1. Ko'chmas mulk qiymatini baholash


Ko'chmas mulk qiymatini baholash quyidagi bosqichlari



Download 338,5 Kb.
bet2/8
Sana09.04.2022
Hajmi338,5 Kb.
#538824
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4.Ko‘chmas mulk ob’ektlarini baholash va baholash nazariyasi

Ko'chmas mulk qiymatini baholash quyidagi bosqichlari:
1. baholashga oid vazifani belgilash va baholash obyektini baholash to'g'risida shartnoma tuzish;
2. axborot yig'ish va uni tahlil qilish;
3. ko'chmas mulkdan eng maqbul va eng samarali foydalanishning tahlili;
4. baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qo'llash;
5. baholash natijalarini, qo'llanilgan baholash yondashuvlarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash;
6. baholash to'g'risida hisobot tuzish.


1. Baholashga oid vazifani belgilash

1. Baholashga oid vazifa buyurtmachi tomonidan baholovchi tashkilot bilan hamkorlikda tuziladi va baholash obyektini baholash to'g'risidagi shartnomaga ilova sifatida rasmiylashtiriladi. Baholashga oid vazifada quyidagilar ko'rsatilishi lozim:


baholash obyektining tavsifi;
baholash sanasi;
baholash maqsadi (maqsadlari) va baholash natijalaridan foydalanish mo'ljali;
baholash maqsadiga muvofiq bo'lgan qiymat turi;
farazlar va cheklovchi shartlar;
buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etishi lozim bo'lgan boshlang'ich axborot ro'yxati;
baholash ishlarini bajarish muddatlari.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholashga oid vazifa qo'shimcha shartlarni o'z ichiga olishi mumkin.
2. Baholash obyektining tavsifi quyidagilarni o'z ichiga olishi lozim:
baholash obyektining nomini;
baholash obyektining manzili (joylashgan yeri)ni;
baholanayotgan ko'chmas mulk tarkibi haqidagi uning har bir tarkibiy qismini identifikasiya qilish uchun yetarli bo'lgan axborot ko'rsatilgan ma'lumotlarni;
baholanayotgan ko'chmas mulkka bo'lgan mulkiy huquqlar, shuningdek mazkur huquqlarga doir cheklashlar va ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishi haqidagi ma'lumotlarni.
Baholash obyektiga nisbatan uchinchi shaxslarning mulkiy huquqlarini, mazkur obyektdan foydalanishdagi cheklashlarni va unga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishini tasdiqlovchi hujjatlar bo'lmagan taqdirda, uning qiymatini baholash, agar baholashga oid vazifada o'zgacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, baholovchi tomonidan ko'rsatilgan huquqlar, cheklashlar va boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishi yo'qligi haqidagi farazdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
3. Baholash maqsadi sifatida baholash natijalaridan yoki baholash to'g'risidagi hisobotdan foydalanishning buyurtmachi tomonidan mo'ljallanayotgan usuli ko'rsatiladi.
4. Ko'chmas mulk qiymatini baholashda baholash obyektining bozor qiymati aniqlanishi lozim, agar baholash obyektini baholashda qo'llanilayotgan normativ-huquqiy hujjatda yoki baholash obyektini baholash to'g'risidagi shartnomada o'zgacha tartib o'rnatilgan bo'lmasa. Bozor qiymatidan boshqacha qiymat aniqlanishi lozim bo'lgan holatlarda qo'llanish sabablari hamda aniqlanayotgan qiymat va bozor qiymati o'rtasidagi farqlar baholash to'g'risidagi hisobotda bayon etilishi va yoritib berilishi lozim.
Baholash obyektining bozor qiymati oldi-sotdi bitimini tuzish xarajatlari va bitim bilan bog'liq bo'lgan soliqlarni hisobga olmasdan aniqlanadi.



Download 338,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish