Optik nivelirlar. Nivelirlash ishlarida 20- asrning 60 – yillaridan nivelir trubasida adilak o‘rnatilgan nivelirlar NA-1, NT o‘rniga yangi turdagi N-2, N-3, 80-yillardan boshlab kompenstorlari, ko‘rish trubasi avtomatik ravishda gorizontal holatga keluvchi optik nivelirlar N-3K, N-4S, limbli va kompensatorli N-10KL qo‘llanilib kelindi. Keyingi yillar trubaning vizirlash nuri o‘z-o‘zidan gorizontal holatga keluvchi Vengriyaning NI-V1, NI-V6, Germaniya - Koni 007, Rossiyaning 3N-5K kompensatorli, 4N-2KL – kompensatorli va limbli, Shvesariyaning kompensatorli LEICA NA728 niveliri kirib keldi.
Lazerli nivelirlar. Lazerli nivelirlar zamonaviy klass turiga kiruvchi o‘lchash asbobidir. O‘lchash ishlarini yuqori aniqlikda olib borish va uni ishlatishda soddaligi lazerli nivelirning asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Lazerli nivelirlarning o‘lchash masofalari va o‘lchash aniqligining ko‘rsatkichlari mos ravishda quyidagicha: LEICA Lino L2 da 20 m va 0,2mm, geo-Fennel FL 100 HA da 600 m va 1mm/10 m va 200 m va 1,5 mm/ 10 m.
Elektron nivelirlar. Elektron nivelir (chet el davlatlarida “raqamli” termini yuritiladi) yuqori texnologik jihozlar turkumiga kiradi va o‘lchash vaqtini qisqartirishga, hamda avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Natija reykaga vizirlash va tugmachani bosish orqali amalga oshiriladi. O‘lchashlarni xotirada saqlash, nisbiy balandlik va balandliklarni hisoblashlar nivelirda joylashtirilgan protsessorda bajariladi, ular raqamlar ko‘rinishida hosil qilinadi.
1-rasm. Optik, elektron va lazerli nivelirlar (yuqorida chapdan 1,2 optik nivelir, yuqorida o‘ngdan 1,2, quyida lazerli teodolitlar)
O‘lchash ishlarini boshlamasdan avval asbob tekshiriladi va sozlanadi. Nivelirlarni tekshirish deganda geometrik shartlarni qoniqtirishga aytiladi.
Optik nivelirini tekshirish va sozlash tartibi.
1. Doiraviy adilak o‘qi, asbob aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. Buning uchun ikki ko‘targich vint bilan adilak pufakchasini o‘rtaga keltirib, so‘ngra asbobning yuqori qismi 1800 gradusga aylantiriladi. Shunda ham pufak doira o‘rtasida qolsa, bu shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda doiraviy adilak tagidagi tuzatgich vintlar yordamida pufakcha no‘l punkti tomon to‘g‘rilanadi va tekshirish yana qaytariladi.
2. Iplar to‘rining gorizontal ipi asbob aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak.
Asbob aylanish o‘qini vertikal holatga keltirib, ko‘rish trubasini 50-70 m da o‘rnatilgan reykaga shunday to‘g‘rilanadiki, reyka tasviri truba ko‘rish maydonining bir chekasida bo‘lsin. Reykadan sanoq olinadi.
Mikrometr vint yordamida reyka tasviri maydonning ikki chekasiga o‘tkaziladi va yana sanoq olinadi. Agar ikki sanoq bir xil bo‘lsa shart bajarilgan bo‘ladi. Agar shart bajarilmasa, to‘g‘irlash uchun oldin trubaning okulyar qismini tutib turuvchi uchta vint bo‘shatilib, so‘ngra iplar to‘rini burab bajariladi.
3. Ko‘rish trubasining vizir o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lishi kerak. Bu shart nivelirning eng asosiy sharti hisoblanadi. Buni bir joyda ikki martadan nivelirlash orqali tekshiriladi. Buning uchun 50-75 m masofada ikki nuqtalarga (misolda A va V nuqtalarni) qoziq qoqiladi. Nivelirni A nuqta ustiga o‘rnatib, (bunda okulyar A nuqta tepasida bo‘lishi kerak) asbob balandligi I o‘lchaniladi. V nuqtaga esa reyka qo‘yilib v sanog‘i olinadi. So‘ngra reyka va nivelir joylari o‘zgartirilib, reykadan b2 sanog‘i olinadi va i2 o‘lchanadi. Agar vizir o‘qi, silindrik adilak o‘qiga parallel bo‘lmasa, bu holda v1 va v2 sanoqlari X ga xato qilgan bo‘ladi. Bu yerda reykadan olingan sanoqdar xatosi quyida keltirilgan ifoda yordamida hisoblanadi:
X=(il+i2)/2-(bl+b2)/2.
Agar hisoblangan /x/ < 4mm bo‘lsa asosiy shart bajarilgan bo‘ladi. Aks holda reykadan (b2 + x) sanog‘i olinib, elevatsion vint bilan o‘rtacha to‘rlar chizig‘ini shu sanoqka to‘g‘irlanadi, so‘ngra silindrik adilak pufakchalarni bir-biriga to‘g‘irlanadi. Shundan so‘ng tekshirish yana qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |