4.2. TEMIR YO‘L YO‘NALISHLARIDA YO‘LOVCHILAR OQIMINING TAQSIMOTI
Tashishlarni rejalashtirishda yo‘lovchilarni korrespondensiyalash va tashishlar xajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilsa, ularni tartibga solishda esa yo‘lovchilar xarakatining zichliligi va poezdlarning odamlar bilan bandlilik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Yo‘lovchilar oqimi zichliligining axamiyatli xarakteristikasi – ichki strukturaning mustaxkamligi va o‘zgarmasligidir.
Texnik rejalashtirishda yo‘lovchilar oqimini aniqlash usullari SO-23 xisobotidan foydalanishga asoslangan bo‘lib, aloqalar turidan kelib chiqib bir biridan tubdan farq qiladi va xar biri uchun xisoblar olib boriladi. Shunday qilib uzoq masofaga yo‘lovchilar tashish xarakatida yo‘lovchilar korrespondensiyasi bo‘yicha yo‘lovchilar oqimini xisoblashda tarmoq uchastkalari bo‘yicha korrespondensiyalash tayanch jadvalidan (matritsa) olingan yo‘lovchilar oqimini ajratib olish va ularni bir biriga qo‘yish masalasi xal etiladi. Bunda aloxida guruxning aloxida olingan marshruti uchun ichki, olib kirib - olib chiqish, tranzit va keng oqimning marshrutdagi bo‘lim uchastkasi tranziti uchun ishlatiladigan oqim yo‘nalishi olinadi. Oqimlar yo‘nalishi o‘zida bir vaqtning o‘zida jo‘natish(o‘tkazish), etib borish (tushirish) xajmi xarakteristikasini mujassam etganligi bois, bu yo‘lovchilarning marshrutning xar bir uchastkasida (stansiyasida) xarakat zichligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Xarakat miqdori yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilar oqimining quvvati va xarakteridan, yo‘lovchi poezdlarining og‘irlik me’yoridan, ularning turidan, tarkiblarning kompozitsiyasidanva yo‘lovchi vagonlarning sig‘dira olish qobiliyatidan kelib chiqib belgilanadi. Xarakat miqdoriga yana xarakatlanish marshrutida joylashgan stansiyalarning ma’muriy-xo‘jalik xarakteristikasi xam ta’sir ko‘rsatadi. Temir yo‘l liniyalaridagi yo‘lovchi oqimlarining kamayishi yoki ko‘payishi kattaliklavri quvvati yo‘lovchilar oqimi diagrammasi bilan xarakterlanadi. Bu esa o‘z navbatida texnik bazalar mavjud bo‘lganda yo‘lovchi poezdlarining aylanish uchastkalarini belgilab olish imkoniyatini beradi.
Diagrammani qurishdan oldin yo‘lovchilar oqimi xarakatlantiriladigan marshrut tanlab olinadi. Xisoblash uchun xar ikkala yo‘nalish uchun xam eng katta yo‘lovchilar oqimi tanlab olinadi. Yo‘lovchi poezdlar xarakat grafigini tuzish uchun me’yorlarga mos ravishda xarakat miqdori N poezdlar, yo‘lovchi poezdlari tuzish va aylanish stansiyalari orasidagi yo‘lovchilar oqimi maksimal zichligi bo‘yicha aniqlab olinadi:
N=( *j)/(365* ) ,
bunda A_god - yillik yo‘lovchilar oqimi, yo‘lovchi;
j — yo‘lovchilar oqimi xarakatining oylik yoki mavsumiy nomutanosiblik koeffitsienti;
– yo‘lovchi poezdining o‘rtacha sig‘dira olishi, yo‘lovchi.
Yo‘lovchi poezdining o‘rtacha sig‘dira olishi quyidagi ifoda orqali xisoblab topiladi:
= *
bunda — yo‘lovchi vagonining o‘rtacha sig‘dira rolishi, yo‘lovchi;
— bitta poezd tarkibidagi vagonlar soni.
Bitta vagonning o‘rtacha sig‘dira olishi quyidagiga teng
=( * + * +⋯+ * )/( + +⋯+ )
bunda , , …, — xar xil turdagi yo‘lovchi vagonlarning soni;
, , — xar xil turdagi yo‘lovchi vagonlarning sig‘dira
olishi, yo‘lovchi.
Yo‘nalishdagi bitta poezd tarkibidagi vagonlar soni quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi
= /
bunda — yo‘lovchi poezdining og‘irligi,tonna;
— yo‘lovchi vagonining brutto og‘irligi, tonna.
Yo‘lovchi poezdlarining o‘rnatilgan og‘irlik me’yorlari va tarkibdagi vagonlar soni 4.1. jadvalda keltirilgan.
4.1. jadval
Poezd tarkibining og‘irligi, tonna Vagonlar miqdori Poezd tarkibining og‘irligi, tonna Vagonlar miqdori
600 10 1100 19
700 12 1200 20-21
900 15 1300 22-23
1000 17 1400 24
Yo‘lovchi poezdlarining og‘irlik me’yorlari tortuv xisoblarida lokomotivning quvvati va qabul qilib jo‘natish va platformalarning uzunligi bo‘yicha tekshirib ko‘riladi.
Yo‘lovchi vagonining belgilangan tara og‘irligi -52 tonna.
Do'stlaringiz bilan baham: |