8-rasm. 1:100 000 masshtabdagi xarita varaqlarining umumiy ko‘rinish
Mamlakatimizda topografik xarita va planlar tuzish uchun, asosan, quyidagi masshtablar qabul qilingan:
1:1 000 000; 1:500 000; 1:300 000; 1:200 000;
1:100 000; 1:50 000; 1:25 000; 1:10 000;
1:5 000; 1:2 000; 1:1 000; 1:500.
1:100 000 va undan maydaroq masshtabdagi xarita varaqlarining nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi xarita varag‘ining ichida bo‘ladi. 1:50 000 va undan yirikroq masshtabdagi xarita va plan varaqlarining nomenklaturasi esa 1:100 000 masshtabdagi xarita varag‘ining ichida bo‘ladi.
1:1 000 000 xarita varag‘iga 4 ta A, B, V va G harflari bilan belgilanadigan 1:500 000 masshtabdagi xarita varaqlari to‘g‘ri keladi, bu varaqlarning nomenklaturasi 1:1 000 000 varaq nomenklaturasiga ushbu varaq nomeri qo‘shib yoziladi, masalan, K-42-G (5.9-rasm).
1:1 000 000 masshtabdagi xaritaning bir varag‘iga rim raqamlari bilan I dan X gacha belgilanadigan 9 ta 1:300 000 masshtabdagi xarita varaqlari to‘g‘ri keladi, uning bitta varag‘i nomenklaturasi masalan, K-42-XXXVI ko‘rinishida yoziladi.
1:1 000 000 masshtabdagi xarita varag‘iga rim raqamlari bilan I dan XXXVI gacha belgilanadigan 36 ta 1:200 000 masshtabdagi xarita varaqlari to‘g‘ri keladi va bitta varaq nomenklaturasi K-42-XXVI ko‘rinishda yoziladi.
1:1 000 000 masshtabdagi bir varaqqa arab raqamlari bilan 1 dan 144 gacha belgilanadigan 144 ta 1:100 000 masshtabdagi xarita varag‘i to‘g‘ri keladi, ularning nomenklaturasi, masalan 104-varaq uchun K-42-104 ko‘rinishda yoziladi (5.9-rasm).
1:100 000 masshtabli xarita bitta varag‘iga 4 ta 1:50 000 masshtabdagi xarita varag‘i to‘g‘ri keladi, ularning nomenklaturasi, masalan 110-varaq uchun K-42-110 (A, B, V, G) ko‘rinishda yoziladi.
9-rasm. 1:1 000 000 masshtabli xarita bo‘laklarga bo‘linishi
4-MA’RUZA
Mavzu: Сhiziqlarni oriyentirlash
Avtomobil yo‘llarini qidiruvida orientrlash xaqida umumiy ma’lumot.
Chiziqlarni meridianlarga nisbatan orientrlash.
Meridianlar yaqinlashish burchagi.
Direksion burchalar.
Rumb va diresion burchaklar orasidagi munosabat.
Loyhalanayotgan yoki qurilayotgan muxandislik inshootlarini joylanishini qutblarga ko‘ra: shimol, sharq, janub va g‘arb yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatilishi amaliyotga kiritilgan. Bunday belgilashlar inshootni qutb yo‘nalishidagi o‘rnini aniqlashlar orientirlash deb yuritiladi.
Muhandislik geodeziyasida orientirlash geografik, magnit yoki o‘q meridianlariga nisbatan o‘lchanadi. Orientirlash burchaklarini va ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarini aniqlashda magnit og‘ish burchagi va meridianlar yaqinlashish burchaklarining miqdorlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |