Yurtimizning buyuk allomalari



Download 46,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.03.2022
Hajmi46,73 Kb.
#484832
  1   2
Bog'liq
Yurtimizning buyuk allomalari



Yurtimizning buyuk allomalari
9 июля 2021
Aniq va tabiiy fanlarning rivoji
Aniq va tabiiy fanlarning rivoji. IX–XII asrlarda yurtimizda ilm-fan yuksak taraqqiyotga erishdi. Bu
davrda yashab ijod qilgan buyuk bobolarimiz jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan betakror hissalari bilan o‘z nomlarini
abadiylikka muhrladilar. Bu abadiylikka muhrlanganlar ro‘yxati buyuk bobomiz Muhammad ibn
Muso al-Xorazmiy nomi bilan boshlanadi.
Al-Xorazmiy
Al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmning Xiva shahrida tug‘ildi. Dastlab Xiva shahrida ilm olib yetuk olim
bo‘lib yetishdi. So‘ng O‘rta Osiyoning o‘sha davrdagi yirik ilm-fan markazi bo‘lgan Marv shahrida
(hozirgi Turkmanistondagi shahar) ijod qildi. Keyinroq Bag‘dod shahridagi (hozirgi Iroq davlati
poytaxti) ilmfan markazi – «Bayt ul-hikmat»da faoliyatini davom ettirdi. Uning eng yirik ishlaridan
biri.
Hindlar kashf etgan «0» dan «9» gacha bo‘lgan o‘nta raqam bilan har qanday sonni yozish
mumkinligini, uning murakkab rim raqamlaridan afzalliklarini isbotlab berdi. To‘rt amal – qo‘shish,
ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish qoidalarini yaratdi.
Al-Xorazmiy Siz 7-sinfdan boshlab o‘rganadigan algebra fanining asoschisi hamdir.
Uning bu fanga bag‘ishlab yozgan asari «Al-jabr val muqobala» deb ataladi.
TALABA.SU


Al-Xorazmiyning bu asari XII asrdan boshlab Yevropada tarqala boshladi. Yevropaning ba’zi
xalqlari «al-jabr» o‘rniga «algebra» atamasini ishlatganlar. Allomaning o‘z nomi esa matematika
fanida ko‘p ishlatiladigan (bu haqda yuqori sinflarda bilib olasiz) «algoritm» atamasida yashab
kelmoqda. Dunyoda o‘z nomi yoki asarining nomi fan nomiga aylanib ketgan allomalar juda kam.
Siz bu hodisa bilan har qancha g‘ururlansangiz, faxrlansangiz arziydi. Al-Xorazmiy 850-yilda
Bag‘dod shahrida vafot etdi.
Ahmad al-Farg‘oniy
Ahmad al-Farg‘oniy. Jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yana bir buyuk bobomiz Ahmad
al-Farg‘oniy 797-yilda Farg‘onaning Quva shahrida tug‘ildi. U yoshligidan ilm-fan asoslarini chuqur
o‘rgandi. O‘z ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida O‘rta Osiyoning o‘sha davrdagi eng yirik
ilm-fan markazi Marv shahriga keldi. So‘ng Bag‘dod shahridagi «Bayt ul-hikmat»da astronomiya,
matematika va geografiya kabi fanlar sohasida ijod qildi. Uning nomini mashhur qilib yuborgan
«Astronomiya asoslari haqidagi kitob» asari XII asrda Yevropada lotin tiliga tarjima qilindi.
Bu asar Ahmad al-Farg‘oniyni Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhur qilib yubordi. Ayni
paytda, asarning o‘zi Yevropa mamlakatlari universitetlarida (oliy o‘quv yurtlari) bir necha asr
davomida darslik sifatida o‘qitildi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa Ahmad al-Farg‘oniy.
Qo‘shgan buyuk bobomiz 865-yilda Misrda vafot etdi.
Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1998-yilda buyuk bobomiz tavalludining 1200
yilligi nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo miqyosida ham keng nishonlandi.
Abu Rayhon Beruniy
Абу Райхан Беруни


Abu Rayhon Beruniy (973–1048). Abu Rayhon Beruniy bobomiz ham jahon ilm-fani taraqqiyotiga
ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomadir. Ul zot Xorazmning Kat shahrida tug‘ildi. Zehni nihoyatda
o‘tkir bo‘lgan Beruniy Xorazm Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Beruniy, ayniqsa, astronomiya,
matematika, fizika, ma’danshunoslik, geografiya, til, tarix kabi fanlarni puxta egalladi. Ayni paytda
o‘zi ham bu fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi. 
Bizga Beruniydan ko‘plab asarlar meros bo‘lib qoldi. Ularning ichida astronomiyaga. oid asari
benihoya katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» va
«Hindiston» kabi asarlari tarix fani uchun muhim manba hisoblanadi.
U «Hindiston» asarida ummon ortida qit’a borligi haqidagi taxminni ilgari surdi. Yevropalik sayyoh
olimlar esa Beruniydan qariyb 500 yildan so‘ng bu qit’aning borligini amalda isbotladilar.
«XI asr Beruniy asridir», — deb yozgan edi AQSHning fanlar tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimi Jorj
Sarton.
Abu Ali ibn Sino
Abu Ali ibn Sino. O‘z zamonasida Shayx ur-rais, ya’ni «olimlar raisi», deb ulug‘langan buyuk alloma
Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ildi. Ibn Sino o‘z
davrining barcha bilimlarini puxta egalladi. Ibn Sino dunyoga, avvalo, buyuk tibbiyot allomasi bo‘lib
tanildi. Uning tibbiyotga oid mashhur asari «Tib qonunlari» deb ataladi. Asar XII asrda Yevropada
lotin tilida chop etildi va Ibn Sino Yevropada «Avitsenna» nomi bilan mashhur bo‘ldi.
«Tib qonunlari» XVII asrgacha Yevropamamlakatlari universitetlarida darslik sifatida xizmat qildi.
Ibn Sinoning nomi yer yuzida hamon mashhurligicha qolmoqda.
2000-yilda Yevropaning Belgiya davlatida uning xotirasiga haykal o‘rnatilganligi buning yana bir
dalilidir.

Download 46,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish