1-ma’ruza мavzu: Avtomobil yo‘llarini qidiruvida geodezik tushunchalar



Download 10,63 Mb.
bet5/46
Sana25.06.2022
Hajmi10,63 Mb.
#702040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
MA\'RUZA 2-SEMESTR

Topografik xarita – bu joyning yuqori axamiyatda to‘liq ko‘lsatilgan chizmasi ya’ni xaritasidir. Yuqori axamiyatda deganda joydagi barcha tafsilotlar: avtomobil va temir yo‘llar, daryolar, o‘simlik olami, xayvonot olami, axolini joylashuvi, chegaralar, davlat boshqaruvidagi va boshqa bino inshootlar, joyning relefi va xokozolar ko‘rsatilgan xaritadir.

1-rasm. 1:10000 masshtabli topografik xarita varag‘i

Amaliyotda ba’zi predmetlarni chizmada xaqiqiy kattaligida chizib bo‘lmaydi. Chizma qog‘oziga sig‘dirish maqsadida katta narsalarni kichraytirib, kichik narsalarni esa kattalashtirib chizishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun chizma masshtabidan foydalaniladi. Chizmaning uzunlik (kattalik) o‘lchamlari bilan predmetning mos uzunlik o‘lchamlari orasidagi nisbat chizma masshtabi deb ataladi. Topografik xarita va planlar masshtablari joyidagi chiziq uzunligining gorizontal proeksiyasini xarita va planlarda qisqartirib tasvirlash darajasini ko‘rsatuvchi miqdor masshtab deb ataladi.


Xarita va planlarning masshtablari sonli yoki chizma ko‘rinishida ko‘rsatiladi. Sonli masshtab – maxraj surat Rasmlida yozilib, suratda bir raqami ko‘rsatiladi.


1 smda -1000 metr yoki 1 km;
1 smda – 500 metr yoki 0,5 km;
1 smda – 250 metr;

Chizma Rasmlidagi masshtablar chiziqli va ko‘ndalang masshtablarga ajratiladi. Sonli va chiziqli masshtablar xarita varag‘ini janubiy ramka tagida beriladi.


Ko‘ndalang masshtab – nomogramma Rasmlidagi chizma masshtab turi bo‘lib, bo‘laklari paralel chiziqlarning proporsionalligiga asoslangan. Ko‘ndalang masshtabdan foydalanishdan avval berilgan xaritadagi sonli masshtabga ko‘ra, joyidagi uzunlikka mos ravishda asoslar raqamlanadi.

a) b)


2-rasm. a) chiziqli masshtab; b) ko‘ndalang chiziqli masshtab;
(asos 2 sm deb qabul qilingan).

Topografik xaritalarda tafsilot, joydagi predmetlar va re’lef elementlari shartli belgilarda ko‘rsatiladi. Joydagi predmetni xaritada ko‘rinishi shartli belgi deyiladi. Shartli belgilar to‘rt turli bo‘lib, maydoniy, masshtabsiz, chiziqli va tushuntiruvchi belgilar ko‘rinishida ifodalanadi.


Joyida ma’lum bir maydonga ega bo‘lgan ob’ektlar tasviri maydoniy shartli belgilar deyiladi. Xaritada keltirilgan maydoniy shartli belgilarning chegaralari ko‘rsatilgan bo‘ladi (ko‘llar, cho‘llar, dalalar, o‘rmon, ekinzor, botqoqlik va boshqalar misol bo‘ladi).
Ko‘pincha ba’zi shartli belgilar xaritada o‘z xolatiga qaraganda katta joyni egallaydi va bu hollarda masshtabsiz shartli belgilardan foydalaniladi. Xaritada keltirilgan lekin masshtabi ko‘rsatilmagan shartli belgilarga masshtabsiz shartli belgilar deyiladi. (Zavod-fabrika, geodezik punkt, axoli yashash punktlari, alohida turuvchi yodgorliklar, buloq, artizan, quduq va boshqalar misol bo‘ladi).
Xaritada uzunliklari va kengliklari masshtabda ko‘rsatilmagan ba’zi ob’ektlar chiziq ko‘rinishda ko‘rsatiladi ya’ni ba’zi shartli belgilar chizib tushuntiriladi. Xaritada chizib ko‘rsatilgan, chizish orqali tushuntirilgan shartli belgilar chiziqli shartli belgilar deyiladi (yo‘llar, soylar, elektor tarmoqlari, davlatlar chegaralari, gorizontal chiziqlar va boshqalar misol bo‘ladi).
Joydagi predmetlarning tafsilotlarini hajmi, bo‘yi, eni, yuk ko‘tarish qobiliyati xaqida ma’lumot beruvchi shartli belgilarga tushuntiruvchi shartli belgilar deyiladi (predmetning balandligi, qalinligi, orasidagi masofa, qancha yuk ko‘tara olish qobilyati bor va boshqa shu kabi ma’lumotlar misol bo‘ladi).
Ma’lumki, muxandislik inshootlarini qurishda, yangi yerlarni ochish­da, ularni tekislashda, sug‘orish tarmoqlarini loyihalash va avtomobil yo‘llari, aerodromlar, ko‘prik o‘tish joylarini qu­rishda yer yuzasining past-balandligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Shun­ga ko‘ra, joydagi tafsilotlar va joy relefi topografik xaritada to‘g‘ri tasvirlangan bo‘lishi kerak.

Download 10,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish