1-ma’ruza. Konstruktsiyalar, binolar va inshootlarni sinash va tekshirishning mohiyati (2 soat)


Bino va inshootlarni sinash usullarining taraqqiyot yo’llari



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana26.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#609272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma’ruza. Konstruk., binolar va insh. sinash va teksh.mohiyati

1.4.Bino va inshootlarni sinash usullarining taraqqiyot yo’llari 
 
Ko’p hollarda g’arb va rus adabiyotida fan taraqqiyoti xususida gap borsa, gap 
Yevropa Uyg’onish davridan boshlanadi, go’yoki SHarq uyquda yotgandek. SHunga 
ko’ra mavzuimizga oid tarixiy ma’lumotlarni O’rta asrlarda yashab ijod etgan 
vatandoshlarimiz merosidan boshlashni lozim topdik. 
ІX asrda yashab ijod etgan, SHarq dunyosining buyuk daholaridan biri – 
vatandoshimiz Ahmad Farg’oniy astronomiya, matematika, geografiya kabi tabiiy 
fanlar bo’yicha barakali mehnat qilib, tajriba – sinovlar uchun zarur bo’lgan ko’plab 
asbob va uskunalar ixtiro qildi, ularni amaliyotga tatbiq etdi. Misrda yashagan chog’ida 
Nil daryosi suvini o’lchaydigan asbob yasagan. Bu asbob tutash idishlar qoidasiga 
asoslangan bo’lib, undan hozirgacha foydalanib kelinadi. “Astronomiya negizlari” deb 
atalgan mashhur kitobida astronomiyaga oid asboblar hamda quyosh soatlari haqida 
batafsil ma’lumotlar bergan. “Usturlob (astrolyabiya) haqida mukammal kitob”, 
“Usturlob yasash haqidagi kitob” kabi asarlarida amaliy asbobsozlik haqida so’z 
yuritadi. O’zi yasagan asboblar yordamida 812 yildagi quyosh tutilishini oldindan 
bashorat qildi, Yerning dumaloq shar shaklida ekanligini isbot etgan olim ham 
yurtdoshimiz Al Farg’oniy bo’ladi. Yevropaliklar Ahmad Farg’oniyni o’zlaricha 
talaffuz etib, «Al Fraganus” deb ataganlar, (Ibn Sinoni “Avitsenna” deganlaridek). 
Ahmad Farg’oniy 861 yilda vafot etgan. 
Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.) fors tilida yozgan «Donishnoma” (“Bilim 
kitobi”) asarida og’ir yuklarni ko’taradigan va qo’zg’atadigan asbob-uskunalar haqida 
atroflicha ma’lumotlar beradi. To’rt qismdan iborat ushbu kitobda mantiq, fizika, 
matematika, metafizikaga oid materiallar o’z aksini topgan. Kitobda ilmiy kuzatish 
usullari hamda eksperimental tadqiqotlarga keng o’rin ajratilgan. 
O’rta asrning buyuk entsiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.) 
nazariy tadqiqotlarni tajribaviy tadqiqotlar bilan qo’shib olib borar edi. Buyuk olim fan 
sohasida tajribalar o’tkazish uchun turli asbob va uskunalar ixtiro etishda ham katta 
mahorat ko’rsatdi. Ko’pchilik tajriba asboblarini o’zi yaratgan edi. Masalan, 
astronomiya sohasida meridianlar yo’nalishini aniqlash uchun «hind doirasi” nomli 
asbob ixtiro etgan. Bir qancha usturloblar, diametri 7,5 m bo’lgan «devoriy kvadrant” 
yasagan. Solishtirma og’irlikni aniqlash uchun ham maxsus asbob ixtiro etgan. Abu 
Rayhon Beruniy O’rta Osiyo va umuman Yaqin SHarqda birinchi ilmiy globuslardan 
birini bunyod etgan olim sanaladi. 
Yevropada eksperimental tadqiqotlar haqidagt dastlabki yozma ma’lumotlar 
Uyg’onish davri (XV – XVІ asrlar) olimlari asarlarida paydo bo’la boshladi. Uyg’onish 


11 
davrining yirik namoyandalaridan biri mashhur olim va rassom Leonardo da Vinchi 
(1452-1519 y.) o’zining «Turli uzunlikdagi simlarning qarshiligini sinash” deb 
nomlangan maqolasida ilk bor o’tkazilgan tajriba haqida so’z yuritadi. Maqolada tajriba 
o’tkazish uchun o’zi yasagan uskunaning chizmasi ham keltiriladi. Tajriba uslubiga 
ko’ra tarang tortilgan simning uchiga qum soladigan idish ilinadi. Tajriba chog’ida bir 
vaqtning o’zida har xil uzunlikdagi bir necha sim uzulgunga qadar yuklanadi. Tajribani 
bir necha marotaba takrorlash tavsiya etiladi. Leonardo da Vinchi turli uzunlikdagi 
to’sinning yuk ko’tarish qobiliyatini ham sinovdan o’tkazgan. 
Mustahkamlik nazariyasiga ulkan hissa qo’shgan buyuk olimlardan biri Galileo 
Galiley (1564-1642 y.) tadqiqotning tajribaviy usullariga katta e’tibor berdi. Geometrik 
o’xshash inshootlar barpo etishda absolyut o’lchamlarning ortishi bilan inshoot 
mustahkamligining kamaya borishini tajribaviy sinovlar orqali tasdiqladi. Oddiy 
cho’zilishga ishlaydigan brusning mustahkamligi uning uzunligiga emas, ko’ndalang 
kesim yuzasiga bog’liq ekanligini tajriba yo’li bilan isbotladi. Bir uchi qistirib 
mahkamlangan brusning egilishga bo’lgan mustahkamligini aniqlash maqsadida qator 
tajribalar o’tkazdi. Natijada brusning mustahkamligi uning geometrik o’lchamlariga 
bog’liq ekanligini isbot etdi. 
Materiallar qarshiligi fanining rivojlanishiga R.Guk (1635-1703 y.) katta hissa 
qo’shgan olimlardan biri sanaladi. Kuch bilan deformatsiya orasida bog’liqlik 
mavjudligi haqidagi qonunni ilk bor R. Guk ta’riflagan. Konsol balkaning erkin uchiga 
pastga yo’nalgan yig’iq kuch qo’yilishidan hosil bo’lgan egilishda, balkaning ustki 
tolalari cho’zilib, pastki tolalari siqilishini birinchi bo’lib R. Guk aniqlagan. Elastik 
jismga qo’yilgan kuch jismdan olingandan keyin, jism yana dastlabki holatiga 
qaytishini ham birinchi bo’lib R. Guk aytgan. 
E. Mariott (1620-1684 y.) zarba kuchini materialga ta’siri, balkani egilishdagi 
holati bo’yicha qiziqarli tajribalar o’tkazdi, ballistik tebrangich ixtiro qildi, 
materiallarni cho’zilishga sinaydigan uskuna yaratdi va bu uskunada ko’plab tajribalar 
o’tkazdi. 
T. Yung (1773-1829 y.) ilk bor tajriba asosida materiallarni siqishga sinaganda 
namunalarning ko’ndalang o’lchamlari o’zgarishini aniqladi, Guk qonunining 
qo’llanish chegarasi cheklanganligiga e’tiborni qaratdi, zarbaga doir ko’plab tajribalar 
o’tkazdi. 
XІX asrning ikkinchi yarmidan boshlab material va konstruktsiyalarni sinash 
bilan shug’ullanadigan laboratoriyalar tarmog’i gurkirab rivojlandi, sinash mashinalari 
va o’lchash asboblarining yangi turlari yaratildi. SHuni qayd etish mumkinki, XX 
asrning birinchi yarmida qurilish konstruktsiyalarini hisoblash va ularni sinash 
muammolari to’liq shakllanib bo’ldi, bu davrga kelib o’zining usullari va vositalariga 
ega bo’lgan mustaqil fan darajasiga ko’tarildi. 


12 
1918 yilda Moskvada Aloqa yo’llari ilmiy-eksperimental instituti tarkibida 
Muxandislik tadqiqotlari instituti tashkil etildi. Uning zimmasiga ko’priklar va qurilish 
ob’ektlarini tekshirish, ularning haqiqiy ishlash holatini aniqlash vazifasi yuklatildi. 
Institutning birinchi direktori etib, keyinchalik SSSR Fanlar akademiyasining muxbir-
a’zosi bo’lgan, N.S. Streletskiy tayinlandi. Uning rahbarligi ostida mashhur olimlar 
I.M. Rabinovich, M.M. Filolenko-Borodich, G.A. Nikolaev, Yu.A.Nilender va 
boshqalar faoliyat ko’rsatdilar. 
Qurilish ob’ektlarini tekshirish va sinash, sinashga doir asbob-uskunalar 
yaratishda ulkan hissa qo’shgan olimlarning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz: 
I.L.Korchinskiy, K.I.Bezuxov, O.V.Lujin, N.N.Aistov, N.A.Krыlov, R.I.Aronov, 
D.E.Dolidze, G.Ya.Pochtovik, A.I.Yakovlev, Yu.D.Zolotuxin, Q.S.Abdurashidov va 
boshqalar. 
Respublikamizda ham bu borada salmoqli ishlar qilindi. O’zbekiston Fanlar 
akademiyasi qoshidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 
(MISMI), O’zLITTI (avvalgi TashZNIIEP), Toshkent Arxitektura-qurilish va Toshkent 
Avtomobil yo’llari institutlari olimlari tomonidan ko’plab eksperimental ishlar amalga 
oshirildi, olingan xulosalar amaliyotga joriy etildi. Bular ichida ayniqsa MISMIda 
bajarilgan ishlar diqqatga sazovordir. Mazkur institutning «Inshootlarni sinash” 
laboratoriyasida professor Q.S. Abdurashidov rahbarligida 1960-1980 yillar davomida 
bino va inshootlarni naturaviy sinash bo’yicha keng ko’lamda eksperimental 
tadqiqotlar olib borildi. Tajriba ob’ektlarining diapozoni keng qamrovli bo’lgan: ko’p 
qavatli turar joy binolari, maktablar, mehmonxonalar, ma’muriy binolar, GRES tipidagi 
energetik inshootlar, “Struktura” tipidagi sanoat binolari; konstruktiv yechimga ko’ra – 
temirbeton yoki metal karkasli binolar, g’isht devorli yoki yirik panelli binolar ana 
shular jumlasidandir. 
Imoratlarning buzilishi va halokati sabablarini o’rganish va tahlil etish ham katta 
amaliy ahamiyatga molik masala. Ammo bu sohada amalga oshirilgan ishlar hozirgi 
paytda sanoqli darajada. 
F.D. Dmitriev, B.I. Belyaev, V.S. Kornienko, M.N. Lashchenko, M.M. 
Saxnovskiy, A.M. Titov va A.N. SHkinevning ilmiy ishlarida bino va inshootlarning 
buzilish sabablari chuqur tahlil etilgan. Biroq buzilishlarning aniq sabablari va tasnifi 
hozirga qadar klassifikatsiya qilinmagan. SHunday bo’lsa ham, konstruktsiyalarni 
buzilishga olib keluvchi ba’zi bir ob’ektiv holatlarni keltirish mumkin: tekshirilayotgan 
ob’ektning haqiqiy ishlash sharoitini yaxshi bilmaslik ; loyihalash jarayonida yo’l 
qo’yilgan xatolar va konstruktsiyaga qo’yiladigan yuklar miqdorini noto’g’ri hisoblash; 
ob’ekt detallarini tayyorlash va montaj qilishdagi nuqsonlar; ob’ektdan noto’g’ri 
foydalanish kabi holatlar ana shular jumlasidandir. Dovul shamollari, tsunami 
to’lqinlari, zilzila, ko’chki, kuchli sel oqimlari va portlash kabi tabiiy ofatlar ta’sirida 
yuz beradigan buzilishlar bundan mustasno. 


13 
Buzilishlarga oid ba’zi xarakterli misollarni keltiramiz. 1875 yilda Kevda daryosi 
ko’prigi qulab tushgan. Ko’prik, yuk pastki poyasdan harakatlanadigan, metal 
fermadan tashkil topgan edi. Fermaning uzunligi 33,5 m bo’lib, yuqori poyasida 
gorizontal bog’lagichlar bo’lmagan. Tekshiruv ishlarini olib borgan F.S. Yasinskiyning 
ko’rsatmasiga ko’ra, ko’prikning buzilishiga yuqori poyas ustivorligining yo’qolishi 
sabab bo’lgan. 
1904 yilda AQSHning Nьyu-York shahrida qurib bitkazilmagan 10 qavatli metal 
karkasli bino qulab tushgan. Buning sababi ham ustivorlikning yo’qolishi bo’lgan. 
1913 yilda Kanadada Transkon elevatorida ibratomuz avariya holati vujudga 
keldi. Yaxlit temirbeton plitaga o’rnatilgan temirbeton inshoot bir tomonga og’ib 
ketgan edi. Buning sababi zamin tuzilishini puxta o’rganilmaganligi bo’lgan. O’z 
vaqtida qo’llanilgan chora-tadbirlar vositasida inshoot loyiha holatigi qaytarilgan va 
avariyaning oldi olingan. 
1940 yil AQSHdagi Merrouz daryosi uzra qurilgan osma ko’prikning halokati 
ibratli ahamiyatga ega. Ko’prikning umumiy uzunligi 1662 m, asosiy oralig’i (prolyoti) 
845 m. Birdan kuchayib (yana pasayib) ketadigan (поривистый) shamol ta’sirida 
ko’prikning gorizontal tekislikdagi tebranishlari buralma va vertikal tebranishlarga 
o’tib ketgan va natijasida mazkur halokat yuz bergan. Halokatning nazariy tahlilini 
yirik rus olimi V.Z. Vlasov (1906-1958 y.) amalga oshirgan. U halokatga yupqa devorli 
sterjenning katta miqdordagi egilish- buralish shaklidagi tebranishlari sabab 
bo’lganligini isbot etgan. 
1962 yilda balandligi 252,55 m va diametri 2,2 m bo’lgan quvursimon 
radiomachta qulab tushgan. Machta to’rt yarus bo’yicha besh tomonga sim bilan 
tortilgan. Ma’lum bo’lishicha, machtaning qulashiga ustivorlikning buzilishi sabab 
bo’lgan. Ustivorlikning buzilishiga esa quvur payvand choklari sifatining pastligi sabab 
bo’lgan. 
B.N. Belyaev va V.S. Kornienko 1951-1967 yillarda avariyaga uchragan 39 ta 
po’lat konstruktsiyalarning buzilish sabablarini tahlil qilishdi. Buning natijasida 16 
holda 
sanoat 
binolarining 
tomi 
bosib 
qolganligi, 

holda 
hajmiy-list 
konstruktsiyalarning (rezervuarlar, siloslar, texnologik agregatlarning qobiqlari) 
buzilganligi, 7 holda elektr uzatish va radioaloqa simlari tayanch ustunlarining qulashi, 

holda 
transport 
galereyalarining 
jiddiy 
shikastlanganligi 
ayon 
bo’ldi. 
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, avariyalarning 50% - qurilish jarayonida, 41% - 
eksploatatsiya jarayonida, 26-28% loyihachining xatolari tufayli sodir bo’lgan. SHuni 
qayd etish lozimki, avariyalarning deyarlik yarmi alohida elementlar va umumiy 
ustivorlikning buzilishi oqibatida yuz bergan. 
Yaratilayotgan konstruktsiyalar ustidan nazorat olib borishning ham ahamiyati 
katta. Moskva teleradio markazining Ostankino minorasi bo’yicha ko’p yillardan beri 
olib borilayotgan nazorat-kuzatuv ishlari bunga yaqqol misol bo’laoladi. Bunda zamin 


14 
gruntlarining deformatsiya holati, minora betonining ishlashi, tortilgan troslarning 
tarangligi, konstruktsiya tebranishining parametrlari kuzatib boriladi. 
O’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab qurilish amaliyotiga sanoat binolari 
tomini yopishga mo’ljallangan fazoviy panjarasimon strukturali tomyopmalar kirib 
kela boshladi. Sobiq MDH davlatlarining 7 ballik zonalarida bunday tomyopmalarning 
“Modul” va “Kislovodsk” rusumli turlari keng yoyildi. Fazoviy tomyopmalarning bu 
turi iqtisodiy samaradorligi jihatidan boshqa konstruktsiyalarga nisbatan yuksakroq 
bo’lganligi uchun ularni 8 va 9 balli zonalarda ham qo’llash muammosi paydo bo’ldi. 
Bu muammoni uzil-kesil hal qilishning yagona yo’li naturaviy sinash yo’li edi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish