3. Kurash trenirovkasi uslublari
Sport trenirovkasi jarayonida 4-bobda ochib berilgan xamma xarakatlarga o'rgatish uslublari ko'llaniladi. Birok trenirovka jarayonining asosiy vazifasi yukori sport natijalariga erishishdan iborat ekan, uni xal etish uchun asosan kurashchining funktsional imkoniyatlarini oshirish xamda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga karatilgan uslublardan foydalaniladi.
Kat'iy tartiblashtirilgan mashklar uslublari tizimi trenirovkaning asosiy uslubiy to'plamini tashkil etadi (L.P.Matvуev, 1991). Xarakatlarga o'rgatishda - bu butun va bo'laklangan uslublardir.
O'rganilayotgan xarakatlarni takomillashtirishda xarakatlar tuzilmasini buzmagan xolda jismoniy sifatlarning rivojlanishini ragbatlantrishga yordam beradigan ko'shimcha nagruzkalar sharoitlarida xarakatlarning butunligicha bajarilishi bilan tavsiyalanadigan uslublar, ya'ni mashklarni birgalikda bajarish uslubi (V.M. Dьyachkov bo'yicha) yetakchi o'rinni egallaydi. Masalan, tik turishda tashlashlarni takomillashtirish paytida ogirrok vazndagi rakib tanlanadi, bunda tashlashni bajarish texnikasi xatolarsiz anik amalga oshirilishi lozim. Bu tezkorlik-kuch sifatlarini tashlash texnikasini yaxshilash bilan birgalikda rivojlantirishga yordam beradi.
Tanlab-yo'naltirilgan mashklar uslubi asosan organizmning morfofunktsional xossalarini yoki aloxida xarakat sifatlarini takomillashtirishga yo'naltirilishi bilan tavsiflanadi. Masalan, kurashchining ko'l kuchini rivojlantirishga karatilgan ogirliklar bilan mashklarni bajarish xarakat malakalarini saklab turish va takomillashtirish, erishilgan funktsional imkoniyatlar darajasini saklash xamda oshirish uchun ikkita uslublar guruxi ko'llaniladi: andozali - takroriy mashklar uslublari xamda variantli (o'zgaruvchan) mashklar uslublari. Andozali - takroriy mashklar uslublari berilgan xarakatlar yoki aloxida mashgulotlarni ularning tuzilmasi xamda nagruzkaning tashki parametrlarini o'zgartirmagan xolda takroran bajarish bilan tavsiflanadi. Bu uslublar xarakatlarni mustaxkamlashda, shuningdek organizmning ma'lum bir faoliyatga moslashishiga yordam beradi. Masalan, egilib tashlashni mustaxkamlash uchun ko'p marta takrorlanadi. Variantli (o'zgaruvchan) mashklar uslublari ta'sir etuvchi omillarni mashk borishi davomida o'zgartirib turish bilan tavsiflanadi. Bunga usulni bajarish tezligi, bellashuvni olib borish sur'ati, dam olish oraliklarini o'zgartirib turish, bellashuvda rakiblarni almashtirish yo'li bilan erishiladi.
Andozali - takroriy va variantli (o'zgaruvchan) mashklar uslublari, o'z navbatida, nagruzkalar uygunlashishi va mashklarni bajarish paytidagi dam olishlarga karab, ikkita kichik guruxlarga ajratiladi: uzluksiz (yaxlit) nagruzka tartibidagi mashklar uslubi va oralikli nagruzka tartibidagi mashklar uslubi.
Birinchi xolda beriladigan trenirovka nagruzkasi dam olish oraligi bilan to'xtatilishi mumkin emas. Xamma nagruzka tugagandan so'ng dam olish beriladi. Masalan, parterda 10 minut ichida texnik-taktik xarakatlarni takomillashtirish. Ikkinchi kichik gurux nagruzkalarning uzilishi bilan ajralib turadi va rejalashtirilgan dam olish oraliklari bilan almashtirib turiladi. Masalan, tik turishda texnik-taktik xarakatlarni kuyidagi formula bo'yicha takomillashtirish: 3 minutdan 3 marta, dam olish oraliklari - xar bir 3 minutdan so'ng 2 minutdan.
Kat'iy tartiblashtirilgan mashklarning xamma sanab o'tilgan uslublari trenirovka mashgulotida turli xil uygunlikda berilgan. Masalan, kuyidagi mashk uslublari: andozali - takroriy mashklar uslubini o'sib boruvchi nagruzka bilan birlashtirish mumkin.
Ma'lum bir mashgulotlarga birlashtirilgan mashklar uslublarining turli xil birikmalari “aylanma trenirovka” deb ataladi. Ma'lum bir tartibga soluvchi sxemaga muvofik tanlangan va kompleks xolda birlashtirilgan jismoniy mashklarning bir nechta turlarini seriyalab (yaxlit yoki oralikli) takrorlash “aylanma trenirovka” asosini tashkil kiladi.
1. Orkada yotib, ko'llar bosh orkasida, “ko'prik” xolatida turish, boshga tiralib, prujinasimon chaykalishlarni bajarish.
2. Birinchi sherik orkasida yotadi, o'ng va chap tomonidan burchak ostida tekis oeklarini ko'taradi xamda tushiradi; ikinchisi cho'kkalab o'tirgan xolatda tana ogirligi markazini bir oyokdan ikkinchisiga o'tkazadi va rakib bilagiga tayanib bo'sh oyogini tizzalardan tekis to'grilaydi.
3. Sheriklar bir-biriga orkasi bilan polda o'tiradilar, tirsaklardan ko'llarini birlashtirib, rakib orkasiga tayangan xolda gavdani egish va yozishni bajaradilar.
4. Sheriklar bir-biriga yuzlari bilan karab turadilar va, ko'llari bilan bo'yinlaridan ushlab olib, kuch bilan rakib bo'ynini egishga xamda uni muvozatdan chikarishiga intiladilar.
5. Birinchi sherik orkasida yotib, ikkinchisining oyogini ko'llari bilan ushlab oladi, ikkinchisi birinchi sherikning oyogini ko'taradi, kurakda turishga chikish uchun yordamlashadi.
6. Sheriklar bir-birlariga orka kilib polda o'tiradilar, oyoklar orasi ochilgan, ko'llarni tirsaklarda birlashtirilgan xolda rakibni o'z tomoniga ogdirish uchun kuch bilan bellashadilar.
7. Sheriklar to'shak o'rtasida orkama-oldin turib oladilar, ikkinchisi kuch ishlatib, sherigini orkasiga turtib, uni to'shakdan chikarib yuborishga xarakat kiladi.
8. Ko'l panjalari bilan birgalikda bloklarga burash xamda yukni (girya, shtanga toshi va x.k.) chikarib olish.
9. Sheriklar bir-biriga yuzma-yuz turadilar, ko'llari bilan gimnastika tyokchasini ushlagan xolda uni sherigidan tortib olishga xarakat kiladilar.
10. Sheriklar oyoklarini yelka kengiligida ochib, bosh ustida ko'llarini ushlab turadilar. O'ng va chap tomonlarga birgalashib aylantirish.
11. Gimnastika devorchasiga ko'l va oyoklar yordamida tezlik uchun yukoriga xamda pastga chikib-tushish.
12. Birinchi sherik devor oldidigai osma turnik tagida uni ko'llari bilan ushlagan xolda yotadi, ikkinchisi - turnikka yukoridan tayanib, kullarini bukib-yozishni bajaradi.
13. Gimnastika devorchasiga orka bilan turib zinalardan ko'l bilan chikib “ko'prik”, xolatiga o'tish va dastlabki xolatga kaytish.
14. Sheriklar bir-biriga orka bilan turib yukoridan ko'llarini ushlaydilar, navbatma-navbat rakibni orkasida ko'tarib, oldinga engashishlarini bajaradilar.
15. Yelkasida yotgan rakibni gimnastika o'rindigi bo'ylab olib o'tish.
Sportchining oldinda turgan musobaka faoliyatiga moslashishi uni mas'uliyatli musobakalarga tayyorlashda katta axamiyatga ega. Buning uchun trenirovka jarayonida oldinda turgan bellashuvlar xususiyatlarini kisman bo'lsa xam modellashtirish lozim. Bu musobaka uslubidan foydalanish xisobiga erishiladi. Musobaka uslubi jismoniy, iroda va ma'naviy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik xarakatlarni takomillashtirish uchun ko'llaniladi.
Trenirovkada o'yin uslubi xam katta axamiyatga ega. Undan foydalanib, bir xildagi trenirovka ishini bajarishda kulay emotsional xolatni yaratish, shuningdek chakkonlik, mo'ljallash tezligi, topkirlik, mustakillik, tashabbuskorlik kabi sifat xamda kobiliyatlarni takomillashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |