1-ma’ruza. Konstruktsiyalar, binolar va inshootlarni sinash va tekshirishning mohiyati (2 soat)


 – rasm. Kislovodsk rusumli tomyopmani statik va dinamik kuchlarga sinash



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana26.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#609272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma’ruza. Konstruk., binolar va insh. sinash va teksh.mohiyati

a) b) 
 
 
1.1 – rasm. Kislovodsk rusumli tomyopmani statik va dinamik kuchlarga sinash: 
a – konstruktsiya tomiga o’rnatilgan statik yuklar (quvurlar yordamida o’zaro 
tutashtirilgan metal qutilar suv bilan to’ldirilgan); b – konstruktsiya elementlariga 
datchik (uzatkich)larning o’rnatilishi. 
Mazkur muammoni hal qilish vazifasi O’z FA MISMI xodimlari zimmasiga 
yuklatildi. Ular plandagi o’lchamlari 30 x 30 m bo’lgan, to’rtta po’lat ustunga 
o’rnatilgan, sterjenlari po’lat quvurlardan iborat bo’lgan “Kislovodsk” tipidagi va 
o’lchamlari 30 x30 m bo’lgan, sterjenlari po’lat prokat burchakliklardan tashkil topgan 
TSNIISK tipidagi ikkita strukturaviy tomyopmani kompleks sinovdan o’tkazishni 
rejalashtirdilar va bu rejani bosqichma-bosqich amalga oshirdilar. Sinovdan oldin 
ob’ektlar statik va seysmik kuchlar ta’siriga (7, 8 va 9 ballar uchun) to’liq hisoblab 
chiqildi
 (1.1 – rasm)



15 
Naturaviy sinashlardan ilgari o’tkazilgan laboratoriya sinovlarida konstruktsiya 
elementlarining mustahkamlik ko’rsatkichlari aniqlandi, datchik (uzatkich)lar sozlandi 
va texnik shartlarga muvofiq ravishda elementlarga yopishtirilib chiqildi. Dinamik 
sinashlar jarayonida tebranish uyg’otuvchi manba sifatida vibratsion mashinadan 
foydalanildi. TSNIISK tipidagi strukturaviy konstruktsiya (tomyopma)ning sinovlari to 
konstruktsiya buzilgunga qadar davom etdirildi
 (1.2 – rasm)

b)
a) 
1.2 – rasm. TSNIISK rusumli tomyopmani dinamik kuchga sinash: 
a – V – 2 rusumli vibratsion mashinaning umumiy ko’rinishi; b – konstrutsiyaning 
buzilgandan keyingi holati. 
 
Dinamik sinovlar natijalarini qayta ishlash jarayonida ob’ektlarning xususiy 
tebranish davrlari, shakllari, tebranishlarning so’nish dekrementlari, inertsion kuchlar 
aniqlandi va hisobiy seysmik kuchlar bilan taqqoslandi. Sinov natijalariga asoslangan 
holda strukturaviy tomyopma konstruktsiyalarini hisobiy seysmikligi 7, 8 va 9 balli 
zonalarda ham qurish mumkinligi to’g’risida aniq xulosaga kelindi va shunga oid 
tavsiyanoma ishlab chiqildi. Gazli (1984), Qayroqqum (1986) va Armaniston (1988) 
zilzilalari strukturaviy konstruktsiyalarning haqiqatdan ham zilzilaga bardoshli 
ekanligini amalda tasdiqladi. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuchli zilzilalar sodir bo’lishi mumkin 
bo’lgan seysmoaktiv xududlarda ham qavatlar soni oshirilgan ( 9 - 16 va undan
ortiq qavatli) binolar ko’plab qurila boshladi. Ma’lumki bunday binolarda asosiy 
vertikal transport vositasi liftlar hisoblanadi. Biroq achinarli yeri shundaki, zilzilaviy 
xududlarda qo’llaniladigan lift konstruktsiyalari zilzilasiz zonalarda qo’llaniladigan 
liftlardan yaqin-yaqinlargacha farq qilmay keldi. MDH davlatlari va respublikamizda 
80 yillarga qadar lift uskunalarining zilzilabardoshligi to’g’risida ilmiy-tadqiqot va 
konstruktorlik ishlari olib borilmagan. Xattoki sodir bo’lgan zilzila oqibatlarini tahlil 


16 
qilishga bag’ishlangan ishlarda ham liftlar holati e’tibordan chetda qolib kelgan. Kuchli 
zilzila oqibatlarini tahlil etishga bag’ishlangan adabiy manba’larda (AQSH, Yaponiya) 
lift uskunalarining zilzila ta’siriga bardoshsiz ekanligi ta’kidlanadi. Bunday holat 1986 
yilgi Karpat va 1988 yilgi armaniston zilzilalarida o’z tasdiqini topdi. SHunga ko’ra lift 
uskunalarining zilzilabardoshligini ta’minlashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar 
dolzarb masalaga aylandi. O’sha yillar Toshkent arxitektura-qurilish institutining 
Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi kafedrasida lift uskunalarining 
zilzilabardoshligi yo’nalishida bir qator nazariy va eksperimental ishlar olib borildi, 
olingan natijalar asosida tavsiyanomalar yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi. 


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish