1.5.Qurilishda metrologiya va standartlashtirish asoslari
Ilmiy-texnikaviy progressning tezlanishi sharoitlarida qurilishda qurilish
konstruktsiyalari,
detallari
va
bog’ichlarini
unifikatsiyalashga,
qurilish
konstruktsiyalarini tayyorlash va montaj qilish sifatini oshirishga aloxida axamiyat
berilmoqda.
Qo’yilgan masalalarni yechish, qurilishda metrologiya va
standartlashtirish rolini keskin oshirishni taqozo etadi.
Metrologiya - bu o’lchashlar, ularning birligini va talabdagi aniqligiga erishish
yo’llarini ta’minlovchi usul va vositalar xaqidagi fan. Metrologiyada: o’lchashlarning
umumiy nazariyasi, fizikaviy kattaliklar va ularning tizimini birliklari, o’lchash usullari
va vositalari, o’lchash aniqligini topish usullari, o’lchash mushtarakligi va o’lchash
vositalarining bir xilligini ta’minlash asoslarini, o’lchov birliklarini etalon yoki namuna
o’lchov vositalaridan ishchi o’lchov vositalariga uzatish usullari ko’riladi.
Metrologiya - metrologik ta’minotning ilmiy asosidir. Metrologik ta’minotda
o’lchashning yagonaligi va talabdagi aniqlikka erishish uchun kerakli ilmiy va tashkiliy
asoslarni, texnikaviy vositalarni, qoida va me’yorlarni o’rnatiladi va qabul qilinadi.
Metrologik ta’minot quyidagi tizimlarni:
-birliklarni yuqori aniqlikda aks ettirishni ta’minlovchi fizik kattaliklarning
davlat etalon birligi;
-o’lchashning namunaviy vositalari va boshqa tekshiruv vositalari yordamida
o’lcham birliklarini barcha o’lchov vositalari etalonlaridan fizik kattaliklarga uzatish;
-moddiy ishlab chiqarish sferasida, faoliyatning ilmiy-tadqiqot va boshqa
turlaridagi maxsulot, texnologik jarayonlar va boshqa ob’ektlarning tavsiflarini
talabdagi aniqliklarini belgilashni ta’minlovchi ishlanmalarni, ishlab chiqarishga
qo’yishni va ishchi o’lchov vositalarini muomalaga qo’yish;
-ashyo va konstruktsiyalarni olish va foydalanishdagi texnologik jarayonlarni
ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqodlarning ishonchli ma’lumotlari bilan ta’minlovchi,
fizik konstantalar va modda va ashyolarning xossalari xaqidagi standart
ma’lumotnomalarni o’z ichiga oladi. Bulardan tashqari metrologik ta’minotga:
20
-seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga va xorijdan partiyalar bilan
keltirilishga mo’ljallangan, o’lchash vositalarini ishlab chiqishda va muomalaga
chiqarishda bir xillikni ta’minlovchi o’lchov vositalarining davlat sinovi yoki
metrologik shaxodatlash;
-tayyorlash, ekspluatatsiya qilish va remont qilishda o’lchov vositalarini bir
xilligini ta’minlovchi majburiy davlat va maxkamaviy tekshiruvi;
-qiymat birliklarini aks ettirishni ta’minlovchi, modda va ashyolarning tarkib va
xossalarini tavsiflovchi tarkib va modda xossalarining standart namunalari kiradi.
O’lchashning metrologik ta’minoti muammosi standartlashtirish oldida turgan
masalalar bilan uzviy bog’langan. Standartlashtirish - ma’lum bir soxaning faoliyatini
foydali yo’lga qo’yish uchun qoidalar ishlab chiqish va qo’llashdir. Standartlashtirish
ob’ektiga fanda, texnikada, qurilishda foydalaniladigan, ko’p marta qo’llanish
istiqboliga ega bo’lgan muayyan maxsulotlar, me’yorlar, talablar, usullar va atamalar
kiradi. Qurilishda standartlashtirishga konstruktsiya va inshootlarni xisoblash usullari
va loyihalashtirish, ashyo va buyumlarga bo’lgan talablar, bino va inshoot
konstruktsiyalarini qurilishva montaji bosqichidagi qo’yimlar, sinash va o’lchov
o’tkazish usullari, olingan o’lchov natijalarini taqdim etish va qayta ishlash usullari va
boshqalar molikdir.
Standartlar ishlab chiqarishning taraqqiyot suratiga va darajasiga katta ta’sir
ko’rsatadi. Fan, texnika va amaliy tajribalarning eng oxirgi yutuqlariga tayanib
standartlashtirish ko’p xollarda ishlab chiqarishda erishilgan muvaffaqiyatlarni qayd
etibgina qolmay, shu bilan birga ilm va texnika taraqqiyotining richaglaridan biriga
aylanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |