Vijdon erkinligi– fuqorolarning dinga munosabati; har qanday shaxs xohlasa dinga e’tiqod qiladi, xohlamasa e’tiqod qilmaydi. Yoki o’zi tanlagan dinga e’tiqod qiladi. Dinga ishonish yoki ishonmaslik uchun ta’qib qilinmaslik, jazolanmaslik, kamsitilmaslik vijdon erkinligining amalda bo’lishidir. Biror-bir dinga e’tiqod qilishga majburlash ham, vijdon erkinligiga ziddir. Vijdon erkinligi dunyoviy davlat prinsiplaridan kelib chiqadi. (Konstitutsiyaning 31-moddasi ).
Verbal muloqot - ikki yoki undan ortik shaxslarning so’z, nutqiy vositalar yordamida fikr almashishlari (munosabatga kirishishlari).
Globallashuv – davlatlar va xalqlar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchinig erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko’plab yangi ish o’rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg`unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kashf etishi, ekologik ofatlar paytida o’zaro yordam ko’rsatish imkoniyatlarining ortishi tushuniladi.
Davlat ramzlari – Konstitutsiyada belgilangan bo’lib (5-modda), bayroq, gerb va madhiya hisoblanadi. Ularning tuzilish shaqli, maqsadi, ishlatilishi maxsus qonunlar bilan tasdiqlangan. Bular mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi ramziy belgilardir. Ularda mamlakat xususiyatlari aks ettiriladi.
Davlat bayrog`i – davlat ramzlaridan biri bo’lib, uni boshqa mamlakatlardan farqlovchi belgidir. U mamlakat hududida ilgari mavjud bo’lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayrog`iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiati xususiyatlarini, xalqining milliy va madaniy sohalaridagi o’zligini aks ettiradi. Bayroq maxsus qonun bilan tasdiqlanadi va qayerlarda, qachon o’rnatilib qo’yilishi belgilanadi. Bayroqning rangi, undagi belgilarning chuqur ma’nosi bor. O’zbekiston bayrog`idagi moviy rang Sharqda azaldan qo’llangan bo’lib, osmon va musaffo suv ramzidir, oq rang tinchlik va poklik timsoli, qizil yo’llar hayot ramzi, tomirlarda oqayotgan qon, ya’ni tiriklik rangi, yashil rang O’zbekistonning go’zal tabiati ramzi. Yarim oy va yo`lduzlar – musaffo osmon va tinchlikni bildiradi. Bayroq mamlakatimizning o’tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir. "O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i to’g`risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan.
Davlat gerbi – davlat ramzlaridan biri, davlatning rasmiy tamg`asi bo’lib, muhrlarda, turli hujjat nusxalarida, pul birligida aks ettiriladi. Uning ko’rinishi maxsus qonun bilan belgilangan. O’zbekiston gerbining markazidagi Humo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzi, sakkiz qirrali yo`lduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli, quyosh – yo’limizning hamisha nurafshon bo’lishi, boshoq – rizq-ro’zimiz, paxta – O’zbekiston boyligi, bug`doy va paxta chanog`idagi tasma – xalqimiz do’stligi ramzidir. "O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g`risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |