Ma’ruza: Formulalarni minimallashtirish muammosi
Reja:
1. Masalaning qo‘yilishi.
2. Diz’yunktiv normal shaklni soddalashtirish va tupikli DNSh.
3. Minimallashtirish masalasining geometrik tarzda qo‘yilishi.
4. Joiz (ruxsat etilgan) kon’yunksiyalar.
5. Qisqartirilgan diz’yunktiv normal shakl.
1. Masalaning qo‘yilishi
1.1.
Mantiq
algebrasining
funksiyalarini
minimallashtirish
muammosining dolzarbligi.
Xalq xo‘jaligi uchun muhim amaliy ahamiyatga ega
bo‘lgan ko‘pchilik masalalarni hal qilishda mantiq algebrasidan foydalanish
mumkin. Quyida shunday masalalardan biri mantiq algebrasining funksiyalarini
minimallashtirish muammosi sifatida qaralgan.