17. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi
Xo‘jalikka rahbarlikning tamoyillari va usullari ishlab chiqarish jarayonida insonlarga boshqaruvning tegishli shakllari va boshqaruv idoralari hamda ularning tashkiliy tuzilmalari orqali ta’sir etadi.
Mamlakat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini rivojlantirishning muhim masalalari davlat iqtisodiy siyosatini belgilaydigan va hayotga tatbiq etadigan oliy idoralar (Prezident devoni, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan qarab chiqiladi.
Sanoatni rivojlantirishning qonun bilan hal etiladigan masalalari (masalan, iqtisodiy va ijtimoiy taraqkiyotning istiqboli va yillik rejalari, sanoat boshqaruvining yangi idoralarini tashkil etish) mamlakat davlat hokimiyati oliy idorasi - Oliy Majlis Senati tomonidan muhokama qilinadi va hal etiladi.
Iqtisodiyotga va uning asosiy tarmoqlaridan biri sanalgan sanoatga kundalik rahbarlikni davlat hokimiyatining ijro etuvchi va boshqaruvchi oliy idorasi - Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoatning samarali faoliyatiga rahbarlikni, sanoat ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan barcha konunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlar va farmoyishlar ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘bekiston Respublikasi hududidagi barcha idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan karorlar va farmoiyshlar chiqaradi. Bu mahkamaning tarkibiy tuzilishi 3-chizmada berilgan:
3-chizma. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilishi
O‘zbekiston sanoati tasarrufida o‘nlab mustaqil tarmoqlar, ming-minglab korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ularning har birini rivojlantirish, bir-birlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish, respublika hududlarida joylashtirish, mahsulot (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish)ga bo‘lgan talabni aniqlash va boshqa juda murakkab, keng qamrovli masalalarni o‘z vaqtida, oqilona hal etish tarmoq boshqaruvini amalga oshirishni taqozo etadi. SHu sababli bir qator tarmoq idoralari tashkil etiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- vazirliklar va davlat qo‘mitalari;
- konsernlar va korporatsiyalar, uyushma va assotsiatsiyalar;
- xolding va milliy kompaniyalar;
- korxonalar va boshqalar.
Vazirliklar Vazirlar Mahkamasining ajralmas qismi hisoblanib, ular O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘zlariga bo‘ysunuvchi barcha korxonalar va tashkilotlarga rahbarlik qiladilar. SHu sababli vazirlik - bu o‘ziga tegishli tarmoqning xo‘jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo‘g‘inidir. U quyidagi faoliyatlar uchun javobgar hisoblanadi:
- tarmoqning ahvoli, uni yanada taraqqiy ettirish;
- kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash va himoyalash;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi, sifati va uning raqobatbardoshligi;
- tayyorlanayotgan mahsulotga bo‘lgan ichki va tashqi talabni qondirish;
- va nihoyat, o‘ziga qarashli korxonalarning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini tashkil etish va kuchaytirish.
Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan boshqaruv mexanizmining shaklini “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi misolida ko‘rish mumkin (4-chizma).
Sanoatga rahbarlik tizimida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi alohida o‘rin egallaydi. CHunki u iqtisodiyotni boshqarishning eng yirik ilmiy rejali-iqtisodiy idorasi hisoblanadi. Bu tashkilotning tuzilishi to‘g‘risida 2002 yilning 24 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. Bu farmonga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, quyidagi g‘oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish yuklatilgan:
- makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtsodiyotning barqaror, mutanosib va jadal sur’at bilan rivojlanishni ta’minlash;
- ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning etakchilik rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |