7-rasm.
Ikkinchi shart: Teodolitning vertikal aylanish o‘qi tik bo‘lishi shart. Bu shartni bajarilishi quyidagicha: Ko‘rish trubasidagi iplar to‘rining xolati kuzatiladi. Bunda biror bir joyga teodolitdan 40-50 metr uzoqlikda shovun ipi osiladi va teodolitni ko‘rish trubasi shovun ipiga qaratilib, fokuslovchi vintlar yordamida fokuslanadi. Bu xolatda okulyarning vertikal ipi shovun ipiga ustma-ust tushsa ikkinchi shart bajarilgan bo‘ladi. Agar okulyarning vertikal ipi shovun ipiga ustma-ust paralell xolatda tushmasa asbob ish xolatiga yaroqsiz bo‘lib sozlanadi. Unda okulyar ya’ni trubani ko‘rish tomonidagi qopqoq yechilib, mayda tuzatgich vintlar bo‘shatilib okulyarning vertikal iplar to‘ri shovun ipiga paralell bo‘lgunga qadar burab sozlanadi.
Uchinchi shart: Teodolitni o‘rnatib, vizirlash o‘qini biror nuqtaga qaratilib doira chap xolatda M1 sanoq olinadi. So‘ngra trubani o‘z o‘qi atrofida aylantirib, yana shu nuqtaga yo‘naltirilib doira o‘ng xolatda M2 sanog‘i olinadi. Taglikdaga biriktiruvchi vintni bo‘shatib limb sanog‘i buziladi so‘ng teodolitni 180° ga o‘zgartiriladi va biriktiruvchi vintni maxkamlab, kuzatuv qaytarilsa M3 va M4 sanoqlar xosil qilinadi. Olingan natijalar asosida kollimatsion xatolik ya’ni asosiy tekshirish (X) hisoblanadi.
.
Agar X 2t bo‘lsa, (bu yerda t - asbob aniqligi) u holda shart bajarilgan hisoblanadi.
Gorizontal burchak o‘lchash. Gorizontal burchak o‘lchashda uch xil usullardan biri qo‘llanilishi mumkin: a) priyomlar usuli; b) limb va alidadaning “no‘llarini” tutashtirish usuli; v) takrorlash usuli.
1. Priyomlar usuli: Joydagi VAS burchakni pryomlar usulida o‘lchash quyidagi tartibda bajariladi. Teodolit burchak uchi A nuqtaga o‘rnatiladi. Shtativ usti ko‘z bilan chamalab gorizontal holatga keltirilib shtativ oyoqlarini bosib yerga mahkamlangach, o‘rnatgich vintni bo‘shatib teodolitni shtativ ustida surish bilan shovun A nuqta ustiga keltiriladi. Keyin ko‘targich vintlar va alidadadagi silindrik adilakdan foydalanib, asbob aylanish o‘qi vertikal holatga keltiriladi. Ko‘rish trubasini biron-bir yorqin fonga masalan, osmonga qaratib okulyar halqachasini surish (burash) bilan iplar to‘ri ravshan holga keltiriladi va ko‘rish trubasi joydagi V nuqtaga qaratiladi; limb, alidada doiralari va ko‘rish trubasining vintlari mahkamlanadi. So‘ngra truba fokuslanib alidada va truba qaratish vintlari yordamida iplar to‘rining markazi V nuqtaga aniq to‘g‘rilanadi va limbdan v' sanog‘i olinib, maxsus jurnalga yoziladi.
Keyin truba va alidada bo‘shatilib, truba S nuqtaga vizirlanadi, yuqorida qayd qilingan ishlar takrorlanadi va yana limbdan s' sanog‘i olinib jurnalga yoziladi. o‘lchanayotgan b burchakning qiymati quyidagicha hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |