1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati


Nomoddiy aktivlar, ularning tarkibi va roli



Download 0,73 Mb.
bet15/17
Sana27.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#711417
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5213199216184138881

26. Nomoddiy aktivlar, ularning tarkibi va roli.

26. Ma‘lumki, nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar korxonalarning ilmiy-texnik salohiyatini kengaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, mulkchilik huquqiga ega bo‘lmasdan turib, foyda keltiradi. Nomoddiy aktivlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekti faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq) davomida foydalaniladigan mulk bo‘lib, bir qancha turlarga bo‘linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda va me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda nomoddiy aktivlarga berilgan ta‘riflar deyarli bir xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, «Nomoddiy aktivlar» nomli 38-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan: nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko‘rinishiga, material-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo‘lgan va boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.


Intellektual mulk obyektlari iqtisodiy obyekt sifatida o‘zining o‘rni va roliga egadir. Intellektual mulkni boshqa mulk obyektlaridan farqi shundaki, u inson salohiyatini hosilasini tashkil etadi. Intelektual mulk uning kelib chiqishi va tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib hamda mualliflik huquqi himoyalanishi jihatidan ikkita turga ajratiladi: sanoat mulki; asarlar.
Sanoat intellektual mulki tarkibiga tegishli hukumat muassasasi tomonidan berilgan patent bilan e‘tirof etilgan ixtirolar kiradi. Lekin barcha turdagi ixtirolar ham to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lavermaydi. Patent orqali himoyaga olingan ixtironing mualliflik guvohnomasi bilan himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent egasigina qo‘llash huquqiga egadir. Mualliflik guvohnomasi esa iqtidorni istisno sifatida faqat davlat tomonidan qo‘llanilishi mumkinligini e‘tirof etadi, muallifga esa mukofot to‘lovi huquqini beradi.
Patent-bu yangi yaratilgan mahsulot, texnologiya va faoliyatni qo‘llash, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish bo‘yicha ularni egasiga maxsus davlat patentlashtirish idorasi tomonidan berilgan huquq, yangi ixtiro uchun olingan patentga qaratilgan investitsiyalar tarkibiga uning yaratilishiga sarflangan xarajatlar (materiallar sarfi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, amortizatsiya va boshqalar), patentlashtirish idorasiga to‘langani bois va boshqa patentga erishishga doir xarajatlar majmuasi kiritiladi.
Litsenziya - bu ma‘lum bir faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi rasmiy xujjat. Litsenziyalarni nomoddiy aktiv sifatida tan olishning zaruriyati negizida, uni ma‘lum vaqt birligi davomida korxona, firma, xo‘jalik yuritish subyekti, tadbirkorga daromad keltirishi yotadi.
Bundan tashqari sanoat intellektual mulki tarkibiga:
- ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bajarilishi oqibatida olinadigan ilmiy-texnik mahsulot;
- ilmiy ishlar tadbiq etiladigan sanoat namunalari kiritiladi.
Mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan intellektual mulk obyektlari sirasiga: - adabiyot va san‘at asarlari;
- musiqa asarlari;
- rassomchilik asarlari; - kinematografiya asarlari;
- ilmiy izlanishlar, ilmiy kashfiyotlar va boshqalar kiritiladi.
Intellektual mulk obyektlari boshqa mulk obyektlaridek o‘zining qiymatiga egadir. Intellektual mulk boshqa mulk obyektlari singari narxi aniqlanadi, undan foydalanish esa qo‘shimcha naf keltirish mumkin bo‘ladi.
Moddiy ashyoviy asosga ega bo‘lmagan jami nomoddiy aktivlar xo‘jalik subyektlariga nisbatan shartli ravishda uchta yirik guruhga ajratilishi mumkin:
Birinchi guruh tarkibiga muayyan korxonadan, firmadan xo‘jalik yuritish subyektlaridan ajratib olib bo‘lmaydigan nomoddiy aktivlar kiradi:
- maxsus malaka egalari bo‘lish, ma‘lumotli personal;
- reklama sohasida va o‘z mahsulotini ilgari surishdagi erishilgan yutuqlar;
- hududiy joylashish afzalliklari;
- biznesda erishilgan reputatsiya, ya‘ni obro‘-e‘tibor.
Ushbu guruh tarkibiga kiritilgan aktivlar qoida sirasida noaniq xizmat ko‘rsatish muddatiga ega bo‘lganligi tufayli jamlangan holda baholanadi. Bunday aktivlarni xizmat ko‘rsatish muddatini aniqlash va amortizatsiya normalarini o‘rnatish mumkin bo‘lmaganligi uchun, amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan, ya‘ni amortizatsiya ajratmalari qilinmaydigan aktivlar deb e‘tirof etish mumkin.
Ikkinchi guruh tarkibiga korxona, firma yoki xo‘jalik yuritish subyekti xodimidan ajratib olib bo‘lmaydigan aktivlar kiradi. Bular jumlasiga har bir xodimlarning obro‘-e‘tibori, ya‘ni reputatsiyasi va professionallik ko‘nikmalari, mahorati, shu jumladan shaxsiy nou-xau, tijorat sohasidagi mahorati moliya operatsiyalarini o‘tkazish va hokazolar kiradi. Birinchi guruh tarkibiga kiritilgan aktivlardek, bunday aktivlar ham har biri ajratib olib bo‘lmaydi, foydalanish muddatiga ega emas va amortizatsiya qilinmaydi.
Uchinchi guruh tarkibiga, korxona, firma yoki xo‘jalik yuritish subyektidan ajratib olinib, baholanishi mumkin bo‘lgan aktivlar kiritiladi. Bular sirasiga fabrika markalari, firma yoki savdo belgilari, savdo markalari, mualliflik huquqlari, patentlar, litsenziyalar, franchayz va boshqalar kiritiladi. Bu guruhdagi har bir aktiv ajratilgan holda, yakka tartibda alohida baholanishi mumkin va ularni ko‘pchiligi aniq xizmat ko‘rsatish muddatlariga egadir. Bunday aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e‘tirof etilgan va ularni korxona, firma yoki xo‘jalik yuritish subyekti balansida aks ettirish mumkin.
Franchayz - bu mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarishda o‘zga korxonalarning texnologiya, algoritm, formula va boshqa tashqi ko‘rinishlaridan foydalanish huquqi. Bunday huquq asosan boshqa firma yoki boshqa tuzilmalardan shartnomalar asosida sotib olinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish hamda erkin raqobat muhiti vujudga kelishi munosabati bilan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida raqobatbardoshlikni ta‘minlashda nomoddiy aktivlarni o‘rni ko‘tarilib, ular roli borgan sari oshib boradi.
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarni tashkil etish o‘z navbatida investitsiyalarni talab etadi. Moddiy mulk obyektlaridek, nomoddiy aktivlarni tashkil etish va doimiy tarzda yangilab borish muayyan sarf-xarajatlarni talab etadi. Nomoddiy aktivlar muayyan vaqt birligida ishlab chiqarishni boshqaruvchi, tovar mahsulotni ilgari surishda, mahsulot tannarxini pasaytirishda, umuman kapitallashuvni ta‘minlashda erkin raqobat muhitida juda ham qo‘l keladigan aktivlar qismi hisoblanadi. Investitsiyalarni bir qismi korxona, xo‘jalik yuritish subyekti tomonidan asosiy kapitalni tiklash, yangilash, kengaytirish va muntazam modernizatsiyalashga qaratilsa, ikkinchi qismi nomoddiy aktivlar majmuasini kengaytirishga, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishga, nou-xaulardan foydalanish huquqlarini qo‘lga kiritish hamda korxona salohiyatini oshirishga, uning obro‘-e‘tibor qozonishiga, yuqori imidjga ega bo‘lishiga qaratiladi. Investitsiyalarni yana bir qismi aylanma mablag‘larni tashkil etishga, ularni to‘ldirishga qaratiladi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish