Ishorat qozig‘i uzunligi 2-2,5 m va qalinligi 3,5-4 sm bo‘lgan bo‘lib, har 10 sm da yo‘l-yo‘l qizil va oq rangga bo‘yalgan dumaloq yog‘och ko‘rinishida bo‘ladi. Yerga sanchib o‘rnatish uchun uchiga konus Rasmlida metall qalpoqcha kiydiriladi.
Bosh va oxirgi nuqtalar oralig‘idagi chiziq uzunligini o‘lchashdagi bir stvorda yotgan ishorat qoziqlari tekislik xududida joyida har 100-200 m va tog‘ oldi joylarida 10-100 m etib belgilanadi. O‘lchanayotgan chiziq o‘rni joyida saqlanish muddatiga ko‘ra: vaqtinchalik bo‘lsa 30-40 sm yog‘och qoziqlar, yonida qorovul qoziq bilan, uzoq muddatlarga mo‘ljallanganda temir qoziq, beton monolitlar, re’lslar bilan joyida mustahkamdanadi.
Chiziq o‘tkazish ikki usulda “o‘zidan boshlab” yoki “o‘ziga qarab” usullarida bajariladi.
Ikki bir-biriga ko‘rinadigan A va V nuqtalar orasida chiziq o‘tkazish “o‘ziga qarab” usulida o‘tkazilgan (7.1 a - rasm ). Bu usulda A va V nuqtaga ishorat qozig‘i o‘rnatiladi. A nuqtada turgan kuzatuvchi ishorasi bilan AV tekisligi bo‘yicha 1, 2, 3, 4 va h.o. nuqtalarga ishorat qozig‘i qo‘yilib, chiziq o‘tkaziladi. Nuqtalar joyida belgilanib yerga mahkamlanib boriladi. 7.1 b-rasmda AV chizig‘ini uzaytirishda “o‘zidan” boshlab usuli bo‘yicha amalga oshirilgan chizmasi keltirilgan.
v g d
1 – rasm. Chiziq o‘tkazish chizmasi va usullari
Tepaliklarda bir-biriga A va V nuqtalar oralig‘idan chiziq o‘tkazish quyidagicha bajariladi. (7.1 v - rasm) A va V nuqtalarga ishorat qozig‘i o‘rnatiladi, so‘ngra bir kuzatuvchi tepalik yonbag‘rida A nuqtadan ko‘rinadigan biror-bir, misol uchun, d1 nuqtaga ishorat qozig‘i o‘rnatadi. Ikkinchi kuzatuvchi Ad1 tekisligida S1 nuqta belgilaydi. Shundan so‘ng birinchi kuzatuvchi d1 nuqtadagi ishorat qozig‘ini S1 V tekisligida yotgan d1 nuqtaga ko‘chiradi. Ikkinchi kuzatuvchi S1 nuqtadan S2 ishorat qozig‘ini ko‘chiradi va h. o. bu ishlar, to S nuqtadagi ishorat qozig‘i D nuqta orqali V nuqtadagi ishorat qozig‘ini bir chiziqda qoplaguncha davom ettiriladi. Shunda D nuqtadagi ishorat qozig‘i o‘z navbatida A nuqtadagi ishorat qozig‘ini yopgan hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida barcha A, S, D nuqtadagi ishorat qoziqlarni bir tekislikda yotganliklarini bildiradi.
Jarliklardan chiziq o‘tkazishda (7.1 g - rasm) A va V nuqtadagi ishorat qozig‘i bo‘yicha jar yoqasida–1 va jarlikning ikkinchi tomonidan - 2, 3 nuqtalariga ishorat qoziqlari o‘rnatiladi. Keyin ulardan foydalanib, 4 va 5 nuqtalari bo‘yicha 6, 7 nuqtalar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |