1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati


Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari



Download 0,73 Mb.
bet5/17
Sana27.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#711417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5213199216184138881

7. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari.

7. Ayniqsa, e‘tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo‘ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o‘ziga tatbiq qilishga intilgan.


Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo‘naltirish bo‘lib hisoblanadi58.
Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo‘naltirilmoqda. Xususiy sektorning o‘zida investitsiyalarning yillik o‘rtacha o‘sishi 11-12 foizni tashkil etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog‘i 50 foizdan ortiq bo‘lib, so‘nggi besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan.
Malayziyada Sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan:
- investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg‘or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish;
- sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko‘maklashish;
- sanoatga ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni yanada kengaytirish;
- sanoatning o‘sishida mehnat unumdorligi omilining rolini oshirish;
- milliy sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish;
- ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada rivojlantirish va ularni
sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash;
- iqtisodiy salohiyat va raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadida trategic hamkorlik va markazlashuvni rag‘batlantirish.
Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo‘lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo‘llab- quvvatlash yo‘nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi investorlar foyda solig‘idan dastlabki 5 yil davomida to‘liq ozod qilinadi.
Yaponiyada ham investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq etilishiga tayanadi.
Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko‘rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo‘ladi. Ushbu ikkala yo‘nalish bir-biri bilan uzviy bog‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi. Bu holat shunday izohlanadi, ya‘ni yangilik yaratish uchun muayyan kapital zarur bo‘lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun yangilik kiritilishi taqozo qilinadi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog‘ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg‘armalarning investitsiya faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to‘plangan bo‘lib, undan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan mamlakatlarda investitsiya me‘yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga erishilganligining guvohi bo‘lamiz.
Yuqorida keltirilgan ayrim chet el mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari mamlakatimizga tatbiq qilish muayyan ijobiy natijalarni bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi investitsiya siyosatining tajribasi o‘zining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Bu borada mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri aynan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli loyihalar asosida ilg‘or texnika va texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, Birinchi Prezidentimiz alohida ta‘kidlab o‘tganidek, “O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda”.
Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik talofati kam bo‘lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo‘naltirilayotganining guvohi bo‘lamiz.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish