1-ma’ruza мavzu: Avtomobil yo‘llarini qidiruvida geodezik tushunchalar



Download 10,63 Mb.
bet1/46
Sana25.06.2022
Hajmi10,63 Mb.
#702040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
MA\'RUZA 2-SEMESTR


1-MA’RUZA
Мavzu: Avtomobil yo‘llarini qidiruvida geodezik tushunchalar



  1. Avtomobil yo‘llarini qidiruvida geodezik tushunchalar.

  2. Geodeziya fani va uning vazifalari.

  3. Yer Rasmli va o‘lchamlari to‘g‘risida tushunchalar.

  4. Yer sferikligining gorizontal va vertikal masofalarga ta’siri.

  5. Geodeziyada proeksiyalash usuli.

Geodeziya fanining asosiy vazifalari ilmiy va ilmiy texnik masalalarini yechishdan iborat. Yerning Rasmli va o‘lchashlarini aniqlash, uning gravitatsiya maydonini o‘rganish, geodeziya fanining asosiy ilmiy vazifasi hisoblanadi. Yerning ichki tuzilishi, yer qobig‘ini gorizontal va vertikal deformatsiyasi, okean va dengizlarning qirg’oqlarini o‘rganish, dengizlar suv sathlarining balandliklar farqini aniqlash, yer qutblarini o‘zgarishi kabi masalalarni yechishda geodeziya fanining ahamiyati katta. Yuqoridagi masalalarni yechishda astronomiya, geologiya, geofizika, geomorfologiya va boshqa Yer to‘g‘risidagi fanlar bilan birgalikda tadqiqot va o‘lchash ishlari olib boriladi.


Yer sun’iy yo‘ldoshlari, kosmik kemalarni uchirilishi, yangi o‘lchash va kuzatish asboblarini yaratilishi Yerning, oyning va boshqa planetalarning Rasmli, kattaliklarini, gravitatsiya maydonlarini o‘rganishda sifat jihatdan katta o‘zgarishlarga olib keldi. Yerning Rasmlini aniqlash bilan birga materiklardan Dunyo okeanlaridagi orollarga koordinatalarni uzatishda, yer yuzasida bajariladigan asosiy geodezik ishlarni yagona sistemaga birlashtirishda ham foydalanilmoqda. Buning natijasida kosmik geodeziya deb o‘qitiladigan fan vujudga keldi.
Geodeziya qator ilmiy va ilmiy texnik fanlarga bo‘linadi.
Oliy geodeziya. Yer Rasmli va kattaligini aniqlash, uni tashqi gravitatsiya maydonini o‘rganish, geodezik tayanch tarmoqlarini barpo etish, Yuqorianiqlikda nuqtalarni aniq koordinatalarini aniqlash oliy geodeziyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Bundan tashqari Quyosh sistemasidagi planetalarning Rasml va kattaliklari, gravitatsiya maydonini o‘rganish masalalari ham bu fanning vazifasiga kiradi.
Topografik karta, plan va profillar tuzish maqsadida bajariladigan geodezik ishlar nazariyasi va amaliyoti bilan topografiya (geodeziya) fani shug‘ullanadi. Topografiyada Yerning quruqlik qismidagi o‘lchash ishlari o‘rganiladi.
Okeanlar, dengizlar, ularning qirg’oqlari va tubini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan gidrografiya deb nomlanadi. Topografik karta va planlar tuzishda yerdan, (aviaatsiyadan) kosmosdan olingan fotosuratlarni keng ishlatilishi natijasida geodeziyada fototopografiya va aerofototopografiya degan sohalar vujudga keldi. Fotosuratlar orqali suratga olingan ob’yektlarni o‘zaro holatini aniqlash va suratga olish, fotosuratlarda o‘lchashlarni bajarish usullari hamda asboblarini o‘rganadigan fanga fotogrammetriya deyiladi.
Yer osti inshootlarini (shaxta, tunel, metro) qurishda yer bag‘ridagi o‘lchash ishlarini o‘rganish va bajarish bilan shug‘ullanadigan geodeziya sohasi marksheyderiya deb yuritiladi. Marksheyderiya geodeziyaning tog‘ ishlarida qo‘llanilishidir.
Geodeziyaning ilmiy texnik va amaliy vazifalari haddan tashqari turli bo‘lib, umumlashtirgan holda quyidagilarni keltirish mumkin:

  • tanlangan koordinata sistemasida yer yuzasidagi ayrim nuqtalarning holatini aniqlash;

  • turli maqsadlar uchun joyning karta va planlarini tuzish;

  • loyihalash, qurilish, injenerlik inshootlaridan foydalanish, Yer yuzasi va uning qa’ridagi qazilma boyliklardan foydalanish maqsadidagi yer yuzasida va uning ostidagi o‘lchash ishlarini bajarish;

  • harbiy maqsadlardagi geodezik ma’lumotlarni tayyorlash va h. k.

Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin, geodeziya – yerning Rasmli va kattaligini o‘rganishda, yer yuzasidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan holatini aniqlashda, yer yuzasining karta, plan va profillarini tuzishda hamda injenerlik inshootlarini barpo qilishda va ulardan foydalanishda bajariladigan o‘lchashlar nazariyasi va amaliyoti haqidagi fandir.
Yer yuzasida chiziqlar uzunligi, chiziqlar va yo‘nalishlar orasidagi gorizontal va vertikal burchaklar, nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandliklari o‘lchanadi. Bu o‘lchashlarga geodezik o‘lchashlar deyiladi va ular hilma-xil geodezik asboblar yordamida bajariladi. Geodezik o‘lchashlardan foydalanib, amaliy yoki ilmiy masalani yechishda o‘lchash natijalari matematik jihatdan qayta ishlab chiqiladi.
Fan va texnikaning taraqqiyoti natijasida geodeziya fani rivojlanib bordi va hozirda ko‘p tarmoqli fanga aylandi:

  • inshootlarni loyihalash uchun zarur bo‘lgan geodezik materiallarni olish maqsadida dalada bajariladigan geodezik o‘lchash va hisoblash grafik ishlari;

  • loyiha asosida quriladigan inshootni bosh va asosiy o‘qlarni, xarakterli nuqtalarni joydagi holatini aniqlash;

  • qurilish jarayonida inshoot o‘lchamlarini (geometriyasini) loyihaga mosligini ta’minlash;

  • maxsus jihozlar, dastgohlarni geometrik shartlarni bajargan holda o‘rnatish va sozlash;

  • qurilayotgan inshootlarning o‘lchamlarini loyihada berilgan o‘lchamlarga mosligini aniqlash maqsadida ijroiy syomkani bajarish;

  • inshoot qurilishi va undan foydalanilishi jarayonida turli omillar, unga ta’sir etuvchi kuchlar (yuklar), antropogen omillar oqibatida inshootda va uning asosidagi deformatsiyalarni o‘rganish bilan shug‘ulanadigan geodeziyaning yana bir sohasiga injenerlik geodeziyasi deb ataladi. Umumlashtirgan holda aytishimiz mumkin, injenerlik geodeziyasi turli injenerlik-qidiruv ishlarida, injenerlik inshootlarini loyihalash va qurishda, ulardan foydalanishda geodezik ishlarni tashkil qilish va bajarish bilan shug‘ullanadi.

Yuqorida hayd etilgan barcha geodeziyaga oid fanlarni amaliyotda foydalanish nazariyasi va amaliyotini o‘rganuvchi fanga amaliy geodeziya deb ataladi, injenerlik geodeziyasi uning bir bo‘limi hisoblanadi.
Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida unga markazdan hochma zarralarini o‘zaro tortishish kuchlari ta’sirida umumlashtirilgan holda sferoid (qutblari bo‘yicha siqilgan shar) Rasmlini oladi.
Yerning fizik sathi murakkab bo‘lib, uni biron bir matematik formula bilan ifodalab bo‘lmaydi, shu sababli quyidagi ketma-ket yaqinlashishdan foydalaniladi. Birinchi navbatda, Yer fizik sathi geoid Rasmli bilan, geoid unga yaqin bo‘lgan aylanma ellips – ellipsoid bilan va u o‘z navbatida referens ellipsoid bilan almashtiriladi.
Yer yuzidagi o‘zaro tutash okean va dengizlarni faraz qilingan tinch holatdagi suv sathini shovun chizig‘i yo‘nalishiga perpendikular, Yerning quruqlik qismi ostidan fikran davom ettirish natijasida hosil bo‘lgan sathiy yuzaga asosiy sathiy yuza deyiladi. Yerning asosiy sathiy yuza bilan cheklangan to‘lih Rasmliga geoid deyiladi. Yer bag‘ridagi jinslarni joylanishi va zichligi turlicha bo‘lganligi sababli tortish kuchlari (shovun chizig‘i ) yo‘nalishlari turlicha bo‘ladi, natijada geoid yuzasi murakkab to‘lhinsimon Rasmlini oladi. Sathiy yuzani Yer ustida yoki ostida cheksiz ko‘p o‘tkazish mumkin, lekin ular hech qachon bir – biri bilan kesishmaydi.
Geoid oddiyroq bo‘lgan biron-bir matematik tenglama bilan ifodalanmaydi, shuning uchun geoid unga yaqin bo‘lgan soddaroq sath bilan almashtiriladi (approksimatsiyalanadi).
Geoidga eng yaqin bo‘lgan geometrik Rasml, bu kichik o‘qi atrofida aylantirish natijasida hosil bo‘lgan aylanma ellips Yer ellipsoidi hisoblanadi. Har bir Davlatda geodezik ishlar uchun ma’lum kattalikdagi yer ellipsoidi qabulqilingan bo‘lib, bu ellipsoid geoid ichida undan eng kichik og‘ishni ta’minlaydigan qilib oriyentirlangan (joylashtirilgan) bo‘ladi, bunga referens – ellipsoid deyiladi.

Download 10,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish