IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 8-9- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, kichik hikoya tuzib kelishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
4-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu: O`quvchining kun tartibi.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga kun tartibi haqida tushuncha berish, uni to`g`ri tuzishga o`rgatish.
2) O`quvchilarni odob-axloqqa o`rgatish.
3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Ko`chada yurish qoidalari” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Qoidalar deganda nimani tushunasiz?
Ko`chada yurishning qanday qoidalari bor?
Ko`chada yurish qoidalari bizga kerakmi?
O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. Tarmoqlash usulidan foydalaniladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. O`quvchilarga “O`quvchining kun tartibi” deganda nimani tushunasiz degan savol o`rtaga tashlanadi.O`quvchilar o`z fikrlarini aytib o`tishadi. Son`g o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning kun tartibi aytib o`tiladi.
Kun tartibiga rioya qilish o`quvchilarning to`g`ri va sog`lom o`sishiga xizmat qilishi, uy vazifalarini bajarishda qiyinchiliklarga duch kelmasligini, shuningdek o`z vaqtida dam olishini ta`minlaydi. Har doim o`z vaqtida qilingan ish samarali bo`lishi uqtiriladi.
Ertalab 6.30 da uyg`onishimiz va o`z o`rin-joyimizni tartibga keltirishimiz kerak
So`ng 10-15 daqiqa badantarbiya bilan shug`ullanamiz.
Soat 7.00 gacha yuvinib- taranamiz va 10-15 daqiqa kiyimlarimizni almashtirib, maktab formasini kiyamiz.
Soat 7.20 gacha nonushta qilamiz, va 30 daqiqada maktabga yo`l olamiz.
Soat 8.00 dan 11.15 gacha darsda o`tiramiz, o`qituvchining har bir berilgan topshirig`ini qunt bilan eshitamiz.
Soat 12.00 da tushlik qilamiz va uyga berilgan vazifalarni puxta qilib bajaramiz. 14.30 dan 16.30 gacha uy ishlarida ota-onamizga yordam beramiz. Song` biroz vaqt o`zimiz yoqtirgan o`yinlarni o`ynaymiz.
Sozt 19.30 da oila davrasida kechki ovqat tanovvul qilamiz.
Soat 21.00 da yuvinib, uxlashga yotamiz.
Miriqib, uyquga to`yib uxlasak bizning miya faoliyatimiz yaxshi ishlaydi. Shuning uchun o`z vaqtida uxlash va orom olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |