4-MAVZU.
YO‘LOVCHILAR TASHISHNI REJALASHTIRISH
REJA
4.1 Temir yo‘l yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi miqdori
4.2 Temir yo‘l yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilar oqimi taqsimoti
4.3 Niderlandiyada yo‘lovchilar tashishni rejalashtirish
Kalit iboralar
Yo‘lovchilar oqimi, yo‘lovchi xarakatlari, liniyalarning texnik jixozlanganligi, yo‘lovchilar oqimining davriy xarakteistikalari.
4.1 TEMIR YO‘L YO‘NALISHLARI BO‘YICHA YO‘LOVCHILAR OQIMI MIQDORI
Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish xarakatini tashkil etish va me’yorlashda quyidagilar ta’minlanmog‘i lozim:
- axolining tashishlarga bo‘lgan talablarini to‘liq va o‘z vaqtida qondirish;
- yo‘lovchilarni yo‘lda bo‘lish vaqtlarini qisqartirish;
- yo‘lovchilarni poezddan poezdga qayta o‘tirishlar sonini minimallashtirish;
- yo‘lovchi poezdlarini oxirgi punktlarga erta tongda va jo‘nash vaqtlarini kechki vaqtlarga mo‘ljallash.;
- temir yo‘l liniyalarining texnik jixozlanganligidan, shu jumladan xarakat tarkibidan samarali foydalanish.
Axolining yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talabini sifatli qondirish maqsadida, tashishlarga bo‘lgan davlat byurtmasida yo‘lovchi aylanmasining rejaviy xajmi belgilangan. U yo‘lovchi oqimlari va bashorat qilinayotgan yo‘lovchilar tashishning umumiy xajmidan kelib chiqib aniqlanadi. Yo‘lovchilar oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishning asosiy manbaasi SO-22 shakldagi “yo‘lovchilar tashish, yo‘lovchi-kilometrlar va ushbu tashishlardan keladigan daromadlar to‘g‘risida” gi statistik xisobot xisoblanadi va u xar oyda ishlab chiqiladi. “Uzoq masofaga jo‘natilgan yo‘lovchilarni belgilangan manzillari bo‘yicha taqsimlash to‘g‘risida” gi , SO-23 shakldagi statistik xisobot esa bir yilda bir marotaba ishlab chiqiladi. “Yo‘lovchilar xarakatining zichligi to‘g‘risida” gi SO-24 shakldagi statistik xisobot ikki yilda bir marotaba toq yillarda ishlab chiqiladi. “Yo‘lovchilarni stansiyalari bo‘yicha jo‘natish to‘g‘risida” gi SO-27m shakldagi statistik xisobot esa xar oyda ishlab chiqiladi.
Yo‘lovchi xo‘jaligi bo‘yicha tarmoq statistik xisobotlari bilan bir qatorda LO-1 shakldagi “Uzoq masofaga qatnovchi yo‘lovchi poezdlarining axoli bilan bandlilik darajasi to‘g‘risida” gi ichki xo‘jalik xisoboti xar dekadada olib boriladi.
U yo‘lovchilar tashishni tezkor rejalashtirish va taqsimlash jarayonida qo‘llaniladi. Xisobotga yo‘lovchilarni stansiyalari bo‘yicha jo‘natish, tarmoqning belgilangan tayanch punktlari orasida taqsimlash, tashishlarning zichligi, bo‘limlar, temir yo‘llar va umumiy tarmoq bo‘yicha tashishlar xajmi kiradi.
Yo‘lovchilar oqimining vaqtinchalik (soatli, sutkali, xaftalik) xarakteristikalari va ularni poezdlar bo‘yicha taqsimoti xisobotda keltirilmaydi. SHu sababli birinchi xisoblar ma’lumotlari (LU-72,73,75 xisob shakllari, tezlik o‘lchash vaqaqlari va boshqalar) bo‘yicha o‘tkaziladigan natur tekshiruvlar yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri natur (tallonli, anketali yoki vizual) kuzatuvlar katta axamiyatga ega.
Yo‘lovchilar oqimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar temir yo‘l liniyalarining tashuvchanlik qobiliyatlarini belgilash va ularning quvvatini oshirish uchun tashishlarni istiqboldagi va besh yillik rejalashtirishda va shu bilan birga yo‘lovchi poezdlarining xarakat grafiklari elementlariga ishlov berishni rejalashtirishda, poezdlar tuzish rejasini xisoblashda, tashish jarayonining ayrim sifat xarakteristikalarini aniqlashtirishda (tranzitlilikni aniqlash, vagonlarning turlari bo‘yicha so‘rovlar, poezdlarning jo‘nashi va etib borishidagi qulayliklar va boshqalar) amalga oshiriladi.
Bundan tashqari yo‘lovchilar oqimining xisobi tashishlarning ijtimoiy elementlarini aniqlashtirish, engilliklarni belgilash va tariflarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun xam amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |