10. O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati.
10. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 02.05.2012 y. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
11. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati.
11. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta‘minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan o‘rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishilmoqda. Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko‘paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tish masalasiga alohida e‘tibor qaratishimiz darkor. Yurtimizda fan, ta‘lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining innovatsion rivojlanish yo‘llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo‘lgan e‘tibor yildan-yilga oshib bormoqda.
12. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy investitsiyalardan samarali foydalanishning ustuvor yo’nalishlari.
12. Kichik biznesning mamlakat iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanishi uchun qulay zamin yaratuvchi xususiyati – ishlab chiqarishni tabiiy va moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalangan holda tashkil eta olish qobiliyatidir. Shu bilan birga, kichik biznesda tadbirkorlik g‘oyalari, muammolarning echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni ta‘minlovchi asosiy motivatsiya – bu tadbirkorlik subyektlarining o‘z daromadlarini oshirish, ularning moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, ma‘lumot darajasi va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o‘rta mulkdorlar qatlamiga mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish hisoblanadi.
Hududlarning ichki iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, undan samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo‘llash tizimli tarzda amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy e‘tibor hududdagi muammolarni hal etishda kichik biznesning kengroq ishtirokini ta‘minlash imkoniyatini beruvchi ishlab chiqarish tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim. Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi hamda xalqaro raqobatning kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta‘minlash tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini taqozo etadi. Bu borada kichik biznesdan hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarning manbai sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida o‘tkazilgan iqtisodiy islohatlar o‘z samarasini ko‘rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha turlarining tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda shu bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, iqtisodiy samaradorlik taminlanmoqda. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti jarayonlarida ish yuritadigan tadbirkorlik asosiy iqtisodiy mehnat faoliyatidan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda bilim, malaka, tajribaga ega bo‘lgan, yuqori daromad va foyda olishga erishish yo‘lida tavakkalchilik bilan ish bajaradigan tashabuskor inson faoliyati sifatida muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish, ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta‘minlashda eng ma‘qul bo‘lgan xo‘jalik yuritish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |