7.INFAGRAFIKA
Fan: “Ijtimoiy pedagogika”
Infografika axborotlarni grafik, jadval, chizma, rasm tarzida, aniq asosiy va muhim jihatlarini taqdimot orqali yaratishdir.
Mavzu yuzasidan olgan ma’lumotlarni grafik, jadval, chizma, rasm tarzida tahlil qilish.
8.DARSLARNING METODIK ISHLANMALARINI TAYYORLASH
Fan: “Ijtimoiy pedagogika”
Taklif etilgan dars shakli va mavzu yuzasidan manbaalar asosida mavzuning asosiy mazmunini ketma ketlikda amalga oshirish jarayoni tuzimidir. shakllantirilgan mavzular bo‘yicha dars ishlanmalarini ishlab chiqish
DARS ISHLANMASI
9.VEDEOROLIK YARATISH taklif etilgan mavzuning mazmunini ifodalash va to‘liq yoritilmagan qismini mustaqil tahlil qilish orqali lavhalar, video tasvirlar, ko`rsatmalar yaratish.
10.TEZIS VA MAQOLALAR TAYYORLASH
Fan: “Ijtimoiy pedagogika”
Tezis va maqolalar – talabaning muayyan masala yoki mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini, yakka yoki hamualliflikda, ilmiy, falsafiy mushohadalari ifodalangan mustaqil ish turidir. Tezis va maqolalar aniq bir mavzu bo’yicha fikrlar bayonidan iborat bo’lib, tezis hajmi 3 betgacha, maqola hajmi 5 va undan ko`p betgacha bo’lishi mumkin.
TA’LIMNI SAMARALI TAShKIL ETISh VA BAHOLASh MEZONLARI
Karimova Maxbuba Muqimjonovna
Nizomiy nomidagi TDPU
“Pedagogika va psixologiya”
mutaxassisligi 2 bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada ta’limni samarali tashkil etish va baholash mezonlari, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishdagi xususiyatlari, ularning namoyon bo‘lish mexanizmlari, o‘ziga xos jihatlari xususida fikr-mulohazalar keltirilgan.
Tayanch so‘zlar: ta’lim, samaradorlik, baholash, mezonlar, qobiliyat, rivojlantirish, faoliyat.
Ta’lim samaradorligi monitoringi - o‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasining DTSga mosligi, ular tomonidan tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllanganligi dinamikasini tahlil etish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar va ularning kelib chiqish omillarini aniqlash hamda bartaraf tish choralarini rejalashtirish jarayoni.
Ta’lim samaradorligi monitoringi - bu muammolarning yechimi mas, u faqat vaziyatni o‘nglash uchun imkoniyat yaratishga yordam beradigan instrument bo‘lib, quyidagilarga o‘z hissasini qo‘shadi:
muammolar va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashda;
ta’lim xizmatlarining kuchli va zaif tomonlarni aniqlashda;
pedagoglarning mas’uliyatini oshirish va ularning metodik htiyojlarini aniqlash;
samaradorlik va uni yana-da yaxshilash yo‘llarini aniqlashda;
ta’lim samaradorligini oshirish va prognoz qilishga.
Pedagoglarning kasbiy maxoratini va malakasini oshirish zamonaviy ilg‘or o‘quv materiallari va texnologiyalarni ta’lim muassasalarga tatbiq kilish yo‘li bilan ta’limni samaradorligini oshirishda ularga metodik yordam ko‘rsatish.
Ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganib ta’lim muassasalar orasida tatbiq tishda ko‘maklashish, ta’lim muassasalarini pedagogik xodimlarini o‘quv –metodik qo‘llanmalarga bo‘lgan htiyojlarini o‘rganish va qondirish
Do'stlaringiz bilan baham: |