14-jadval
Besh asosiy tamoyil5
№
|
Asosiy tamoyillar
|
Asosiy tamoyillarning mohiyati
|
1.
|
Iqtisodiyotning
siyosatdan ustuvorligi
|
• Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ular birorta mafkuraga bo‘ysundirilishi kerak emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
• Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur.
|
2.
|
Davlat bosh islohotchi
|
• Davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart.
|
3.
|
Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi
|
• Qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Demoqratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istinosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim
|
4.
|
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish
|
• Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
• Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi
|
5.
|
Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bosqichma-bosqich o‘tib boorish
|
• Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak
|
Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlari, korxonalari va boshqa sohalarini boshqarishda bir qator boshqa tamoyillardan ham keng foydalanish mumkin, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo‘yish, tarbiyalash va himoya qilish tamoyili;
- ilmiylik tamoyili;
- yakkaboshchilik va boshqaruvda hamjihatlilik;
- izchillik va barqarorlik tamoyili;
- mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tamoyili;
- qat’iy tejamkorlik tamoyili.
“YAngi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang” degan hayotiy tamoyil.
Rahbarlik qilishning fundamental qoidalarini amalga oshirish uchun bir qancha usullardan foydalanish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
tashkiliy-ma’muriy va huquqiy usullar;
iqtisodiy usullar;
ijtimoiy-ruhiy usullar;
tarbiyaviy usullar.
Tashkiliy-ma’muriy usullar to‘g‘risida so‘z yuritilganda, avvalo, bu usulning mohiyati, ahamiyati, shakllarini ochib berish kerak. So‘ngra, boshqarishning hukuqiy vositalari, huquqiy me’yorlarini bayon etish zarur.
Tashkiliy-ma’muriy usullar boshqaruv usullari tizimida alohida o‘rin tutadi va quyi idoralarning yuqori idoralarga bo‘ysunishiga asoslanadi. Bu usulning mohiyati shundaki, boshqarish tizimidagi munosabatlarni tartibga solib turadi, jamoalar ichida va orasida ratsional aloqalar tarkib topishiga yordam beradi.
Tashkiliy-ma’muriy usullar yordamida boshqaruv apparatining muayyan tizimini tuzish; boshqaruv bo‘g‘inlarining funksiyalarini belgilash; kadrlarni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish; buyruqlar, farmoyishlar va qo‘llanmalar chiqarish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish; topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llash amalga oshiriladi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo, manfaatlar tarzida namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xilda bo‘lishi mumkin:
- umumjamiyat manfaatlari;
- jamoa manfaatlari;
- shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg‘unlashtirish muammosi bir qator vazifalarni hal etishni, xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o‘rnatishni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi iqtisodiy usullardan keng foydalanishga e’tibor beriladi:
- tarmoqlar va ularning bo‘linmalariga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berishga;
- barcha sohalarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berishga;
- korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirishga;
- moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirishga;
- bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo va foyda, soliq va boj to‘lovlari, kredit va rentabellik, raqobat va hokazolarga.
Bu usulda xodimlarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. SHu maqsadda ko‘pincha ish haqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta mablag‘ bilan takdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari orasida etakchi o‘rin egallaydi. Bu usuldan oqilona foydalanish jiddiy rejalar qabul qilishga, barcha resurslardan yanada unumliroq foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va foydani maksimallashtirishga, natijada ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Boshqaruv tizimining muhim usuli hisoblangan ijtimoiy-ruhiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdan iborat.
Sanoat ishlab chiqarishini boshqarishda ham bir qator umumfalsafiy usullarni qo‘llash mumkin. Sanoatni boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish, tahlil qilish maqsadida quyidagi usullardan ham keng foydalaniladi:
1. Tizimli yondashuv;
2. Kompleks yondashuv;
3. Tarkibiy yondashuv;
4. Vaziyatli yondashuv;
5. Integratsion yondashuv;
6. Modellashtirish bo‘yicha yondashuv;
7. Kuzatish usuli;
8. Tajriba usuli.
Birinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Ikkinchi usulda esa sanoat boshqa sohalar, tarmoqlar bilan o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi. Uchinchi usulda sanoat ishlab chiqarishi tarkibiy qismlarga, ya’ni tarmoqlar, korxonalar, sanoat infratuzilmasi va hokazolarga bo‘lib o‘rganiladi. To‘rtinchi usulda sanoatning muayyan sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo‘llaniladi. Beshinchi usulda sanoat yuqoridagi usullarni birgalikda qo‘llash yordamida boshqariladi.
Modellashtirish va iqtisodiy-matematik usullardan foydalanish jarayonida turli chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi, hisoblash texnikasi va kompyuter texnologiyalarning barcha imkoniyatlari ishga solinadi.
Kuzatish usulida sanoat ishlab chiqarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bashoratli, ilmiy jihatdan namunali uyushtirilgan asosda to‘plash va internetdan foydalanilgan tarzda yo‘lga qo‘yiladi. Kuzatuvchining sotsiologik usuli anketali so‘rovlar, suhbatlar, testlar va infratuzilmaviy tahlillarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |