e) Nagruzkalar dinamikasining o'ziga xos (betakror) to'lkinsimonligi tamoyili
Sport trenirovkasining ushbu tamoyili trenirovka nagruzkalarining to'lkinsimon shaklda tuzilishini nazarda tutadi. Nagruzkalarning to'lkinsimon tuzilishi xam nisbatan kiska, xam trenirovka jarayonining undan uzok fazalari (boskichlar, davrlar, sikllar) uchun xosdir. Nagruzkalarning to'lkinsimon tuzilishining uchta asosiy turi ajratiladi:
a) nagruzkalarning kichik to'lkinsimon tuzilishi, bir necha kundan (ko'pincha xaftadan) iborat trenirovka mikrotsikli, deb nomlanadi.
b) nagruzkalarning o'rtacha to'lkinsimon tuzilishi, u bir nechta mikrotsikllarni (3-6) o'z ichiga oladi xamda bitta o'rta siklni tashkil etadi. U mezotsikl deb nomlanadi.
v) trenirovka boskichlari yoki davrlari uchun nagruzkalar- ning katta to'lkinsimon tuzilishi, u bir kancha o'rta sikllarni o'z ichiga oladi va trenirovka makrotsikli deb nomlanadi.
Zamonaviy trenerning pedagogik maxorati ko'p jixatdan mikrotsikllar, mezotsikllar va makrotsikllardagi trenirovka nagruzkalari xajmi xamda shiddatini to'lkinsimon tuzish malakasida namoyon bo'ladi.
Trenirovka nagruzkalari dinamikasi to'lkinsimonligi uchta fazaga bo'linadi:
Nagruzka yigindisining o'sib borish fazasi
Vaktinchalik barkarorlashish fazasi
Nisbatan “engillashish” fazasi.
Ushbu fazalar asosida trenirovka mashgulotlarini tashkil etish kurashchining mashklanganligini oshirishga va xaddan tashkari mashklanish mumkinligini yo'kka chikarishga imkon beradi. Turli fazalarda ayrim nagruzka parametrlarining o'zgarish davomiyligi va darajasi nagruzkalarning mutlak xajmi, kurashchi mashklanganligining rivojlanish darajasi xamda sur'ati, trenirovka boskichlari va davrlariga boglik.
f) Trenirovka jarayoninining musobaka - nisbatlashgan sikllilik tamoyili
Trenirovka jarayonini tuzishda trenirovkaning maьlum bir siklliligiga rioya kilish zarur. Bunday sikllilik tugallangan muntazam takrorlanib turadigan trenirovka jarayonlari bo'ginlari xamda pagonalarining (mashgulotlar, boskichlar, davrlar) ketma-ketligidan iborat. Vakt ko'lamiga karab (bu vakt ichida trenirovka jarayoni tuziladi), kichik sikllar yoki mikro sikllar (xususan, xaftalik), o'rta yoki mezotsikllar (ko'pincha bir oy atrofida davom etadi) va katta yoki makrotsikllar (xususan, yillik va yarim yillik) ajratiladi. Ularning xammasi trenirovka jarayonini okilona tuzishning ajralmas bo'ginini tashkil kiladi. Bunday siklik tuzilma asosini tushunish - bu sport trenirovksini tuzishning umumiy tartibini tushunish demakdir. Trenirovka va musobaka faoliyatini tashkil kilishda sikllilik tamoyili ana shunga yo'naltiradi. Bunda xar bir navbatdagi sikl oldingisini oddiy kaytarish emas, balki trenirovka jarayonining rivojlanish tomonlarini, jumladan trenirovka nagruzkalari darajasi bo'yicha ifodalaydi.
Trenirovka sikllari - bu uning tuzilmali tashkil kilinishining eng umumiy shakllaridir. Ular sport tadkikot-chilari xamda amaliyotchilari dikkatini yanada o'ziga tortmokda. Bunga xozirgi paytda kamida ikkita vaziyat: birinchidan, nagruzkalar xajmi va shiddatining keskin o'sishi, ular zamona-viy sportda biologik me'yor chegarasiga yakinlashmokda; ikkinchi-dan, trenirovkaning son parametrlari va jaxonning yetakchi sportchilari maxorat darajasining tenglashishi sabab bo'lmokda. Unisi xam, bunisi xam trenirovka tuzilmasini optimallashtirish yo'li orkali sport takomillashuvi jarayonini yanada samaralirok boshkarishga intilishga majbur kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |