37.Qaror va taqdimnoma shaklidagi prokuror nazorati hujjatlarini tahlil qiling.Qaror-mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xarakteriga qarab jinoiy, intizomiy, ma’muriy javobgarlikka tortish haqida prokuror tomonidan chiqariladigan hujjatdir. «Prokuratura tо‘g‘risidagi» qonunning (yangi taxriri) 39-moddasiga kо‘ra prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik tо‘g‘risidagi ish qо‘zg‘atish haqida qaror chikaradi. Prokuror tomonidan qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqariladi. Jinoyat alomatlari mavjud bо‘lgan xatti–harakat jinoyat ishi qо‘zg‘atish uchun asos bо‘ladi. Qarorda jinoyat ishi qо‘zg‘atish uchun asos bо‘lgan ijtimoiy xavfli qilmish va buning uchun Jinoyat kodeksidagi javobgarlikni belgilovchi modda, jinoyat ishini ish yurituviga olishi lozim bо‘lgan mansabdor shaxs haqidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Jinoyat ishi qо‘zg‘atish haqida qaror chiqarish kо‘rinishidagi prokuror nazorat hujjatiga eng sо‘ngi choralardan biri sifatida yondoshmoq kerak. Bunday qarorga kelishda adolatli bо‘lish lozim. Prokuror huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik bо‘lgan holatlar yuzasidan ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risida ish qо‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi. «Prokuratura tо‘g‘risida»gi qonunning (yangi tahriri) 39– moddasidan tashqari, О‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksning 275-moddasida ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risida ish qо‘zg‘atish asoslari kо‘rsatilgan. Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risida ish qо‘zg‘atish haqida qaror chiqarishdan avval ushbu hujjatni qо‘llashni istisno etuvchi, ya’ni ma’muriy jazo qо‘llash muddati о‘tib ketganligi yoki aynan shu huquqbuzarlik bо‘yicha tegishli mansabdor shaxs yohud sudning qarori mavjud yoki yо‘qligini mukammal о‘rganish lozim. Taqdimnomaga qonun buzilishiga yо‘l qо‘ygan shaxslarni intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi prokuror talabi ham kiritilishi mumkin. Bu tartib prokuror tomonidan intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish haqida alohida qaror chiqarilmagan holatlarda qо‘llaniladi. Qonun buzilish, uning sabablari va unga kо‘maklashgan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi prokuror taklifining xarakteri va mazmuni alohida ahamiyat kasb etadi. Prokuror qonun buzilishini bartaraf etish uchun kerakli chora-tadbirlar kо‘rish tо‘g‘risidagi umumiy sо‘zlar bilan cheklanmasligi lozim. Prokurorning nazorat ta’sir hujjatlarining samaradorligi va ta’sirchanligini kо‘tarish uchun aniq qonun buzilishi holatlari va unga yordam bergan shart-sharoitlarni aniq kо‘rsatib, chuqur tahlil qilingan bо‘lishi lozim. Agar qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish tashkiliy–iqtisodiy yoki texnik holatlar bilan bog‘liq bо‘lsa, bunda prokurorning talablari vakolatli organ va mutaxassislar–ekspertlarning xulosa-lari bilan asoslangan bо‘lishi kerak. Taqdimnoma qonun buzilishi holatlarini, uning sabab va shart– sharoitlarini bartaraf etishga vakolatli bо‘lgan va о‘z vaqtida amaliy choratadbirlar kо‘raoladigan davlat organlari va mansabdor shaxslarga jо‘natiladi. Bunday tartib kо‘proq yuqori organlarning bevosita aralashuvi lozim bо‘lgan hollarda (masalan, qonun buzilishi holatiga quyi turuvchi organ rahbari javobgar bо‘lsa) yoki aniqlangan qonun buzilishlari shu tarmoqning boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarida ham mavjud bо‘lgan hollarda qо‘llaniladi. Taqdimnoma kollegial organga jо‘natilganda, uni kо‘rib chiqishda prokurorning shaxsan ishtirok etishi va qonunbuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali amaliy choralarni qо‘llashga erishishi tavsiya etiladi. О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining «Prokuratura organlarining qonunchilik targ‘iboti va qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish borasidagi vazifalari tо‘g‘risida»gi 29-sonli buyrug‘ining 8-bandi 2-qismida tekshirish va tergov natijalari bо‘yicha kiritilgan taqdimnomalar muhokamasida prokuror–tergov xodimlarining tо‘liq ishtiroki ta’minlanishi kо‘rsatilgan.