Ko‘chmas mulk ob’ektlarini baholash va baholash nazariyasi
Reja:
1. Ko'chmas mulk qiymatini baholash.
2. Ko'chmas mulk bozori va bozorni tahlil qilish.
3. Ko'chmas mulklarni baholashning xuquqiy asoslari
Tayanch iboralar: Ko'chmas mulk qiymatini baholash, asosiy qurilish konstruksiyalari tipi, pul oqimlarini diskontlash usuli, baholash maqsadi, oldi-sotdi harakatlari, regionlar va obyekt turlari, sotuvchi, xaridor, kuchms mulkni bozor bahosi.
1. Ko'chmas mulk qiymatini baholash.
1. Quyidagi ko'chmas mulk obyektlari baholash obyektlari hisoblanadi:
bo'sh turgan (yaxshilanmagan) yer uchastkalari;
imorat qurilgan yer uchastkalari (yaxshilashlar amalga oshirilgan yer uchastkalari).
Baholash obyektlari qiymati ularga bo'lgan mulkiy (ashyoviy va majburiyat) huquqlar, ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishi va mazkur huquqlarga doir cheklashlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
2. Bajarilgan ko'chmas mulk qiymatini baholash natijalaridan baholash obyekti qaysi shaxslar balansida turgan bo'lsa, shu shaxslar buxgalteriya hisobi va hisobot ma'lumotlariga tuzatish kiritish uchun foydalanishlari mumkin, basharti buxgalteriya hisobi va hisobotga doir normativ-huquqiy hujjatlarda aktivlarni boshlang'ich (tarixiy) qiymatiga muvofiq baholash umumiy qoidalaridan chekinish nazarda tutilgan bo'lsa.
3. Moliyaviy hisobot tuzish maqsadida baholashni bajarishda ko'chmas mulk unga egalik qilish maqsadlariga qarab quyidagi toifalarga ajratiladi:
korxona (biznes) faoliyatida foydalaniladigan ko'chmas mulk;
hozirgi yoki bo'lg'usi ijara daromadini olish uchun yoki kapital qiymatini saqlab turish yoki ko'paytirish uchun foydalaniladigan investision ko'chmas mulk;
ishlab chiqarish (biznes) ehtiyojlari uchun ortiqcha bo'lgan ko'chmas mulk;
o'zlashtirish va rivojlanish maqsadlari uchun mo'ljallangan ko'chmas mulk;
tovar zaxiralari sifatida foydalaniladigan ko'chmas mulk.
4. Korxona (biznes) faoliyatida foydalaniladigan ko'chmas mulkni baholashda quyidagilar baholash bazasi sifatida qabul qilinadi:
mavjud foydalanishdagi bozor qiymati - ixtisoslashtirilmagan ko'chmas mulk, shu jumladan, tijoratga oid imkoniyatlarga muvofiq baholanayotgan ko'chmas mulk uchun;
o'rniga belgilash qoldiq qiymati - ixtisoslashtirilgan ko'chmas mulk uchun.
Investision ko'chmas mulkni va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ortiqcha bo'lgan ko'chmas mulkni baholashda baholash bazasi sifatida bozor qiymati qo'llaniladi.
O'zlashtirish va rivojlanish maqsadlari uchun mo'ljallangan ko'chmas mulkni baholashda baholash bazasi sifatida:
ixtisoslashtirilmagan ko'chmas mulk uchun - bozor qiymati;
ixtisoslashtirilgan ko'chmas mulk uchun - o'rniga belgilash qoldiq qiymati qo'llaniladi.
Tovar zaxiralari sifatida foydalaniladigan va joriy aktivlar hisoblanadigan ko'chmas mulkni baholashda mazkur aktivlarning buxgalteriya hisobi xususiyatlarini e'tiborga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |