Anjuman-fors-tojikcha so’z bo’lib, keng doirada o’tkaziladigan yig`in, yig`ilish, kengash va majlislarga nisbatan aytiladi.
Armiya– davlatning mustaqilligini tashqi tajovuzlardan saqlashning asosiy vositalaridan hisoblanuvchi qurolli kuchlardir. Armiyaning tarkibi, soni davlat tomonidan ehtiyoj va imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
Assotsiatsiya – uyushmaga birlashish, ittifoq tuzish. Iqtisodiyot sohasi, mulk shaqlidan qat’iy nazar korxonalar, tashkilotlar va alohida shaxslarning yagona manfaatdorlik, ishlab chiqarish asosida birlashishi.
Assalomu alaykum. Kishilar o’zaro uchrashganda bir-biriga aytadigan arab tilidagi tilagi bo’lib, «Sizga osoyishtalik va salomatlik tilayman» degan ma’noni anglatadi. Salomni qabul qiluvchi kishi esa «Va alaykum assalom» (sizga ham tinchlik, salomatlik bo’lsin) deb javob qaytaradi.
Birinchi bo’lib kichiklar salom beradi, kattalar alik oladilar. U kishilararo muomala-munosabatning boshi bo’lib, suxbatga o’ziga xos iliqlik, samimiyat bahsh etadi.
O’zidan kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat yuzasidan tanisa, tanimasa salom-alik qilish xalqimizning axloqiy fazilatlaridan hisoblanadi.
Afv etish – shaxsning sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan yoki tayinlanadigan jazoni o’tashdan ozod etish, ya’ni kechirish. Bunda har bir kishining shaxsi, avvalgi xizmatlari, o’zini tutishi, to’g`ri yo’lga kirganligi, jinoyatning harakteri (og`ir-yengilligi), yetkazilgan zarar hamda kechirim so’rash haqidagi iltimoslari e’tiborga olinadi. Afv etish orqali shaxs jazoning hammasini o’tashdan ham ozod qilinishi mumkin. Afv e’lon qilish huquqi faqat O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishlidir (Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandi).
Shuningdek, amnistiya ham muhim sanalar, bayramlar munosabati bilan jinoyat sodir etganlar hamda jinoyati uchun jazoni o’tayotganlarni umumiy afv etish (kechirish) ma’nosini anglatadi. Amnistiya (umumiy afv) haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon chiqaradi. Mamalkatimizda Mustaqillik kuni, Xotira va Qadrlash kuni, Konstitutsiya kuni munosabati bilan amnistiya e’lon qilinadi. Bu adashib jinoyat sodir etganlarning davlatga, jamiyatga ishonchini kuchaytiruvchi vosita. Amnistiya qoida tariqasida birinchi marta uncha og`ir bo’lmagan jinoyat sodir etganlarga, ayollarga, nogironlarga, keksalarga, voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladi. Amnistiya jazodan ozod qilish yoki jazoni kamaytirishni ko’zda tutadi. Og`ir jinoyat sodir etganlarga, o’ta xafvli shaxslarga amnistiya qo’llanilmaydi. Har bir aniq holatda jazoni o’tayotganlarga amnistiya orqali jazodan ozod etilishi, kimlarning jazo muddati qancha qisqartirilishi, kimlarga amnistiya tatbiq qilinmasligi Prezident Farmonida aniq ko’rsatiladi.
Singdirish borasidagi harakatlar jangovar ta’limot va harbiy xizmat jarayoni, mafkuraviy ish, madaniy-oqartuv va ommaviy-sport tadbirlari davomida amalga oshiriladi.
Bayon. Maktab o’quvchilarining o’zlashtirgan bilimini yozma va og`zaki nazorat qilish turlaridan biri. Bunda ular o’qib berilgan yoki o’zi o’qigan tekstni yozma yo og`zaki ifodalaydi. Bayon o’quvchilarni teks mazmunini yaxshi anglab, uni yozma yoki og`zaki to’g`ri ifodalay olishga o’rgatadi, ularning xotirasi va nutq madaniyatini o’stiradi.
Bayon asosan ikki turga nazorat va ta’limiy bayonga bo’linadi. Nazorat bayonda o’qituvchi tekstni o’qib bergach, o’quvchilarga notanish bo’lgan so’zlarning ma’nosi va to’g`ri yozilishini tushuntirib beradi, so’ngra o’quvchilar mustaqqil ravishda reja tuzib, u asosida bayon yozadilar. Ta’limiy bayonda esa tekst o’qib berilgach, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida birgalashib reja tuzadilar, so’ngra tekst ikkinchi marta o’qiladi va shundan keyin o’quvchilar yozishga kirishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |