1. Ko'chmas mulk qiymatini baholash


Baholash natijalari qo'llanilgan baholash yondashuvlarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash



Download 338,5 Kb.
bet5/8
Sana09.04.2022
Hajmi338,5 Kb.
#538824
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4.Ko‘chmas mulk ob’ektlarini baholash va baholash nazariyasi

5. Baholash natijalari qo'llanilgan baholash yondashuvlarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash
1. Baholovchi baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash uchun baholashda qo'llanilgan yondashuvlarning natijalarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Turli xil baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari o'rtasida jiddiy tafovut mavjud bo'lsa, baholovchi olingan tafovut sabablarining tahlilini baholash to'g'risidagi hisobotda keltirishi lozim. Baholash natijasining yuqori chegarasidan 30 foizdan ortiq qiymatga ega bo'lgan tafovut jiddiy tafovut deb hisoblanishi lozim.
2. Muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun taqqoslama o'lchovlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi, bunda baholovchi:
baholash maqsadini va baholash natijalaridan foydalanish mo'ljalini;
baholash obyektining xususiyatini;
qiymat turini;
baholash yondashuvlarini qo'llashda foydalanilgan axborot hajmi va sifatini hisobga olishi lozim.
3. Muvofiqlashtirish usuli va taqqoslama o'lchovlarning tanlanishi hamda bunda, baholovchining barcha mulohazalari va farazlari baholash to'g'risidagi hisobotda asoslanishi lozim.
4. Baholash obyektining yakuniy qiymati pul hisobida yagona kattalik sifatida ifodalanishi lozim.


6. Baholash to'g'risidagi hisobotga qo'yiladigan talablar

1. Baholash natijalari baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan va baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymati xususidagi yig'ilgan axborot va hisoblashlar asosida tasdiqlangan professional mulohazasini o'z ichiga olgan baholash to'g'risida hisobot sifatida rasmiylashtirilishi lozim.


2. Hisobot baholash milliy standartlari talablariga muvofiqlik to'g'risidagi bayonotni va ulardan har qanday chetga chiqish haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi lozim.
3. Baholash to'g'risida hisobotni tuzishda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim:
baholash obyekti qiymatini aniqlash uchun yetarli bo'lgan barcha ochiq axborot hisobotda bayon etilishi lozim;
baholash to'g'risidagi hisobotning mazmuni mazkur hisobotdan foydalanuvchilarni chalg'itmasligi hamda ikki xil talqinga yo'l qo'ymasligi kerak;
baholash to'g'risidagi hisobotda ifodalangan materiallar tarkibi va ketma-ketligi, baholash jarayoni tavsifi, hisoblashlar va hisoblashlarga izohlar baholash to'g'risidagi hisobotdan foydalanuvchiga qiymatni hisoblashni amalga oshirish imkoniyatini berishi va uni ayni shu natijalarga keltirishi lozim;
baholash jarayonida oraliq va yakuniy natijalarni aniqlashda foydalanilmagan axborot, agar u baholash faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarining talablariga binoan majburiy bo'lmasa, baholash to'g'risidagi hisobotda keltirilishi mumkin emas.
4. Ko'chmas mulk qiymatini baholash to'g'risidagi hisobot quyidagi asosiy bo'limlardan iborat bo'lishi lozim:
titul varag'i;
mundarija;
umumlashtiruvchi qism (ilova xat);
baholashga oid vazifa hamda asosiy faktlar va xulosalar;
baholash obyektining tavsifi;
baholash obyekti bozorining tahlili;
eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili;
baholash yondashuvlari va usullarining tanlanishi va qo'llanilishi tavsifi;
baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash;
ilovalar.
Bo'limlarni joylashtirish ketma-ketligi, ularni nomlash va bo'limlar doirasida axborotni guruhlash baholovchining vakolatiga kiradi va baholovchi tomonidan bajarilgan baholash hamda tahlil va hisob-kitoblarning natijalarini bayon etish mantiqiga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Baholash to'g'risidagi hisobotning ilovalariga quyidagilar kiritiladi:
foydalanilgan hujjatlarning nusxalari, shu jumladan, baholash obyektiga huquqlarni belgilovchi hujjatlarning nusxalari, kadastr hujjatlari bo'limlarining nusxalari;
baholanayotgan obyektning uning baholash sanasidagi texnik holati aks ettirilgan fotomateriallari;
baholovchi tashkilot lisenziyasining nusxasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va baholovchi tashkilotning fuqarolik majburiyati sug'urta polisining nusxalari;
baholovchining ixtiyoriga qarab boshqa materiallar.
6. Baholash to'g'risidagi hisobotning har bir beti raqamlanishi va baholash obyektini baholashdan o'tkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanishi, shuningdek baholash to'g'risidagi hisobot ip o'tkazib tikilishi hamda baholovchi tashkilot rahbarining imzosi va shu tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Agar baholash bir nechta baholovchilar tomonidan bajarilgan bo'lsa, baholash to'g'risidagi hisobotda mazkur hisobotni tayyorlash jarayonida ular bajargan ish ko'rsatiladi.



Download 338,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish