Ishonchlilik
deganda ma’lum bir vaqt oralig’ida, muayyan ekspluatatsiya
sharoitida tizim oldiga qo’yilgan funktsiyani bajarish xususiyati tushiniladi.
Ishonchlilik kompleks xususiyatlardan iborat bo’lib, beto’xtovlik, uzoq muddatga
chidamlilik va ta’mirtalablik kabilarni o’z ichiga oladi.
Beto’xtovlik
- ob’ektning ma’lum vaqt davomida ishga yaroqliligini saqlash
xususiyati.
Uzoq muddatga chidamlilik
- ob’ektning uzoq muddat chegaraviy holatga
yetguncha ishga yaroqliligini saqlash xususiyati.
Ta’mirtalablilik
- ob’ektda buzilish bo’lish sababini aniqlash va ogohlantirishga
moslashish, ularni ta’mirlab tuzatish xususiyati.
1.3.Inshootlarni tekshirish va sinash uslublari
Eski turar joy fondini ta’mirlashda va uning maishiy qulayligini xozirgi zamon
talablariga moslashtirishda turar joy binolarining haqiqiy holatiga baho berish talab
etiladi. Quruvchi-muhandislar oldiga foydalanilayotgan qurilish konstruktsiyalari,
binolar va inshootlar holatini o’rganish, ulardan bundan buyon foydalanish
imkoniyatlarini aniqlash yoki rekonstruktsiya qilish va mustahkamlash choralarini
belgilash kabi vazifalar qo’yiladi. Qo’yilgan masalalarni hal etish konstruktsiya va
inshootlar holatini tekshirish va o’rganishni taqazo etadi. Tekshiruv natijalari tegishli
tavsiyalarni berishga asos bo’ladi. Bular asosida loyihachi-muhandislar kerakli
konstruktiv yechimlarni ishlab chiqishadi.
Qurilish konstruktsiyalarini tekshirish (обследование) quyidagi uch bosqichdan
iborat:
● loyiha hujjatlari, ishchi chizmalar, ko’rinmas ishlar akti bilan dastlabki
tanishuv;
● ob’ektni ko’zdan kechirish, ob’ektni loyihaga mosligini aniqlash, ko’zga
ko’rinadigan nuqsonlarni (yoriqlar, chakka o’tadigan joylar, temirbeton elementlarida
8
himoya qatlami ko’chgan joylar, metal elementlar zanglagan joylar, elektr payvand,
parchin mix yoki bolt bilan birikkan joylar holatini) aniqlash, inshootni tekshiruv
rejasini tuzish, yemirmaydigan usullar orqali kompleks tadqiqotlar o’tkazish;
● inshoot holatini tahlil qilish va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish.
Loyiha va ijro xujjatlari bilan tanishish, qabul qilingan konstruktiv yechimlarga
baho berish, inshootning qiyin sharoitda ishlaydigan elementlarini belgilash, ta’sir
etayotgan yuklar miqdorini aniq bilish imkonini beradi.
Inshootlarni xushyorlik bilan yaxshilab razm solib ko’zdan kechirish orqali
tekshirilayotgan konstruktsiyaning texnik xolati to’g’risida dastlabki ma’lumotga ega
bo’linadi, konstruktsiya elementlarining eskirganlik darajasi oydinlashadi, sinovlarni
davom ettirish muammosi konkretlashadi. Birinchi galda bu muammo sinov ishlarida
yemirmaydigan usullarni, ya’ni sinash jarayonida konstruktsiyalar va ularning alohida
elementlarini buzmasdan sinaydigan usullarni qo’llashga aloqador. Bunday sinovlar
yukning statik va dinamik ta’sirlari uchun bajarilishi mumkin. Bunday sinovlar
tarkibiga inshootlarning geometrik parametrlari (bo’yi, eni, balandligi, qalinligi va
h.k.), materialning mustahkamlik va strukturaviy xossalari, betonning himoya qatlami
qalinligi, armaturaning joylashuvi, elementlarning solqilik va deformatsiyalari, alohida
nuqtalarning tezlanishlari va boshqalarni aniqlash kiradi.
Inshootlarni
tekshirishda
muhandislik
geodeziyasi
usullaridan
keng
foydalaniladi. Ular yordamida bino va inshootlarning cho’kishi, siljishi, yoriqlar va
deformatsiya choklarining parametrlari, konstruktsiya elementlarining egilishlari
o’lchanadi. Fotogrammetriya usullaridan foydalanib statik va dinamik ta’sirlar
natijasida konstruktsiya elementlari nuqtalarida hosil bo’ladigan ko’chish va
deformatsiyalar aniqlanadi. Keyingi paytlarda lazer intenferentsiyasi usullari keng
rivojlanib bormoqda.
SHu kabi usullar qurilish konstruktsiyalari elementlarini tayyorlash va qurilish
maydonchasida montaj qilish jarayoni sifatlarini nazorat qilishda ham qo’llanilinadi.
Qurilish konstruktsiyalari elementlarini tayyorlash jarayonidagi sifat nazorat
sinovlarida yemirmaydigan (неразрущающий) va yemiradigan (разрущающий)
uslublardan foydalaniladi. Ammo har bir mahsulotni buzulgunga qadar sinash to’g’ri
bo’lmaydi, chunki bunda zavod darvozasidan birorta ham butun buyum chiqmaydi,
garchi mahsulotning haqiqiy ishi to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’linsa ham.
Yemirmaydigan usul esa tekshirilayotgan ob’ekt xususida to’liq ma’lumot berolmaydi,
shuning uchun ham har ikkala usuldan birgalikda foydalaniladi. Agar ma’lum
miqdordagi ob’ektlar ustida yemirmaydigan va yemiradigan sinovlar o’tkazib, so’ng
natijalar taqqoslansa, ular orasidagi ma’lum bog’lanishni aniqlash imkoniyati paydo
bo’ladi.
9
SHunday qilib, bino va inshootlar konstruktsiyasini sinash tekshirishning
tarkibiy elementlaridan biri hisoblanadi, biroq o’zining metodologiyasi, asboblar
butligi va qayta ishlash uslubiyatiga ko’ra eksperimental mexanikaning mustaqil sohasi
sanaladi. Bu sohaning maqsadi eksperimental tadqiqotlar asosida konstruktsion
materiallarning xossalari, konstruktsiya elementlarining holati va inshootlarning
haqiqiy ishi to’g’risida ob’ektiv informatsiya beradigan usul va vositalarni yaratishdan
iborat. Hech qanday hisob, xattoki hisoblash texnikasidan foydalanib bajarilgan aniq
hisob ham, real sistemalarning haqiqiy holati to’g’risida ob’ektiv ma’lumot bera
olmaydi.
Qurilish mexanikasi, elastiklik va plastiklik nazariyasi, materiallar qarshiligi
fanlarida ideallashtirilgan hisoblash sxemalariga asoslangan eng zamonaviy hisoblash
usullari o’rganiladi. Biroq har bir usulning zaminida tajribaga asoslangan ob’ektiv
informatsiya yotmog’i lozim, ularning hech biri eksperimental sinovlarsiz amaliyotga
tavsiya etilmasligi darkor.
Mantiqqa zid joyi shundan iboratki, shakllangan hisoblash sxemalari bo’yicha
eng zamonaviy EHM larni qo’llagan holda bajarilgan hisoblarda yo’l qo’yiladigan
xatolik 10
-8
dan oshmaydi, ammo hisobga kiritiladigan yuklar, mustahkamlik
xarakteristikalari, o’lcham parametrlari kabi dastlabki informatsiyalardagi noaniqliklar
tufayli hisob natijalaridagi xatolik 10-20% ni tashkil etishi mumkin. Bu xozirgi zamon
hisoblash nazariyalari usullari rolini pasaytirmaydi, balki hisoblash usullarining
aniqligi bilan, hisobda foydalanish uchun oldindan tayyorlanadigan eksperimental
informatsiyalar orasidagi o’zaro bog’lanishga e’tibo bermoq zarur ekanligini bildiradi.
Qurilish konstruktsiyalari, binolar va inshootlarni sinash uslublari va vositalari
ko’magida hal etiladigan uchta asosiy masalani aniq ifodalash mumkin.
Birinchi masalaga
konstruktsion materiallarning issiqlik-fizikaviy, strukturaviy,
mustahkamlik va deformatsion xossalarini aniqlash hamda konstruktsiyaga ta’sir
etuvchi tashqi kuchlarning xarakterini belgilash kiradi.
Ikkinchi masalada
hisobiy yo’l bilan aniqlangan zo’riqish va ko’chishlarni real
konstruktsiya yoki uning modelida hosil bo’ladigan zo’riqish va ko’chishlar bilan
solishtirish muammolari hal etiladi.
Uchinchi masala
- hisoblash modellarini identifikatsiyalashga, ya’ni
birxillashtirishga yo’naltirilgan. Bu masala tajriba yo’li bilan olingan natijalar asosida
hisoblash sxemalarini sintez qilish, ya’ni ularni umumlashtirish, ulardan bir butun
xulosa chiqarish bilan bog’liq..
Ilmiy – texnika rivojlanishining jadallashuv sharoitida turli texnologik
jarayonlar intensiv ravishda takomillashadi. Korxonalardagi eskirgan uskunalar,
yangilari, mahsuldorroqlari, tezligi yuqorilari bilan almashtiriladi. Buning oqibatida
qurilish konstruktsiyalariga tushadigan yukning salmog’i ortib ketishi mumkin. Ba’zi
10
hollarda foydalanishda bo’lgan bino yoki inshootlarning me’moriy yechimlarini
o’zgartirishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |