Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo’lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash. Vatan ravnaqiga har bir fuqaroning o’z hissasini qo’shishga erishishi.
Vatanparvarlik– bu xalqimizga, uning an’analariga, tilimiz va madaniyatimizga muhabbat va hurmat bilan qarash hamda rivojlantirishga hissa qo’shish, yurtimizning haqiqiy jonkuyari bo’lish.
Vatanparvarlik- Odamlarning mamlakatiga bo’lgan munosabati va harakati bilan Vatan manfaatiga xizmat kilish va dushmandan ximoya kilishga intilishini namoyish etuvchi ijtimoiy va axloqiy tamoyil.
O’zbekistondagi vatanparvarlik - ko’p millatli Vatanga muhabbat va sadokatni ifodalovchi vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik tushunchasida Vatanga va mustaqillik yutuklariga muhabbat, kardosh xalklarga do’stona munosabat, Vatanning gullab yashnashi yo’lidagi ijtimoiy faollik, uni himoya kilish, milliy xudbinlik va takabburlikka xiloflik va baynalmilallik xislatlari mujassamdir. Vatanparvarlikni shaqllantiruvchi muhim omillardan biri - Qurolli Kuchlarning jangovar kudratini mustahkamlash va shaxsiy tarkibning uyushqokligiga yo’naltirilgan - vatanparvarlik ruhidagi tarbiyadir.
Vatanparvarlik ruhidagi tarbiya- harbiy xizmatchilarda huquqiy ong, harbiy burchni ado etish mas’uliyati vatanparvarlik va baynalmilallik sifatlarini shaqllantirish bo’yicha tashkiliy va mafkuraviy tadbirlar tizimi. Vatanparvarlik ruhidagi tarbiya jangchining butun xizmati davomida komandirlar, tarbiyaviy ishlar organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
Vazirlik-barcha hozirgi zamon ilg`or demokratik konstitutsion davlatlarida bo’lganidek, O’zbekiston xalq xo’jaligining ijtimoiy, siyosiy va madaniy qurilishining yirik tarmog`iga rahbarlikni amalga oshiradigan hamda shu tarmoqning bugungi ahvoli va kelgusi rivojlanishi uchun javob beradigan markaziy davlat boshqaruv organidir.
Har bir vazirlik maxsus vakolat va kompetensiyalar majmuiga ega. Vazirlikni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi, vaziyat talab qilganda tugatadi va shu masalaga doir farmonlarni Oliy Majlis tasdig`iga kiritadi. Vazirlikka vazir boshchilik qiladi. U O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mazkur lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.
Hozir O’zbekiston Respublikasida yigirmaga yaqin vazirlik faoliyat ko’rsatmoqda, bular jumladan: Adliya, Aloqa, Ijtimoiy ta’minot, Ichki ishlar, Mudofaa, Madaniyat va sport, Qishloq va suv xo’jalagi, Energetika va elektrlashtirish, Favqulodda holatlar, Mehnat, Moliya, Sog`liqni saqlash, Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Kommunal xizmat ko’rsatish vazirliklari.
Vazirlik davlat markaziy boshqaruv organlari ichida eng nufuzlisi hisoblanadi. Vazirliklar davlat byudjeti hisobidan moliyaviy ta’minlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |