IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 10-11- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilar o`zlarining kun tartibini tuzib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
5-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu: Shaxsiy gigiyena.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga shaxsiy gigiyena haqida tushuncha berish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilishga o`rgatish.
2)O`quvchilarni odob-axloqqa, ozodalikka, o`z-o`zini parvarishlashga, sog`ligi haqida qayg`urishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “O`quvchining kun tartibi” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Kun tartibi nima?
Nima uchun kun tartibi tuziladi?
Siz ham kun tartibiga rioya qilasizmi?
Inson salomatligi uchun yana qanday ishlar muhim sanaladi?
O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. O`z kun tatibini tuzib kelgan o`quvchilarning ishlari o`rganiladi va rag`batlantiriladi..
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. O`quvchilarga “Shaxsiy gigiyena” deganda nimani tushunasiz degan savol o`rtaga tashlanadi.O`quvchilar o`z fikrlarini aytib o`tishadi. Son`g o`qituvchi tomonidan mavzu yoritiladi.
Gigiyena – bu ozodalik, tozalik ma`nosini anglatadi. Shaxsiy gigiyena esa har bir inson o`z tanasi uchun qayg`urish hisoblanadi. Inson yashar ekan barcha tana a`zolarini o`zi parvarishlashi, hech bir kjasallikka chalinmasligi uchun o`zini-o`zi toza, ozoda saqlashi lozim.
Shaxsiy gigiyena vositalari har bir insonning uyida mavjud. Bular: sovun, tish pastasi, tish chotkasi, taroq, sochiq, qaychi, va turli xil cho`milish uchun gellar. Biz har doim haftada ikki-uch marotaba cho`milib turishimiz, sochlarimizni yuvib turishimiz, haftada bir bor tirnoqlarimizni olishimiz, har kuni qo`limizni sovunlab yuvib, yuvinishimiz va tishlarimizni kuniga ikki mahaldan ovqatdan so`ng yuvib turishimiz zarur. Bu tanamizning kirlanib ketmasligi uchun zarurdir. Shuningdek har doim toza va ozoda sochiqlarga artinishimiz, yuz sochig`imiz va cho`milganda artinadigan sochiqlarimiz alohida-alohida bo`lishi zarur.So`chlarimizniu har doim tartibli, taralgan holda bo`lishini ta`minlamag`imiz zarur.
Shuningdek shaxsiy gigiyenaga to`g`ri ovqatlanishimiz ham kiradi. Inson biror bir yuqumli kasallikka chalinmasligi uchun har bir narsani iste`mol qilishan avval qo`llarini yuvishi kerak, so`ng yeyiladigan narsani ushlamog`i lozim. Chunki bizga ko`rinmas kasallik mikroblari eshik tutqichida, ruchkada, qalamda, daftarlarda, transportdagi har bir joda bo`ladi. Biz shu narsalarni ushklaymiz va ushlash jarayonida bilmagan holda mikroblarni qo`limizga yuqtiramiz. Shuning uchun ovqatdan oldin qo`llar so`vunlab yuvilishi shart.
Shuningdek iste`mol qilishuchun solingan likopcha, qoshiq, piyolalarimiz ham toza, ozoda bo`lishi lozim.Toza yuvilmagan idishlarnuing ichida mikrob va viruslar “koshona” qurib oladilar.
Shifokorlar tomonidan qilinadigan har bir emlashlar bizlarni turli xil virusli kasalliklardan himoya qilinadi. Virusli kasalliklarga ich ketish, gepatit, gripp, sil, turli xil tishmali yaralar kiradilar. Albatta biz shaxsiy gigiyenaga rioya qilib, o`zimizni bunday noxush holatlardan himoya qilishimiz zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |