IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa darslikning 6-7- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`z mahallarining nomini bilish va mahallasi haqida kichik hikoya tuzib kelishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi.
3-dars
Fan: Atrofimizdagi olam.
Sana:
Mavzu: Ko`chada yurish qoidasi.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga ko`chada yurish qoidasi, odob-axloq qoidalari, jamoat joylarda o`zini tutish qoidalari haqida ma`lumot berish.
2) O`quvchilarni odob-axloqqa o`rgatish.
3) O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Dars turi: Aralash
Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash.
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Navbatchi axborotini tinglash
Darsga hozirlik ko`rish.
Fasl haqida suhbat.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa “Bizning mahalla” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
Mahalla qanday joy?
Mahallada qanday maishiy xizmatlar yo`lga qo`yilgan?
Sizning mahallangiz nomi?
Mahallangizni yaxshi ko`rasizmi? Nima uchun?
O`quvchilarning javoblari to`ldirib boriladi. Tarmoqlash usulidan foydalaniladi.
III.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi.O`quvchilarning turli xil manzillarda yashashlari, qarindosh-urig`lari, yaqin kishilarnikiga mehmonga borishlari haqoida aytiladi. Demak har kuni biz ko`chada yurishimizga tog`ri kelar ekan.
Ko`chada qanday yurish kerak? Degan savol bilan o`quvchilar orasida muammoli vaziyat yaratiladi.
O`quvchilar O`z fikrlarini turlicha bayon qilishadi. Kimdir yo`l qoidalariga rioya qilish kerak, yana kimdir kattalarga salom berish kerak deya javob berishadi. O`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va yangi mavzu bayon qilinadi.
O`quvchilartning diqqati darslikning 8-sahifasidagi rasmlarga qaratiladi. Har bir rasm bilan tanishtiriladi va mazmuni ochib boriladi. Demak , biz shahrda istiqomat qilamiz. Tabiiyki shahr ko`chalarida transportlar gavjum. Turli xil yo`llar bor. Agar bizning yo`limizda katta, tarnsportlar serqatnov ko`chalar uchrasa albatta biz yo`l harakati qoidalariga amal qilishimiz zarur. Buning uchun maxsus piyodalar yo`lagidan yurib , maxsus piyodalar o`tish chizig`i (zebra chizig`idan) svetoforga qarab yo`lni kesib o`tishimiz lozim. Svetofor bu tarnsportlarni boshqarin turadigan maxsus qurilma. Svetoforning 3 ta ko`zi bor. Bu ko`zlarning yonishi orqali qizil chiroq (to`xta) sariq chiroq (tayyotlan) yashil chiroq (yur) degan ma`nolarini bildiradi. Svetofor meketi o`quvchilarga ko`rsatiladi. Biz esa transportlar ( ya`ni turli xil mashinalar) to`xtagan vaqtda yo`lni kesib o`tishimiz kerak bo`ladi.
Shuningdek agar biz avtobus, trmvay, metroda qatnaydogan bo`lsak , transportda yurish qoidalariga amal qilishimiz lozim. Maxsus bekatda transportni kutishimiz, keyon esa orqa eshigidan chiqib, old eshigidan tushishimiz lozim. Shu o`rinda o`quvchilarga yo`l haqqi to`lashimiz, o`zimizdan katta insonlarga turib joy berishimiz, transportning o`rindiqlariga ziyon yetkazmasligimiz, ularga turli xil chiqindilar tashlamasligimiz kerakligi uqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |