1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi


–jadval O‘zbekiston sanoatining kompleks tarmoqlari



Download 0,51 Mb.
bet16/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

11–jadval
O‘zbekiston sanoatining kompleks tarmoqlari


Kompleks tarmoqlari


Kompleks tarmoqqa kiruvchi sohalar soni




Elektroenergetika sanoati

3




Ko‘mir sanoati

2




Gaz sanoati

2




Neft va neftni qayta ishlash

2




Qora metallurgiya

2




Rangli metallurgiya

4




Mashinasozlik va metallni qayta ishlash

36




Kimyo va neft-kimyo sanoati

12




O‘rmonsozlik, yog‘ochni qayta ishlash va qog‘oz sanoati

3




Qurilish materiallari sanoati

11




Oyna va chinni-fayans sanoati

2




Mikrobiologiya sanoati

10




Meditsina (farmatsevtika) sanoati

3




Poligrafiya

1




Engil sanoat

16




Oziq-ovqat sanoati

20




Un, yorma va em sanoati

3




Qolgan tarmoqlar

21

Ishlab chiqariladigan mahsulotning funksional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda alohida guruhlar, masalan, yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlar - yoqilg‘i sanoatiga, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi tarmoqlar esa - oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin.


Hozirgi paytda barcha sanoat tarmoqlari 18 kompleks tarmoqqa birlashtirilgan (11-jadval).
Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi.
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin:
• ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning dara­jasini;
• mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini;
•sanoat va butun halk xo‘jaligining ilmiy-texnika salohiyatini;
•mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojla­nish darajasini;
•ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini;
•mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy da­rajasi o‘sganligini.
12. Sanoatning tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar

Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o‘rtasidagi ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr ichidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni, uchinchisi esa, ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi. 13.Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:


-mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;
- tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi salmog‘i;
-tarmoq rivojining sur’ati;
-tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat indus­trial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoq strukturasi uning yalpi mahsulotining sanoat ish­lab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, xodimlar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari bilan o‘lchanadi.
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta’sir etadi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
-fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishta joriy etish;
-material va yoqilg‘i, energetika resurslarining iqtisodiy tejalishini kuchaytirish;
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish darajasi;
-sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari;
-aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi;
-ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
-mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi;
-mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.
Sanoat tarmoq tuzilmasi o‘zgarishiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini jo­riy etish bilan bog‘liq. Bu esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga va shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozlik, asbobsozlik, radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi.
Bundan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi progressiv xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya turlaridan foydalanish sanoatda ishlab chiqarish xarakterini o‘zgartiradi. YUqori tejamkorlikka ega bo‘lgan xom ashyo, material yarim-fabrikatlar va yoqilg‘i ishlab chiqaradigan tarmoqlar iste’molchi tarmoqlarga mahsulot etkazib berish ko‘lamini kengaytirishlari natijasida xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlar mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji nisbatan kamayadi. Masalan, sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning taraqqiy etishi to‘qimachilik sanoatida bir so‘mlik mahsulot uchun sarflanadigan tabiiy tola sarfini qisqartiradi. Natijada, mahsulotning materialtalabligi kamayadi va sanoat bilan qishloq xo‘jaligi, sanoatning qazib oluvchi tarmog‘i bilan ishlov beruvchi tarmog‘i o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi.
Sanoat tuzilmasining o‘zgarishiga ishlab chiqarishni tash­kil etishning ijtimoiy shakllari - konsentratsiyalash, mahalliylashtirish va diversifikatsiyalash juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko‘payishi tarmoq taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosi oshishiga olib keladi. Mahalliylashtirish zamonaviy talablarga javob beruvchi, raqobatdosh va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish xajmini oshirish, asossiz import xajmini qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi masalalarni hal etadi. Diversifikatsiyalash esa korxona va tarmoqlarning faoliyat sohalarini o‘zgartirish va kengaytirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ko‘paytirish va ularning xilma-xilligini ta’minlaydi. Mustaqillik davrida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash tufayli mashinasozlikda butlovchi buyumlar sa­noati, asbob-uskuna sanoati, asbobsozlik, elektronika va boshqa sohalar tashkil topdi.
Aholining moddiy farovonligining o‘sishi ham sanoat tarmoqlari tuzilmasining o‘zgarishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ta’siri ostida engil va oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti o‘zgaradi, shuningdek, madaniy-maishiy buyumlar - mebel, televizor, muzlatkichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinasi, mototsikl, velosiped, sport anjomlarini ishlab chiqaradigan maxsus tarmoq­lar va ishlab chiqarish sohalari tashkil topadi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan yana biri - mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida respublika sanoatining tarmoq tuzilmasida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buni 12-jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkin.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish