini birmuncha ko‘paytirdi. Hind sarmoyadorlari ba’zi ingliz korxonalarini aksiyalarini sotib olishga erishdilar. Urush yillarida hind sarmoyasini markazlashuvi sezilarli darajada o‘sdi. Eng yirik hind monopoliyalari o‘z banklarini yarata bordilar. O‘z navbatida ilgari savdo, sudxo‘rlik operatsiyalari bilan shug‘ullangan yirik hind banklari hind sanoat korxonalari aksiyalariga ega bo‘la bordilar.
Bu davrda ingliz-hind aralash kompaniyalari birmuncha ko‘paydi. Bu kompaniyalar ingliz kapitalini hind sarmoyasi ustidan nazorat qilishining niqoblangan shakli edi. Ayni vaqtda bunday kompaniyalarning tuzilishi ingliz monopoliyalarining tanho hukmronlik davri o‘tib borayotganidan darak berardi. Aralash kompaniyalar hind va ingliz sarmoyasi o‘rtasidagi raqobat kurashi maydoniga aylandi. Chet el imperiya kuchlari hukmronligi sharoitida hind sarmoyasi mavqeyini kuchayishi milliy burjuaziya va ingliz mustamlakachiligi o‘rtasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashishiga olib keldi.
Ikkinchi jahon urushining borishida ingliz mustamlakachilari Hindistonning odam va moddiy resurslardan keng foydalandilar. Armiya va flotda xizmat qilgan hindlar soni 2 mln. kishidan oshdi. Umumiy soni 500 ming kishilik ingliz va amerika qo‘shinlarini mamlakatda saqlab turish Hindistonga yuklandi.
Urush davrida sanoatni birmuncha o‘sishi ishchilar sonini 6 mln. kishigacha ko‘payishiga olib keldi. Tadbirkorlar o‘z foydalarini ko‘paytirishga intilib, ish soatini 12 soatgacha uzaytirdilar. Maxsus qonun bilan namoyishlar ta’qiqlandi. Sanoatda bolalar va ayollar mehnatidan foydalanish kengaydi. Sanoatning ayrim sohalarida ishlab chiqarishning qisqarishi ishsizlarni ko‘payishiga olib keldi. Hind ishchilarining ahvoli urush davrida ish haqini ozgina oshishidan turmush qiymatining ancha oshib ketishi bilan ham yomonlashdi. Bularning barchasi hind ishchilarini o‘z iqtisodiy kurashlarini kuchaytirishga va mustamlakachilikka qarshi harakatda faol ishtirok etishga majbur qildi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish