1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi



Download 0,51 Mb.
bet28/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

Belgilanish tartibiga ko‘ra ular tasdiqlanadigan va hisoblanadigan ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
Tasdiqlanadigan ko‘rsatkichlar yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. Hisoblanadigan ko‘rsatkichlar esa boshqarishning ma’lum bo‘g‘ini tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Qo‘llanish miqyosiga binoan ko‘rsatkichlar umumiy va differensiyalashgan turlarga bo‘linadi. Umumiy ko‘rsatkichlar sanoat tarmog‘ining barcha bo‘g‘inlari uchun taalluqli bo‘lib, ular xalq xo‘jaligi va uning tarmoqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashni ta’minlash maqsadida belgilanadi. Differensiyalashgan ko‘rsatkichlar ham sanoatda amalga oshiriladigan ko‘pgina jarayonlarni aniq ifodalashga yordam berib, ularni takomillashtirishga olib keladi.
Ishlab chiqarishning xo‘jalik faoliyatidagi vazifasiga qarab, plan ko‘rsatkichlarini miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ajratish mumkin. Miqdor ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish hajmi, ish haqi fondi, xomashyoga bo‘lgan ehtiyojlardan iborat. Sifat ko‘rsatikichlari moddiy resurslar va ishchi kuchidan foydalanish darajasini ifodalaydi.
Sifat ko‘rsatkichlari o‘z navbatida sintetik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Sintetik ko‘rsatkichlar (masalan, mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mahsulot birligining tannarxi, foyda yoki daromad) korxona faoliyatini har tomonlama aks ettiradi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar esa ayrim ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Masalan, uskunalardan foydalanish, mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo, yoqilg‘i va elektr energiya, ko‘p mehnat talab etadigan jarayonlarni mexanizatsiyalash, eng mukammallashgan texnologik jarayonlarni qo‘llash shular jumlasidandir.
Ko‘rsatkichlar rejalashtirish tajribasida eng ko‘p ishlatiladigan, belgilanadigan va hisoblanadigan, umumiy va xususiy, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Natura ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning moddiy buyum nisbatlarini, mahsulotni tayyorlovchi va iste’mol etuvchilar orasidagi aloqalarni belgilab, mahsulotning turlari yoki ish hajmining o‘lchov birliklari (dona, metr, kubometr, tonna, kilovat-soat va hokazolar) ifodalanadi.
Tovar-pul munosabatlari sharoitida qiymat ko‘rsatkichlari alohida o‘rin egallaydi. Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishning hajmini, sarflarini va moliyaviy natijalarini aniqlash uchun keng qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash yo‘llaridan biri – sanoatni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishdir. Bunga erishish uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Bir tomondan, qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar sanoatning umumiy taraqqiyotini ifoda etsa, ikkinchidan, sanoatning o‘zining shart-sharoitlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarga asoslanib sanoatning texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari aniqlanadi.
Sanoat taraqqiyotini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar sanoat tarmoqlarining korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmini natural o‘lchov birligida, qiymat birligida ifoda etadigan ko‘rsatkichlaridir.
Sanoat mahsulotlarining hajmini aniqlashda qo‘llaniladigan natural birliklar bo‘lib kilovat-soat, tonna, kubometr, kvadratmetr, diko-litr, dona va boshqalar hisoblanadi.
Bu o‘lchovlarga tayangan holda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, O‘zbekistonda 2001 yilda 47,9 mlrd. kilovat-soat elektr energiya, 7,3 mln. tonna neft, 57,4 mlrd. kubmetr gaz, 428,3 mln. kvadrat metr gazlama va 38,2 mln. dona trikotaj kiyimlari ishlab chiqarish mo‘ljallangan edi.
Sanoat mahsulotlarining natural o‘lchov birliklari orqali barcha sanoat tarmoqlarining rivojlanishini solishtirib bo‘lmaydi, chunki bir tarmoqning mahsuloti kilovat-soatda o‘lchansa, ikkinchisiniki tonnada, uchinchisiniki kubmetrda o‘lchanadi va h.k. SHuning uchun barcha sanoat tamoqlarining ishlab chiqaradigan mahsulotlarini va bajaradigan ishlarini hisoblashda yagona o‘lchov birligi bo‘lishi lozim. Bu o‘lchov birligi har tomonlama bo‘lishi kerak. Bunday vazifalarni qiymat ko‘rsatkichlari bajaradi. Qiymat ko‘rsatkichlari baholar yordamida sanoatning umumiy rivojlanishini, o‘sish sur’atlari va uning strukturasini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sanoat rejasini tuzishda qo‘llaniladigan qiymat ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: yalpi ichki mahsulot, tovar mahsuloti, realizatsiya qilingan mahsulot, normativ sof mahsulot, sof mahsulot.
Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchta katta guruhga bo‘linadi: mehnat buyumlari, mehnat qurollari va xalq iste’mol mollari.
Rejalashtirish qanchalik mukammal bo‘lsa, taraqqiyot shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish