1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Ikkinchi jahon urushi arafasida Hindiston



Download 152,09 Kb.
bet8/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Ikkinchi jahon urushi arafasida Hindiston.

Umumiy sanoat qoloqligiga qaramay, Hindiston mustamlakalar ichida birmuncha rivojlangan mustamlaka edi. Urush arafasi yillarida to‘qimachilik fabrikalari soni ko‘paydi, metallurgiya, metalga ishlov berish zavodlarining mahsulotlari ko‘paydi. Hindistonda yirik korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham katta o‘rin tutardiki, ularda pul-mahsulot munosabatlarining rivojlanishi hunarmandlarni ommaviy xonavayron bo‘lishiga olib kelardi.
Mustamlaka hokimiyatining to‘sqinlik tadbirlariga qaramay, hind burjuaziyasi chet el sarmoyasi mavqeyini birmuncha bo‘shashtirishga erishdi. Ikkinchi jahon urushi arafasida ip gazlama sanoatida hind ip gazlama sanoati mahsulotlari mamlakat bozorining 65 foizini egalladi. Hind sarmoyasi sanoatning boshqa sohalariga ham kirib bordi. Lekin ingliz kompaniyalari hind iqtisodiyotida ustunlik mavqelarini saqlab qoldilar.
Milliy kapitalizmni rivojlanishi bilan bar qatorda hind ishchilarining
qashshoqlashuvi kuchayib bordi, xususan 1933-1939 yillarda ularning ish haqlari 20-30 foizga kamaydi. Ayni vaqtda yirik shaharlarda yashash qiymati o‘sib bordi.
1935 yili ingliz mustamlakachilari Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qonun chiqardilar. Bu qonun hind xalqi tomonidan “qullik konstitutsiyasi” deb ataldi, u quyidagi maqsadlarni: hind mulkdorlariga yon berish bilan ingliz mustamlakachilarining ijtimoiy tayanchini kengaytirish, eski tayanchlar – yirik zamindorlar va knyazlarning mavqeyini mustahkamlash, musulmonlar bilan induslar orasidagi ajralishni chuqurlashtirish, mustamlakachilik tartiblari asoslarini mustahkamlash.
“Qullik konstitutsiyasi”ga qarshi ishchilar, dehqonlar, mayda burjua tashkilotlari qat’iy qarshilik ko‘rsatdilar. Milliy kongress ham unga qarshi ekanligini bildirdi. Yirik zamindorlar va knyazlar bilan bog‘langan partiyalar “qullik konstitutsiyasi”ni qo‘llab-quvvatladilar. Milliy Kongress boshchilik qilgan “qullik konstitutsiyasi”ga qarshi kurash, fuqarolik huquqlarini himoya qilish harakati milliy ozodlik lagerining asosiy kuchlarini birlashtirdi. Hindistonda sharoit vujudga keldi.
Bu vaqtda Milliy Kongressda anchagina kuchli so‘l qanot shakllandi, uning faoliyatida J. Neru katta rol o‘ynardi. So‘llar Milliy Kongressning ommaviy tarkibini kengaytirishga, uni yagona frontning tayanchiga aylantirishga intildilar.
1938 yili Hindistonda ingliz-hind hukmatining harbiy tayyorgarligiga qarshi norozilik kompaniyasi o‘tdi. Yangi iqtisodiy inqiroz ta’sirida ish tashlash harakatlari o‘sib bordi. 1937-1938 yillarda Bengaliya va Bombeyda yirik ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi. Stachka kurashining avj olishi kasaba uyushmalarini sezilarli darajada ko‘payishiga olib keldi.
Ikkinchi jahon urushi arafasida dehqonlar harakati kuchayib ketdi. Dehqonlar yurishlari qatnashchilari provinsiya ma’murlari oldiga yirik zamindorlar er egaligini hech qanday to‘lovlarsiz tugatish, soliqlarni kamaytirish, qarzlarni bekor qilish kabi talablarni qo‘ydilar. Bir qadar yirik dehqonlar yurishlari Andxra, Madoras, Qo‘shma provinsiyalarda bo‘lgan edi.
Bengal va boshqa provinsiyalarda soliqlarni to‘lamaslik kompaniyasi bo‘lib o‘tdi. Bir qancha ijarachi dehqonlarning namoyishlari o‘tkazildi. Xususan, 1938 yili Panjobda, 40 ming kishilik ijarachilarning chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Mahalliy va Hindiston kanferensiyalarida iqtisodiy talablar bilan bir qatorda mustamlakachilikka qarshi qaratilgan, Hindistonga mustaqillik berish, qullik konstitutsiyasini bekor qilish, mustamlakachilikka qarshi yagona frontni yaratish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish kabi talablar ilgari surila bordi.
Shunday qilib urush arafasidagi ko‘tarilish mustamlakachilikka qarshi kuchlarni sezilarli darajada jipslashtirdi va Hindistonda milliy ozodlik harakatini bundan keyingi rivojlanishi uchun poydevor yaratdi.


              1. Download 152,09 Kb.

                Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish