38.Ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlarining mazmuni va ahamiyatini tushuntirib bering.fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilgan taqdirda protsessual qonun normalarida belgilangan tartibda sudga da’vo (ariza) berish huquqidan keng foydalanish; bu vakolatni, ayniqsa, fuqarolarning mehnat qilish, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, onalik va bolalikka oid hamda boshqa shaxsiy huquq va erkinliklarni himoya qilishga yо‘naltirish; sog‘lig‘i, yoshi (voyaga yetmaganlar , qariyalar) yoki boshqa sabablarga kо‘ra sud orqali о‘z huquqlarini shaxsan himoya qila olmaydigan fuqarolarning manfaatini kо‘zlab sudga da’vo (ariza) taqdim etish prokurorning vazifasi ekanligiga jiddiy e’tibor qaratish; xо‘jalik huquqiy munosabatlarida qonuniylikni mustahkamlash maqsadida xо‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat va jamoat tashkilotlariga yetkazilgan zararni, shartnoma majburiyatlarini bajarish, bankrot deb topish va xо‘jalik munosabatlaridan kelib chiquvchi boshqa munosabatlar yuzasidan da’vo kiritishni muhim vazifa deb hisoblash; korxona, tashkilot va muassasalar manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararni regress tartibida da’vo qо‘zg‘atish yо‘li bilan mutasaddi mansabdor shaxslardan undirilishiga erishish. О‘zbekiston Respublikasi Xо‘jalik-protsessual kodeksining 43-moddasiga kо‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar xо‘jalik sudiga da’vo arizasini tegishli tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning о‘rinbosarlari taqdim etadi. Xо‘jalik sudlariga yuborilayotgan da’vo arizalarida da’vo talablari asoslantirilayotgan holatlar aniq va sifatli aks ettirilishi muhim ahamiyatga ega. Bunda, qonun va shartnoma shartlariga kо‘ra ushbu holatlar tomonlar о‘rtasida huquq va majburiyatlarni о‘zgartirish yoki tuzatish uchun asos bо‘lganligini yoritish zarur. Da’vo arizasida sud majlisida nizoning tо‘g‘ri hal etilishiga asos bо‘luvchi yuridik faktlar aniq keltirilishi shart. Agar prokuror tekshiruv jarayonida xо‘jalik yurituvchi subyektlarning sud tartibida himoya qilinadigan huquq va erkinliklari buzilganligini aniqlasa, bunda barcha aniqlangan qonun buzilishlariga tо‘liq munosabat bildirilishini ta’minlashi hamda qonun buzilishi tо‘lig‘icha bartaraf etilishiga erishish maqsadida sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Eng muhimi – da’vo arizasida buzilgan huquq va manfaatni tiklash yuzasidan talablar tо‘g‘ri hamda tegishli qonunlarning aniq moddalariga asoslangan holda qо‘yilishi nizoning qonuniy hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi Mansabdor shaxsga ogohlantiruv e’lon qilishdan oldin tushuntirish xati yozilishi, unga shaxsan e’lon qilinishi, imzo qо‘ydirilishi, shikoyat qilish tartibi tushuntirilishi va bir nusxasi unga berilishi lozim. Ushbu prokuror nazorati hujjatining ta’sirchanligini oshirish maqsadida bir yil davomida ogohlantiruv e’lon qilingan mansabdor shaxs tomonidan qonun buzilishining oldi olinganligi yoki yо‘qligiga qaratilgan nazorat tekshiruvi о‘tkazilishi lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, О‘zbekiston transport va Harbiy prokurorlari «Prokuratura tо‘g‘risi-da»gi qonunning 5moddasida belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda, quyi turuvchi prokuraturalarda tayyorlangan prokuror nazorati hujjatlari sifatini muntazam ravishda о‘rganib borishlari shart. Buning uchun shahar va tuman prokurorlari har oyda qо‘llanilgan prokuror nazorati hujjatlari nusxalari viloyat va unga tenglash-tirilgan prokurorlarga yuborilishini tartibga solishlari lozim. Xuddi shu muddatda Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shaxar, О‘zbekiston transport va Harbiy prokurorlari о‘zlarida tayyorlangan prokuror nazorati hujjatlari nusxalarini О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tegishli boshqarmasi va bо‘limiga yuborilishini ta’minlashlari lozim. Bunday nazoratning joriy etilishi quyi turuvchi prokurorlar tomonidan sifatsiz va notо‘g‘ri prokuror nazorati hujjatlari tayyorlanishining oldini olish hamda bunday hujjatlar tayyorlanishiga yо‘l qо‘yilgan taqdirda ularni zudlik bilan chaqirtirib olishga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |