Izoh: qavs ichidagi raqamlar qavatlarning tartibini bildiradi.
Bunda oxirgi bosqich hisoblangan yettinchi qavat bir muncha murakkabdir. Uning uch bo‘lagi zo‘ravonlikning uch xil ko‘rinishiga atalgan. Bu to‘g‘rida Vergiliy Dantega quyidagicha uqtiradi:
onde omicide e ciascun che mal fiere, guastatori e predon, tutti tormenta 39 lo giron primo per diverse schiere. Puote omo avere in sé man violenta e ne’ suoi beni; e però nel secondo
42 giron convien che sanza pro si penta qualunque priva sé del vostro mondo, biscazza e fonde la sua facultade,
45 e piange la dov’esser de’ giocondo. Puossi far forza nella deitade, col cor negando e bestemmiando quella, 48 e spregiando natura e sua bontade; e però lo minor giron suggella del segno suo e Soddoma e Caorsa 51 e chi, spregiando Dio col cor, favella. La frode, ond’ogne coscienza è morsa,.. (Inferno, XI)
Tarjimasi:
37 Zohir mintaqada qotil, ahli xun,27 O‘g‘ri, yo‘lto‘saru qaroqchi – bari Saf-basaf bo‘linib tentirar betin. 40 It qavmida ketgan bul ba’zilari, Qasd qilgan o‘ziga; savobi abas.
Ko‘z tashlagin o‘rta mintaqa sari: 43 U yerda jamiki noshukur, nokas.
Qimorboz, isrofgar olgan yig‘ilib, Yo‘qotgan o‘zligin, oqibati past.
46 Koyish yetkazarlar tangriga nolib, Dillari egridir ularning tamom,
Yaratganni mudom yurarlar yanib. 49 Mintaqa ortida Kaorso, Sodom – Baloxo‘rlar ahli o‘tda chekar oh, Yonar shikoyatchi osiylar badnom.
52 Firibdan hamma ham xabardor, ogoh… Ustoz ta’rifidagi bu doiraning dastlabki bo‘limi yuqorida aytilganidek, o‘z yaqinlariga va ularning mulkiga tajovuz qilgan qotillar, qaroqchilar, zolim hukmdorlar (Fessaliya shohi Aleksandr, Sirakuza tirani Dionisiy, Obisso d’Este, Attila, Sekst, Pirr, Rinyer de’ Passi, Rinyer Korneto va hokazolar)dan to‘lgan. Ushbu talonchilar, bosqinchilar birovlarning moliyu joniga qasdlashgani sababli qaynoq Flegetonning mavjlarida qovriladi. Lekin ularning gunohi o‘z joniyu mulkiga qasd etgan Pyer della Vinya, Lano, Jakomo da Sant-Andrea kabilar yoki uchinchi bo‘linmadagi Kapaney va uning sheriklari bo‘lmish xudobezorilar (tangriga sarkashlik qilganlar), tabiat qonunlariga xilof ishlar bilan shug‘ullangan gomoseksualistlar – Gvido Gverra, Teggyayo Aldobrandi, Yakopo Rustikuchchilar, xilqatu san’atni tahqirlovchi sudxo‘rlarning osiyligi oldida birmuncha yengildir. Afsuski, bular safida Dantening yoshlikdagi ustozi, lotin tili muallimi Brunetto Latini ham bor. Shunday esa-da, shoir unga hurmat bilan deydi:
ché ‘n la mente m’è fitta, e or m’accora, la cara e buona imagine paterna 84 di voi quando nel mondo ad ora ad ora
m’insegnavate come l’uom s’etterna: e quant’io l’abbia in grado, mentr’io vivo 87 convien che ne la mia lingua si scerna.
(Inferno, XV)
Tarjimasi:
82 Sizning qutlug‘ nomni asragay yurak,28 Boqiy hayot yo‘lin necha bor takror Anglatgan, uqtirgan ustozsiz beshak. 85 Ajib suratingiz dilda barqaror; Sizning xotirangiz foniy dunyoda
Kalom va so‘z bilan etgum baxtiyor.
Ser Brunettoning aytishicha, hali hayot chog‘i u kabi ilm-fanning dongdor kishisi bo‘lgan grammatik Prissian, huquqshunos Fransisk Akkursiy, ruhoniy Andrea de’ Mossilar ham shu qismatga – yettinchi doiraning uchinchi bo‘limiga bandi. Ha, ilmu urfon vakillarining-da badaxloq ekanligi naqadar dahshat! Ustozning qilmishi, taqdiri borasida shogird (sayyoh Dante) biror baho berishga-da ojiz. Faqat konstruktor Dantegina uni ayovsiz tarzda yettinchi aylananing eng chuqur joylaridan biriga “qo‘ndirgan” va endi ana o‘sha makonlarni umumiy xulosaviy manzara ko‘rinishida ifodalasak:
Birinchi bo‘linma (O‘zgalar hayoti va mulkiga tajovuz qilganlar)
Ikkinchi bo‘linma (O‘zlarining hayoti va mulkiga qasd etganlar)
Uchinchi bo‘linma (Xudo, tabiat va san’at qonunlariga zo‘ravonlik qilganlar) Beshinchi va oltinchi doiradagilar kabi jahlga erk bergan, “Leone” [“Arslon”]dan mutakabbirligu qon to‘kish, kuch ishlatishni o‘rgangan osiylardan iborat yettinchi qavatning ushbu umumiy chizmasi zo‘ravonlik hodisasining tadrijiy yo‘sinda o‘sishi (tepadan quyiga tomon yo‘nalishda esa chuqurlashishi)ni aks ettiradi.
Bunday murakkablik, bunday darajalanish sakkizinchi doira uchun ham xos hamda bu hol oldingi qismdan uch barobar yuqoridir. Va nihoyat, Danteyu Vergiliy mana shu o‘n bo‘lakli hududga yetib kelishdi. Endi italiyalik shoir uning dahshatiyu vahshatiga dosh bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |